Reja tushunish tiplari, turlari, darajalari


Kashfiyot, ixtiro tushunchalarining innovatsion xarakteri



Download 57,76 Kb.
bet11/13
Sana11.01.2022
Hajmi57,76 Kb.
#351197
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
6-mavzu

Kashfiyot, ixtiro tushunchalarining innovatsion xarakteri. “Kashfiyot”, “ixtiro” tushunchalari innovatsiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunday bog‘liqlikning asosi sifatida ushbu tushunchalar qatori uchun muhim bo‘lgan “yangi” va “ijod” tushunchalari chiqadi. Ushbu tushunchalar bilan birga qayd etiladigan barcha hodisalar u yoki bu darajada ijod mahsuli hisoblanadi. Zero, ular kreativ jarayonda yaratiladi, shakllanadi hamda ularning ajralmas tavsifi yangilik sanaladi. Tabiiy ravishda, kashfiyot, ixtiro, innovatsiya bir turdagi hodisalardir. Biroq ularning birinchisida individual-shaxsiy jihat, oxirgisida esa ijtimoiy-madaniy jihat hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

K.Fayndley va Ch.Lamsdenlar kashfiyot va innovatsiyaning tabiati haqida so‘z yuritib, shunday yozadilar: “Biz avval boshdan kashfiyot mezonlariga cheklovlar qo‘ymaymiz. Biroq u yangilik talablariga javob berishi va tanlovning sotsiomadaniy o‘lchoviga muvofiq bo'lishi zarur”16.

Bundan tashqari, ushbu mutaxassislar fikrlarida davom etgan holda: “Innovatsiya - jamiyat tomonidan muayyan darajada tan olingan har qanday kashfiyotdir. Kashfiyotni innovatsiya sifatida baholash uchun, uni translyasiya qilish imkoni mavjud boiishi zarur”17, deb yozadilar. Shunday qilib, kashfiyot-innovatsiya juftligida kashfiyot individualshaxsiy darajada mutlaqlikka yaqin boigan yuqori yangilik bosqichida amalga oshadigan kreativ jarayon mahsuli sifatida, innovatsiya esa, sotsiomadaniy darajada mutlaqlikka yaqin bo'lmasa-da, muayyan yangilik bilan amalga oshadigan kreativ jarayon mahsuli tarzida namoyon boiadi.

Ushbu hodisalar o'zaro aloqador va o'zaro ta’sirda bo'lsa-da, har qanday kashfiyot ham innovatsiya bo'la olmaydi. E.N.Knyazevaning ta’kidlashicha, ko'p hollarda kashfiyot o'zi uchun yangilik sifatida qoladi yoki cheklangan translyasiya doirasiga ega boiadi va kelgusi izlanishlar uchun zarur boigan lokal muhitnigina o'zgartiradi18. Biroq har qanday innovatsiya ham yangi kashfiyot bo'lavermaydi. Masalan, avval mavjud narsa, hodisalaming takomillashgan modifikatsiyasini yaratish bunga misoldir. LT.Balabanov kashfiyot va innovatsiyani qiyosiy tahlil qilgan holda, ulaming o'zaro farqlarini quyidagicha tavsiflaydi:

- “Kashfiyot, shuningdek, ixtiro ham qoida tariqasida fundamental darajada amalga oshiriladi. Innovatsiya esa, texnologik (amaliy) tartibda yaratiladi.

- Kashfiyot yakka ixtirochi tomonidan qilinishi mumkin. Innovatsiya esa, jamoa (laboratoriyalar, institut boiimlari) tomonidan ishlab chiqiladi va innovatsion loyiha sifatida amaliyotga joriy etiladi.



- Kashflyotdan foyda olish maqsadi ko 'zlanmaydi. Innovatsiya esa, doimo sezilarli darajadagi foyda olish, xususan, katta pul mablag‘lariga ega bo ‘lish, texnika va texnologiyaga qandaydir yanglikni joriy etgan holda mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish tan narxini pasaytirishga yo‘nalgan bo‘ladi.

Kashfiyot tasodifan sodir bo ‘lishi mumkin, innovatsiy esa, doimiy izlanish natijasi bo‘lib, uni qo‘qqisdan ishlab chiqlb bo‘lmaydi. Innovatsiya aniq maqsad va texnik-iqtisodiy asoslarni taqoza etadi”19.

Ixtiro, kashfiyot va innovatsiya o ‘rtasidagi o ‘ziga xos “oraliq” holatidir. Agarda, kashfiyot tabiatdagi avval ta’lum » bo’lmagan hodisalami aniqlash, innovatsiya bozor talablariga mvofiq bo‘lgan ijodiy faoliyat mahsuli bo‘lsa, ixtiro esa, inson yaratuvchanlik faoliyatining turli texnik-texnologik mahsulotlarini ifoda etadi.

Mazkur tushuncha «kashfiyot≫ tushunchasi bilan o‘zro munosabatda amaliy xarakter, “ennovatsiya” tushunchasi bila esa, aksincha, ilmiy-tadqiqot charakteriga ega bo‘ladi. G. A. Krayuxin va L.F.Shaybakovalar bu borada shunday yozadilar: « kashfiyot tushunchasi ilmiy tadqiqot faoliyati bilan uzviy bogliq, innovatsiya tushunchasi esa ilmiy tadqiqotlar natijalarini amalda qo'llash bosqichida paydo bo‘ladi. Bu esa machsulotlar va ishlab chiqarish jarayonlarining o‘zidagi o‘zgarishlar bilan belgilanadi”20.




Download 57,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish