Reja: Turizm menejmentida boshqarish usullarining mohiyati Liderlik tushunchasi va uning mazmuniga bo’lgan turli yondashuvlar


J. French va B. Reyvenga asoson shaxsiy hokimiyat manbalari



Download 44,32 Kb.
bet7/9
Sana28.04.2020
Hajmi44,32 Kb.
#47694
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15mav(1)

J. French va B. Reyvenga asoson shaxsiy hokimiyat manbalari


Hokimiyat


manbalari

Tavsifi


1

Mukofotlash

Lider o’zining orqasidan ergashuvchilarni mukofotlash uchun zarur bo’lgan resurslarga

ega


2

Majburlash

Hokimiyat manbasi qurquvga asoslanadi

3

Qonuniy

Liderning harakatlari ergashuvchilar qadriyatlariga mos keladi, shu sababli ular liderga vakolatlarni “uzatadi”

4

Ekspert

Hokimiyat asosi – topshiriqni bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va malaka hisoblanadi

5

Xarizm

Liderning ergashuvchilar tasavvurida e’tiborli, obro’li ko’rsatuvchi shaxsiy sifatlari

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, liderning ergashuvchilar etiborini qaratish bilan bog’liq shaxsiy hokimiyatga ega bo’lishning keng imkoniyatlari mavjud. Boshqaruvda lider obro’si, ta’siri va hukmronligidan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega. Bu nuqtai nazar 16 asr boshlarida vujudga kelgan. Nikolo Makkiavellining mashhur “Hukmdor” asarida yozilishicha, hokimiyat va undan foydalanish davlatni boshqarishda asosiy vosita bo’lib hisoblanadi. Shunday qilib “hokimiyat nima” degan savol tug’iladi.

Hokimiyat - bu harakat qilish imkoniyati yoki boshqa odamlarning hulqiga yoki holatiga ta’sir etish qobiliyati. Boshqa so’zlar bilan aytganda hokimiyat - bu boshqa odamlar hulqiga ta’sir o’tkazish imkoniyati. Ta’sir - bir shaxsning ikkinchi shaxsning hulqi, munosabatlari va hissiyotlariga o’zgartirish kirituvchi har qanday harakatdir. Ta’sir vositalari turlicha, quloqqa shivirlab aytilgan so’zdan tortib, pichoq o’qtalishgacha bo’lishi mumkin. Shuningdek, bir odam o’zining g’oyalari bilan ikkinchi odamga ta’sir etishi mumkin. Rahbarlar shunday ta’sir etishlari kerakki, bu faqat bir g’oyani qabul qilishga emas, balki harakatga - natijaviy mehnatga olib kelsin. O’zining ta’sirini va liderligini samarali qo’llay olishi uchun har bir rahbar hokimiyat manabalarini qo’llashi kerak.

Ko’pgina odamlar hokimiyatni zo’ravonlik, kuch va agressiya bilan bog’laydilar. Bunday qarashlarni tushunish mumkin, chunki hokimiyatning asosida aynan qo’pol kuch turadi, hatto zuravonlik faqat sportda va kinoda bo’ladi deb hisoblovchi yuqori rivojlangan jamiyatda ham kuch hokimiyatning zaruriy qismi emas. Hamma tashkilotlarda samarali ishlash uchun tegishli hokimiyatni qo’llash shart.



Liderlik nazariyalari aniqlangan turli tadqiqotlar natijalariga xulosa qilar ekanmiz, shaxsiy sifatlarga asoslangan, xulq- atvor va vaziyatli yondashuvlarning har biri muammoning ma’lum qismini yechishga imkon berishini, lekin to’liqlikni ta’minlay olmasligini ko’ramiz. Bu yondashuvlarning hyech biri to’liq qabul qilingan emas va tanqidlarga uchrayotgan bo’lsada, amaliyotda u yoki bu darajada qo’llanib kelinmoqda. Hozirgi paytda liderlik hodisasi va lider timsolini amaliy hamda nazariy jihatdan aks ettiruvchi va ilmiy tadqiqotlar natijalarini umumlashtiruvchi yagona yondashuv yoki nazariya mavjud emas. Tadqiqotchilar bergan ba’zi umumiy xulosalarni keltirib o’tamiz:

  • boshqa insonlardan farqli ravishda liderlarga xos bo’lgan standart sifatlar to’plami mavjud emas. Turli vaziyatlarda samarali rahbarlar liderlikning o’ziga xos sifatlarini belgilab beradilar. Bunda liderning shaxsiy xususiyatlari tarkibi uning qo’l ostidagi xodimlari hususiyatlari, faoliyati va vazifalariga mos kelishi lozim.

  • K. Levinning tadqiqotlari asosida rahbarlik yoki liderlikning uch uslubini ajratib ko’rsatish mumkin: avtoritar, demokaratik va liberal. Bunda lider xodimlar bilan munosabatga asoslangan insonga yo’naltirilgan yoki natijaga yo’naltirilgan vazifalar natijaga yo’naltirilgan bo’lishi mumkin. Liderning samaradorligi aniq vaziyatdagi liderlik uslubini qo’llashga bog’liq.

  • guruh uchun juda qulay yoki noqulay vaziyatlarda vazifalarga yo’naltirilgan lider muvoffaqiyatga erishadi. Insonlarga yo’naltirilgan liderlik barqaror vaziyatlarda qo’l keladi.

  • rahbariyatning liderlik salohiyatini ta’lim berish orqali oshirish mumkin.

  • eng samarali liderlar “o’z harakatlari uchun mas’uliyatni his etadilar, maqsadga erishishga intiladilar, ijro etilishi zarur bo’lgan aniq vazifalar bo’yicha ma’lumot va tajribaga ega bo’ladilar.

  • liderning qadriyatlari kompaniyaning madaniyati, ishdan ketgandan so’ng ham tashkilotda saqlanib qoladi. Ya’ni liderning har bir harakati uning kompaniyasiga ta’sir etadi.

Bundan tashqari liderlik salohiyatini oshirishga qaratilgan nazariyalarining rivojlanishiga bir qator konsalting firmalari ham o’z hissasini qo’shgan. Jumladan, Anderson konsalting firmasiga qarashli strategik o’zgarishlar institutning oxirgi tadqiqotlari kelajakda global liderlarga xos xususiyatlar aniqlangan. Global liderlarga quyidagilar yuklatiladi:

  • o’z qobiliyat va bilimlarini doimiy takomillashtirish, o’z harakatlarini obyektiv baholash qobiliyatini rivojlantirish, o’z kuchli tomonlaridan foydalana olish va bilimlaridagi kamchiliklarni to’ldirish. Lider atrofdagilarning ishonchini oqlashi, ma’naviy qadriyatlarga rioya qilishi, hissiyotlari, tafakkuri va shaxsiy sifatlarini uyg’unlashtira olishi kerak.

  • ichki va tashqi ta’sir vositalarini yaratgan holda tashkilotga rahbarlik qilish. Rahbarlar bu vositalarni asosan norasmiy ko’rinishda shakllantira olishi lozim. Global liderlar yig’ma - matrisali, o’zaro bog’liq, vaqtincha “komandalar”ni boshqara olishlari muhim ahamiyatga ega. Lider tashkilotning yashirin ko’rinmas salohiyatini aniqlab olishi va shakllantirishi kerak. Bu salohiyat bilim, inson kapitali, moliyaviy resurslar bilan belgilanadi.

  • Personalning shaxsiy malakasi, shuningdek butun tashkilotning kasbiy malaka darajasini oshirib borish, bunda muammoni yechishda turli fikrlash usullarini qo’llash va rag’batlantirish kerak. Kelajak lideri fikrlar xilma-xilligi, ijodiy munozaralardan samarali foydalanishi, shu bilan birga qarashlardagi umumiylik, hayot tarzidagi bog’liqlikni amaliyotda qo’llab olishi lozim. Muammolarni global tasavvur etish bilan birga global lider turli yoshdagi guruhlar motivasiyasini tushunishi va ularni qo’llab olishi kerak.

Tadqiqotlarda shuningdek global liderlarning 14 ta asosiy hususiyatlari aniqlangan:

1. Global toifalarga asosan fikrlash.

2. Potensial imkoniyatlarni ko’ra olish.

3. Kelajakning umumiy tasavvurini yarata olish.

4. Insonlarning qobiliyati rivojlanishi yordam berish, vakolatlarni

ularga uzatish.

5. Insonlardagi farqlarni qadrlash.

6. Ishga komandali yondashuv, hamkorlik hissini rivojlantirish

7. O’zgarishlarga hayrihoh bo’lish.

8. Texnologiyalarni bilishini namoyon qilish.

9. Ijodkorona takliflarni rag’batlantirish

10. Mijozlarning ehtiyojlarini qondirishni ta’minlash.

11. Raqobatchilar bilan kurashda muvoffaqiyatga erishadi.

12.Shaxsiy yutuqlari, yuqori darajadagi bilim va malakasini namoyon qiladi.

13.Jamoaviy rahbarlikka tayyor ekanligini ifoda etadi.

14.Tashkilotda qabul qilingan qadriyatlarga muvofiq harakat qiladi.

Birinchi qarashda bu talablarning barchasiga rioya qilish murakkabdek tuyuladi. Lekin bunda zamonaviy lider ega bo’lishi lozim bo’lgan asosiy talablardan biri - tizimli fikrlashning joriy etilishi barcha muammolarni hal etadi.

Bu holda turli xususiyatga ega talablarni tartiblashtirish va umumlashtirish imkoniyati tug’iladi.

Tizimli fikrlashning asosiy tamoyili tadqiqot obyektining tizimi sifatida o’rganilishidir. “Biznes, inson faoliyatining bir ko’rinishi sifatida ma’lum bir tizimni ifodalaydi. Bu yerda yillar davomida namoyon bo’ladigan yashirin aloqalar ham mavjud bo’ladi”10. Har birimiz ba’zida sezmagan holda ko’plab tizimlar faoliyatining ishtirokchilari bo’lib qolamiz.

Lider o’ziga hos vakolat bo’lib, uni taqsimlash mumkin emas. Uni qabul qilish va faxr bilan egalik qilish yoki chetga o’tish mumkin.




Download 44,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish