Reja: Turizm menejmentida boshqarish usullarining mohiyati Liderlik tushunchasi va uning mazmuniga bo’lgan turli yondashuvlar


Liderlik tushunchasi va uning mazmuniga bo’lgan turli yondashuvlar



Download 44,32 Kb.
bet5/9
Sana28.04.2020
Hajmi44,32 Kb.
#47694
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15mav(1)

2. Liderlik tushunchasi va uning mazmuniga bo’lgan turli yondashuvlar


Xodimlarning hatti-harakatlariga ta’sir etishda ma’muriy xodimning liderlik hususiyatlariga ega bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Ma’muriy menejmentda liderlik haqida so’z yuritishda oldin liderlik atamasining mohiyatini aniqlash zarur. Lider atamasi ko’pincha siyosiy liderlar, milliy yetakchilar, diniy rahnamolar, ya’ni murakkab vaziyatlarda tarixni o’zgartira olgan, o’z orqasidan ommani ergashtirgan holda ularni g’oyalarga ishontira olgan shaxslarga nisbatan qo’llaniladi1. Liderlik qadimdan insoniyatni etiborini tortib kelgan tushuncha hisoblanadi. XX asrning boshlarigacha siyosiy liderlar bo’yicha tadqiqot olib borilgan. N. Makiavellining XVI asrda yozilgan mashhur “Hukmdor”2 asari ham liderlik va hukumronlikka bag’ishlangan. Hozirgi paytda ham menejmentning nazariyotchilari Makiavellining g’oyalarini tijorat tashkilotlaridagi hokimiyatning namoyon bulishi va liderlik jarayonlarini tushuntirishda qo’llaydi.

Liderlikni tadqiqot qilish bir necha bosqichlarni o’tgan. Birinchi bosqich olimlari samarali lider ega bo’lishi lozim bo’lgan hususiyatlarni aniqlashga urinishlari bilan tavsiflanadi. Biroq bu nazariya amaliyotda yetarli natijalar bermadi. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, bir xil muvaffaqiyatga erishgan liderlar turli hususiyatlari bilan ajralib turgan. Bundan tashqari liderlik hususiyatlarining ro’yxati juda uzun bo’lib, amalda hyech bir inson bu hususiyatlarga to’liq ega bo’lishi mumkin emas.

Tashkilotda liderlar katta hokimiyatga ega bo’ladilar. Hokimiyatga kuch, yolg’on ishlatib yoki tasodifan erishish mumkin bo’lsa-da, hokimiyat har doim ham liderlikka olib kelmaydi. Lekin, aksincha, liderlik hokimiyatga erishish vositasidir. Yevropa an’analariga ko’ra hokimiyat tabiatini tadqiqot qilish N.Makiavelli va uning mashhur “Hukmdor” asari bilan bog’liq. Makiavelli hokimiyat, ayniqsa, bir holatdan ikkinchisiga o’tishda muhim ahamiyatga ega, chunki bunda inson tafakkuri ham qayta shakllanadi deb hisoblagan. Bu jarayonlar qarshilikni yuzaga keltiradi, bu qarshilikni yengish uchun esa hokimiyat zarur.

Liderlik - kuch ishlashtishga asoslanmagan hokimiyat hisoblanadi. Liderlar qayerdan vujudga kelishini hyech kim bilmaydi, lekin tashkilotda liderlar yuzaga kelishi bilan ishlar yurishib ketadi3. Hozirgi paytda liderlik biznesning asosiy tashkil etuvchilaridan biri ekanligiga shubha yo’q4.

Sifatini boshqarish tizimlarida ham liderlik tizimning asosiy yurituvchi mexanizmini sifatida qaratiladi. Sifat menejmentiga oid adabiyotlarda5 ham liderlik tashkilot tizimining barcha komponentlari uchun zarurligi ta’kidlanadi.

Liderlik – biznesdagi muvaffaqiyat kaliti bo’lib, barcha innovasion o’zgarishlarni amalga oshirishda yuqori rahbariyatdan liderlik sifatlari talab etiladi. Liderlik tashkilot faoliyatini yurituvchi kuch, global qo’lamdagi raqobatbardoshlikni ta’minlovchi vosita bo’lishiga qaramay6, menejmentda liderlik salohiyatidan to’liq foydalanilmay kelinmoqda. Faqat ayrim kompaniyalar, hususan ba’zi yaponiyalik kompaniyalar bu ko’rsatkichga yaqinlashgan.

U. Deming liderlikni sifat falsafasining 14 elementidan biri sifatida ta’riflab, «tashkilotda liderlikni joriy etish» deb ataydi7. Liderlik nazariyalaridan ma’lumki, u guruhlar va komandalar bilan ishlashning ajralmas bo’lagi hisoblanadi. M. Meskon va mualliflar guruhi liderlikni tashkilotning ichki omillar guruhiga, “odamlar” kichik tizimiga kiritgan8

Shunday qilib liderlik falsafa, menejment tizimi va joylardagi ish jarayonida uchraydigan tushuncha hisoblanadi. Umumiy holda liderlik barcha tizimlar bilan ishladi va barcha jarayonlarda insonlar bilan munosabatlarni amalga oshirishda qo’llaniladi.

Liderlik bu alohida shaxs, shu bilan birga guruhga ta’sir ko’rsata olish qobiliyati bo’lib, barchaning harakatlarini tashkilot maqsadlariga erishishga yo’naltiradi, ingilizcha lider “rahbar; “Qo’mondan»; “yo’lboshchi; “yetakchi» deb tarjima qilinadi. Ma’lum muammoni yechishda guruh liderni ilgari suradi. Lidersiz hyech bir guruh faoliyat ko’rsata olmaydi. Liderni ma’lum maqsad uchun kishilar guruhini birlashtira oladigan shaxs sifatida qarash mumkin. “Lider” tushunchasi “maqsad” tushunchasi bilangina ahamiyat kasb etadi. Lekin bu maqsadga o’zining harakatlari bilangina erishish liderlikka xos emas. Liderlikning tarkibiy qismlaridan biri liderga ergashuvchilarining mavjud bo’lishidir. Liderning asosiy vazifasi insonlarni o’zining orqasidan ergashtirgan holda yagona maqsad doirasidagi vazifalarni yechish uchun guruh a’zolari o’rtasida samarali munosabatlarni o’rnatishdir. Ya’ni lider- insonlardan iborat tizimini tartibi soluvchi element hisoblanadi.

Zamonaviy menejmentda liderlikni tavsiflashda yagona yondashuv mavjud emas:

1) Liderlik hukumronlikning bir turi bo’lib, uning asosiy xususiyati yuqoridan pastga yo’naltirilganligidir. U bir yoki bir nechta shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan hokimiyat sifatida namoyon bo’ladi (J. Blondel);

2) Liderlik - qaror qabul qilish bilan bog’liq boshqaruv statusi, ijtimoiy mavqye bo’lib, rahbarlik lavozimidir. Jamiyat a’zolari turli ijtimoiy rollar va statusga shaxslardan iborat bo’ladi. Rahbarning ijtimoiy statusi uning lideri ko’rinishidagi ijtimoiy rolni bajarilishini taqozo etadi. (L. Daunton);

3) Liderlik - boshqalardan ta’sir etish bo’lib, bu ta’sir quyidagi shartlarga javob berishi kerak. (V.Kas, L. Edinger); ta’sirning doimiyligi, ta’sirning haqqoniyligi.

4) Liderlik - guruhdagi tabiiy ijtimoiy- psihologik jarayon bo’lib, shaxsning shaxsiy obro’sining guruh a’zolariga ta’sir etishga asoslangan. Ta’sir g’oyalar, bazani va yozma murojaat, ishontirish, ruhiy ta’sir, shaxsiy namuna, majburlash orqali amalga oshirilishi mumkin.

5) Liderlik norasmiy hodisa bo’lib, guruhning ruhiy psihologik umumiyligining ramzi hisoblanadi va guruh a’zolarning harakatlari uchun namuna vazifasini o’raydi. Krichevskiyning fikriga ko’ra, liderlik o’z-o’zidan paydo bo’ladi, ya’ni psihologik hodisalanadi, rahbarlik esa ijtimoiy xususiyatga ega bo’ladi.

Hal etilayotgan muammoning ko’lashiga qarab liderlikning quyidagi ko’rinishlari mavjud:



  1. kundalik yumushlarga asoslangan lider (oila, maktab, talabalar guruhidagi liderlik);

  2. ijtimoiy lider (ishlab chiqarish, kasaba uyushmalari harakati, ijodiy va sport jamiyatlarida);

  3. siyosiy lider (davlat, jamoat arboblari).

Bu liderlarning o’zaro bog’liqligi mavjud bo’lib, birinchi guruhdagi liderlar boshqa turlarga o’tish imkoniyatiga ega.

Liderlik va rahbarlik tushunchalarini qat’iy chegaralash mumkin emas- ingliz, nemis tillarida va boshqa bir qator yevropa tillarida liderlik va rahbarlik bir so’z bilan ifodalanadi «leadership» (inglizcha) va «Fuhrungue » (nemischa).

Sosiologiya va siyosatshunoslikda ham rasmiy va norasmiy liderlik ajratib ko’rsatiladi. Bunda rasmiy lider- rahbar hisoblanadi, norasmiy lider esa rahbarlik salohiyati va qobiliyatiga ega, lekin rahbar statusidagi bo’lmagan shaxsga nisbatan qo’llanadi.

An’anaviy holda adabiyotlarda bu tushunchalarni quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha farqlash qabul qilingan:

1) Boshqaruv muammosining mazmuniga ko’ra - menejer personalning joriy vazifalari, alohida muammolarni yechish haqida g’amxorlik qiladi lider esa innovasion g’oyalarni rivojlantiradi, kelajakdagi vazifalarni yechishga asos soladi (F. Kotler).

2) Personalga ta’sir etishga ko’ra - menejerlar xodimlarning zarur topshiriqlarni bajarilishini majburlash orqali amalga oshiradi, lider esa odamlarda bu topshiriqlarni o’z hohishi bilan bajarishiga erishadi (L. Djekson).

Liderning ommaga ta’sir eta olish mexanizmining tarkibi unga ergashuvchilarning hususiyatlariga bog’liq bo’ladi.

Zamonaviy menijmentda liderlik muommolari bugungi kunda O’zbekistonda va jaxonda ro’y berayotgan o’zgarishlar menejerning va liderning tashkilotdagi o’rniga yangicha yondoshishni taqozo etadi. Xozirgi paytda menejer va lider tushunchalari o’zaro bog’liq holda o’rganilmoqda: Menejmentning yangi – innovasion yo’nalishi yuzaga kelishi barcha darajadagi menejerlarning liderlik ko’nikmalariga ega bo’lishini taqozo etadi9. Muallif fikriga ko’ra lider va menejer bir qator hususiyatlariga ko’ra farqlanadi ( 5.1- jadval).

Liderlik vazifasi o’zining tarafdorlari qarashlarini kelishilgan harakatlar dasturiga joriy etishga asoslanadi. Lider yangi guruhlarni shakllantiribgina qolmay, mavjud guruhlarning birdamligini ham ta’minlaydi. Lider o’z guruhining xususiyatlarini, maqsadlarini ifodalaydi va aynan shu guruh uchun xos bo’ladi.


Download 44,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish