Reja: Tuproqlarni pedsidsidlar va ayrozonlar bilan ifloslanishi



Download 4,31 Mb.
bet8/15
Sana06.07.2022
Hajmi4,31 Mb.
#744817
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
3 та мавзу тупроқлар

ladan, tuproq ifloslanib bormoqda.
Radiaktiv moddalarni qazish, tashish va ishlatish davrida, AESlaming
avariyaga uchrashi natijasida radioaktivlashgan juda mayda chang zar-
rachalari atmosferaga ko'tarilib, so'ngra yomg'ir bilan yoki o'zi yerga, tup-
roqqa tushib uni zaharlaydi.
Tuproqni injenerlik kommunikatsiya ta ’sirida ifloslanishidan saqlashda
quyidagilaiga amal qilish lozim:
yer osti injenerlik kommunikatsiya qurilishlarida quvurlar va kabel­
lar yotqizish qoidalariga to'liq rioya qilish lozim;
har xil quvur va kabellar yotqizilayotganda ekologik zonaning
kengligiga rioya qilish zarur;
injenerlik, kommunikatsiya quvurlari, har xil kabellar maxsus tun­


nel qazilib, o ‘sha tunnel orqali o'tkazilishi lozim. Bu tadbiriy ishlar amalga oshirilsa, birinchidan, tuproq ifloslanmaydi, ikkinchidan o'sha kommuni- katsiya quvur va kabellarining ishlashi ustidan nazorat qilish osonlashadi. Ko'pincha yuqori hosil olish uchun bo'lgan harakatlarda zararkunanda hasharotlarga va begoa otlarga qarshi kurashishda o'g'itlar hamda za­harli moddalar haddan tashqari ko'p ishlatiladi, natijada, ekinlar ulami yaxshi o'zlashtira olmaydi va oqibatda ularning bir qismi tuproqda to'planib qolib uni ifloslaydi.
Tuproqning zaharli moddalar, ayniqsa, defoliantlar, insektitsidlar,
fungitsidlar bilan iflosianishidan saqlashda zararii hasharotlarga, begona o'tlarga qarshi kurashda va o'simliklar bargini tozalashdan zaharsiz kishi salomatligiga zarar yetkazmaydigan moddalar ishlab chiqarish yoki qarshi kurashishda biologik usullarni qo'llash juda katta ahamiyatga ega.
Tuproqni radiaktiv moddalar bilan ifloslanishdan saqlash uchun atom
va vodorod bombalarini havoda, yerda, yer ostida va suvda sinashni man etish lozim. Radioaktiv moddalami qazish, tashish, ishlatish va chiqindilami saqlashda uni atrof-muhit ifloslanmaydigan darajaga erishish, AES larni talofotsiz ishlashini ta ’minlash lozim.
Tabiat resurslari va ulardan foydalanish. Insonning moddiy m an-
faatini qondirish uchun foydalanadigan tabiat obyektlari tabiiy yoki tabiat resurslari deb ataladi. Tabiiy resurslardan tashqari yana moddiy resurslar:
sanoat obyektlari, qurilish, transportlar, mehnat resurslari ham bo'ladi.
Tabiiy resurslarga atmosfera, suv, o'simliklar, hayvonlar, tuproq, yer
osti boylildari, energetik va boshqa resurslar kiradi.
Tabiat resurslari tiklanish va tiklanmaslik xususiyatlariga ko'ra ikki gu-
ruhga bo'linadilar: tiklanadigan va. tiklanmaydigan. Bular orasida tugamaydigan resurslar inson uchun ko'p xavf tug'dirmaydi.

Qurilish materiallari sanoatining ekologik muammolari


Bugun ishlab chiqarishda ekologik muammolarni hal qilish, chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalarini joriy etish, ekologik xavfsiz qurilish materiallarini ishlab chiqarish asosiy masalalar sirasiga kiradi.
Q urilish materiallari sanoati tabiiy resurslarni eng ko‘p iste’mol qiluvchi soha hisoblanadi. Qurilish materiallarini tayyorlash uchun yiliga 3 mlrd. tonnaga yaqin xomashyo – qum, tuproq, gips, ohaktosh, granit, bazalt kabi cho‘kindi va otqindi jinslar qazib olinadi hamda qayta ishlanadi. U atmosfera va yerni ifloslantiruvchi eng asosiy manbalardan hisoblanadi. Atmosfera havosini chang bilan iflosla ntirish bo‘yicha qurilish materiallari sanoati birinchi o‘rinda turadi.
Biroq qurilish materiallari sanoati boshqa sanoat tarmoqlarining chiqindilaridan ham samarali foydalanadi. Hozirgi vaqtda bu tarmoqda har yili boshqa sanoat tarmoqlarida hosil bo‘ladigan 300 mln. tonnadan ziyod turli xil chiqindilardan foydalanilmoqda hamda ulardan ko‘p miqdorda sement, yumshoq qoplama materiallar, shisha, keramik buyumlar hamda boshqa qurilish materiallari olinmoqda.
Issiqlik elektr stansiyalarida hosil bo‘lgan qurum va toshqollar asosida 115 turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda. BMTning Yagona Ekologik Hay’ati ma’lumotlariga ko‘ra, bunday chiqindilardan foydalanish Germaniyada 80 foizni, Fransiyada 65 foizni, Buyuk Britaniyada 53 foizni va Belgiyada 44 foizni tashkil etadi. Umuman, qurilish materiallari sanoati boshqa sanoat tarmoqlaridan farqli o‘laroq, o‘zining xomashyo bazasini tog‘-kon va qayta ishlash tarmoqlari chiqindilari asosida tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir.
Qurilishi sanoati korxonalariga xos muhim ekologik muammolaridan yana biri ishlab chiqarish jarayonida ko‘p miqdorda chang ajralib chiqishi bilan bog‘liq. Bu boradagi ko‘rsatkich sement ishlab chiqarish korxonalarida ayniqsa yuqori. Ishlab chiqarilayotgan sementning 20 foizga yaqini chang tozalash qurilmalarining yaxshi ishlamasligi tufayli atrof-muhitga chiqarib yuborilmoqda. Bunday chang aylanma pechlardan ajralib chiqayotgan chiqindi gazlar bilan birga tarqaladi. Shu bilan birga, xomashyoni maydalash, quritish va kukunlashda hamda klinkerni sovitishda, omborlardagi yuklash-tushirish ishlarida ham ko‘p miqdorda chang ajralib chiqishini kuzatish mumkin. Chang hosil bo‘lishini kamaytirish uchun chang hosil qiluvchi materiallarning tushish balandligini kamaytirish, tashilayotgan va sochilayotgan materiallarni namlash ham lozim bo‘ladi. Aylanma pechlarga biriktirilgan chang tortgichlar, quritish barabanlari hamda shamollatish qurilmalari yordamida so‘rib olingan havo va gazlar chang yutish qurilmalariga yuboriladi.
Hozirda atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va xomashyo resurslaridan samarali foydalanish chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish orqali amalga oshiriladi. Chiqindisiz texnologiyada tabiiy resurslardan oqilona foydalaniladi va natijada atrof-muhit muhofazasi birmuncha yaxshilanadi. Chiqindisiz texnologik jarayonlarni va ularga asoslangan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish kimyoviy texnologiyaning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu muammo aholining iqtisodiy imkoniyatlari va turmush darajasini oshirishda katta ahamiyatga ega. Chiqindisiz ishlab chiqarishda moddiy va energetik oqimlarning yopiq optimal texnologik sxemalari yaratiladi. Chiqindisiz texnologik jarayonlarni yaratish bir necha yo‘nalishda olib boriladi. Bunda minimal solishtirma suv iste’molini ta’minlovchi, boshlang‘ich xomashyoni zararsiz xomashyoga almashtirish bilan bog‘liq texnologik jarayonlar ishlab chiqiladi va uchish xossasiga ega bo‘lgan erituvchilar texnologik jarayondan chiqarib yuborishga harakat qilinadi. Shu taxlit energotexnologik sxemalarni yaratish va oqava suvlarni tozalashning yuqori samarali usullarini joriy etish, chiqindilarni minimal darajaga keltirish imkonini beradi.
Bunday ishlab chiqarish jarayonlarida xomashyo va energiyadan maksimal darajada to‘liq foydalanish, oraliq mahsulotlar va chiqindilarni ushlab qolish va zararsizlantirish, texnologik jihozlarni takomillashtirish va moddiy oqimlarni qaytadan ishlab chiqarishga qaytarish uchun mahalliy tozalash usullaridan foydalanish imkoni tug‘iladi.
Bu borada tabiiy xomashyo resurslari tarkibidan foydali mahsulotlarni maksimal darajada to‘liq ajratib olish uchun ularga ishlov berishning kompleks sxemalarini ishlab chiqish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
XX asr oxiri va XXI asrning boshlariga kelib dunyoning ko‘p mintaqalarida iqtisodiy va ijtimoiy muammolar yetarlicha yechimini topib, bir maromda davom etib kelmoqda. Biroq tabiatning o‘zgarishi bilan bog‘liq ekologik muammolar hal etilganicha yo‘k. Bugungi kun ekologik vaziyati, jumladan tuproq xossa-xususiyatlarining keskin o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan yerlarning "tanglik" holiga tushib kolishi va boshqa omillar qatorida insoniyat faoliyatining o‘rni xam zalvorli ekanligi bugun barchaga ayon bo‘lmokda.
Yil sayin atrof - muhitga tabiiy va inson (antropogen) omillari ta’siri ortib bormoqda. O`zbekiston Respublikasi bo‘yicha olib borilgan ekologik kuzatuvlar natijasiga ko‘ra 4 ta ekologik mintakaga ajratish mumkin (1-rasm).
Tuproqparning kimyoviy ifloslanishi - tuproq tarkibiga muayyan kimyoviy moddaning tushishga va meyoridan ortishi natijasida zaharlanishi va tuproqning xossa-xususiyatlarining o‘zgarshidir.
O‘zbekiston Respublikasi mintaqaviy ekologik havfsizlikni ta’minlashda hal qiluvchi o‘ringa ega, ya’ni O‘zbekiston o‘zining tabiiy resurslari, intelektual va iqtisodiy imkoniyatlari ko‘lami bilan global va mintaqaviy muammolarni hal etishda muhim o‘rin tutadi.
Hozirgi zamon ekologik muammolari kishilik jamiyatining barkaror rivojlanishiga havf solmoqda. Ekologik muammolarning o‘ziga xos tomoni ngundaki, u chegara bilmaydi, chunki bu muammolar bir butun birlikda, ya’ni tabiatda kechadi. Yer yuzida insonlar tomonidan yerlarni chegaralarga bo‘lishshsh tabiat nuqtai nazaridan shartli bo‘lib, tabiatda kechayotgan jarayonlar bir - biri bilan uzviy bog‘liq. Ayniqsa, tuproqda ro‘y berayotgan jarayonlar biosferaning barcha qismlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Tabiatda, xususan tuproq qoplamida kechayotgan o‘zgarishlar, ularning taqditi bilan bog‘liq jarayonlarni bilish va unta jiddiy yondashish muhim hisoblanadi. Shu sohada yetishib kelayotgan yosh mutaxassislar tayyorlashda ushbu maxsus kursning ahamiyati kattadir.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish