Mavzu: Tog’ jinslarining injener geologik klassifikatsiyasi.
Reja:
Tog‘ jinslarining injener-geologik tasnifnomalari.
Tog’ jinslarining injener geologik klassifikatsiyasi.
Injener-geologik nuqtayi nazardan tuzilgan tasnifnomalar tog' jinslarining umumiy belgilariga, hosil bo'lishi sharoitining yaqinligiga, tarkibi va tuzilishiga, injener-geologik xususiyatlarining yaqinligiga ko'ra ularni ma’lum bir tartibga keltirishga yordam beradi. Injenerlik geologiyasida quyidagi tasnifnomalar mavjud: Umumiy tasnifnomalar. Ularning vazifasi, imkoni boricha, yer po'stida keng tarqalgan tog' jinslarini o'z ichiga olishdan va ularni grunt sifatida baholashdan iboratdir. Bu tasnifnomalar boshqa xildagi tasnifnomalar uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Xususiy tasnifnomalar tog' jinslarini bir yoki bir nechta belgilariga ko'ra aniq guruhlarga ajratadi. So'nggi vaqtlarda bu turdagi tasnifnomalarda tog ' jinslari guruhlarining injener-geologik xususiyatlarini to'liq ifoda qilish uchun bir nechta ko'rsatkichlardan foydalaniladi. Regional tasnifnomalar ma’lum bir hududda tarqalgan tog ' jinslarini turli injener-geologik guruhlarga bo'ladi. Maxsus tasnifnomalar - ma’lum bir turdagi qurilishlarning (gidrotexnik, yo'l qurilishi va boshqalar) talabi asosida tuziladi. Bunda tog ' jinslarini guruhlarga ajratish uchun turli ko'rinishdagi ko'rsatkichlardan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda tog' jinslarining ko 'pgina umumiy injener-geologik tasnifnomalari ishlab chiqilgan. Bular orasida prof. F.P.Savarenskiy tomonidan taklif qilingan tasnifnoma keng tarqalgan. Bu tasnifnomaga L.D.Beliy qisman qo'shimchalar kiritdi. Ushbu tasnifnomada tog' jinslari mustahkamligi, deformatsion va filtratsion xususiyatlariga ko'ra 3 turga ajratiladi:
I — qoyatosh jinslar; II — yarim qoyatosh jinslar; III — qoyatosh bo'lmagan jinslar: a) bog'langan (gilli), b) bog'lanmagan (bo'shoq , qumli), d) alohida holat va xususiyatga ega bo'lgan jinslar. Bu turlar tog' jinslarining mineral zarralari va agregatlari orasidagi strukturaviy bog'lanishning turiga qarab, quyidagi sinflarga bo'linadi: 1) mustahkamligi mineral zarralarning mustahkamligi bilan teng bo'lgan qattiq kristallizatsion va sementatsion bog'lanishga ega bo'lgan jinslar; 2) qoyatosh jinslarga nisbatan bo‘shroq mustahkam bog'lanishga ega bo‘lgan jinslar; 3) suv-kolloid va kristallizatsion-kondensatsion bog'lanishga ega bo'lgan, mustahkamligi mineral zarralarining mustahkamligidan kichik bo'lgan jinslar; 4) mo'rt sementatsion bog'lanishga ega bo'lgan, mustahkamligi mineral zarrasining mustahkamligidan ancha kichik bo'lgan jinslar; 5) turli xarakterdagi bog'lanishga ega bo'lgan jinslar. Jinslarning har bir sinfida genetik guruhlar magmatik, metamorfik, cho'kindi guruhlarga bo'linadi. Guruhlar tarkibida tog ' jinslarining hosil bo'lish sharoitini aniqlashtiruvchi guruhchalar va nihoyat tog' jinslari asosiy turlarga bo'linadi. So'ngra esa tog' jinslari turli belgilariga ko'ra (mineralogik , granulometrik tarkibi, nuraganlik darajasi, zichlanganligi va boshqalar) turli bo'laklarga bo'linishi mumkin. Qoyatoshjinslar. Yuqori mustahkamlikka ega. Suvga to'yingan holatida mustahkamligi 200-500 kPa dan yuqori. Bu jinslar, odatda, qattiq zarralari orasidagi bog'lanish suvga chidamli, kam g'ovakli, deyarli siqilmaydigan, suvda erimaydigan, faqat yoriqlari, darzlari orqali suv o'tkazadigan jinslardir. Bu xususiyatlar ularning yorilganlik darajasi va nurashga bo'lgan chidamliligi bilan belgilanadi. Yarimqoyatosh jinslar. Nuragan, kuchli parchalangan , yorilgan qoyatosh hamda ayrim vaqtlarda qotishgan jinslar yarim qoyatoshlarga kiradi. Suvga to'yingan holatda mustahkamlik darajasi 5-10 dan 200-500 kPa oralig'ida o'zgarib turadi. Qoyatosh jinslarga nisbatan bu jinslarning mustahkamligi kichikroq, nisbatan serg'ovak, namlik sig'imi yuqori, faqat yoriqlari bo'ylab suvni o 'tkazadi. Suvga to'yingan holatda o'z mustahkamligini sezilarli darajada pasaytiradi. Ayrim yarim qoyatosh jinslar suvda eriydi. Bog'langan jinslarga mayda donali va lyossimon jinslar kiradi. Bu jinslar serg'ovak, suv ta’sirida o'z hajmini keskin o'zgartirish xususiyatiga ega hamda namlik sig'imi katta, suvda erimaydi va suvni o'tkazmaydi yoki kam o 'tkazadi. Mustahkamligini katta miqdorda o'zgartirib turadi, siqiluvchan yoki katta miqdorda siqiluvchan bo'ladi, deformatsiyasi esa uzoq muddat davom etadi. Bog‘lanmagan jinslarga g'ovakligi, suv o'tkazuvchanligi, siqiluvchanligi va mustahkamligi turlicha bo'lgan yirik donali va zarrali jinslar kiradi. Bu jinslar statik bosim ta’sirida oz miqdorda va dinamik bosim ta’sirida katta miqdorda siqiladi. Ayrim vaqtlarda oquvchanlik xususiyatiga ega bo'ladi. Deformatsiya jarayoni, odatda, tez muddatda tugaydi. Alohida tarkib va xususiyatga ega bo'lgan tog’ jinslariga muzlik biogen (torf, tuzli jinslar, tuproqlar), texnogen va boshqa jinslar kiradi. Bu jinslarning har biri maxsus tekshirish va baholash usullari yordamida o'rganiladi.
Klassifikatsiya so‘zining asosi «Klass», ya’ni lotincha «klassis» so‘zidan olingan bo‘lib, ma’lum turkum, to‘da, guruh, daraja ma’nolarini anglatadi. «Klass» so‘zi birinchi marta fransuz botanigi J.Turne-for tomonidan qo‘llanilgan, keyinchalik, 1735- yili K. Linney o‘zining «Tabiat sistemalari» asarida ishlatgan. Geologiyada, jumladan, «Injenerlik geologiyasi» fanida «klassifikatsiya» so‘zi tog‘ jinslar yoki gruntlar tarkibini tashkil qilib turuvchi mineral zarralar miqdoriga, katta-kichikligiga (o‘lchamiga), ana shu jinslarning genetik turlariga, suvli, fizik, fizik-mexanik xossa va xususiyatlariga va boshqa tarkibiy holatlariga, miqdoriy va sifat jihatdan bir-birlariga yaqinligi, o‘xshashligiga qarab, ma’lum turkumlarga, guruhlarga ajratish yoki birlashtirish tushuniladi. Tog‘ jinslarini klassifikatsiyalashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar asosan uch guruhga bo‘linadi: 1) klassifikatsion ko‘rsatkichlar bo‘lib, bularga tog‘ jinslarining granulometrik, mineralogik va kimyoviy tarkibi; 2) bilvosta ko‘rsatkichlar bo‘lib, bularga tog‘ jinslari zichligi, g‘ovakligi, plastikligi, ko‘pchuvchanligi, konsistensiya darajasi; 3) bevosita ko‘rsatkichlar bo‘lib, bularga tog‘ jinslari zichligi, zichlanish koeffitsiyenti, umumiy deformatsiyalanish moduli, zarralar ichki ishqalanish koeffitsiyenti, zarralar orasidagi bog‘lanish (qovushoqlik) kuchi, ichki ishqalanish burchagi, nisbiy cho‘kuvchanlik, filtratsiya koeffitsiyenti va h.k.lar kiradi. Hozirgi vaqtda tog‘ jinslarining yuqoridagi klassifikatsiyalash ko‘rsatkichlari hamda ularning imorat va inshootlarning mustahkamligiga ko‘rsatadigan ta’siriga qarab maxsus injener-geologik klassifikatsiyalar ishlab chiqilgan (F. P. Sovranskiy, E. M. Sergeyev, V. D. Lomtadze, G‘. A. Mavlonov va b.). Bu klassifikatsiyalar injenerlik-geologiyasi fanida «Umumiy», «Regional», «Xususiy» (chastniy) va «Sohaviy» (otraslevoy) nomlari bilan ataladi. Umumiy injener-geologik klassifikatsiyada tabiatdagi mavjud hamma tog‘ jinslari ma’lum guruhlarga, klasslarga va bundan kichik bo‘lgan taksonomik qismlarga ajratilgan. Bu klassifikatsiyada tog‘ jinslarining genetik turlaridan tortib, boshqa hamma xossa va xususiyatlari umumiy holatda hisobga olinadi. Regional injener-geologik klassifikatsiyalar ayrim hududlar uchun va ana shu hududlarda tarqalgan tog‘ jinslarining genetik turlari, qaysi formatsiyaga kirishi, yoshi, xossa va xususiyatlari, tarkibi hisobga olingan holda tuziladi (1-jadval).
Xususiy injener-geologik klassifikatsiyalar tog‘ jinslarining ayrim injener-geologik xususiyatlarini (cho‘kuvchanligi, nuraganlik darajasi, mustahkamligi, suv o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti va h.k.), tarkibini (granulometrik, kimyoviy va h.k.), yotish holatlarini, nurash jarayoniga qanchalik uchraganlik darajalarini va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tuziladi (2-jadval).
2-jadval
Sohaviy injener-geologik klassifikatsiyalar u yoki bu sohaning (gidro-texnik, sanoat, yo‘l qurilishi va h.k.) talablariga va vazifalariga moslab tuziladi (3-jadval). Shu bilan birga amaliyotda Davlat qurilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan maxsus «Metodik qo‘llanmalar», «Qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ)» va boshqa yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatlar ishlab chiqilgan. Jumladan, Respublika hududida tarqalgan, imorat va inshootlarni poydevori hisoblangan hamma tog‘ jinslar (gruntlar) QMQ bo‘yicha 5 ta guruhga ajratilgan: 1) Magmatik, metamorfik va cho‘kindi qoya tog‘ jinslar (gruntlar) bo‘lib, bu jinslarga, ularni tashkil qilib turuvchi mineral zarralar o‘zaro mustahkam bog‘langan, sementlangan, namlanganda deyarli o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmaydigan, siqilishga bo‘lgan qarshiligi 5 MPa dan katta bo‘lgan jinslar (granitlar, granodioritlar, granit-porfirlar, porfirlar, bazaltlar, kvarsitlar, gneyslar, kristallangan slaneslar, ohaktoshlar, qumtoshlar va b.) kiradi. Nurash jarayoniga uchragan, serdarz, vaqtincha siqilishga bo‘lgan qarshiligi 5 MPa dan oshmaydigan qoya tog‘ jinslari, shuningdek, nisbatan qattiq bo‘lgan cho‘kindi jinslar (vulqon tuflari, gil sementli qumtoshlar, konglomeratlar, dolomitlar, mergel, ohaktoshlar, gil slaneslar, toshqotgan lyoss jinslari va b.) yarim qoya tog‘ jinslari deb yuritiladi; 2) Yirik donali, sementlanmagan, tarkibi 50 % dan ortiq o‘lchami 2 mm dan katta har xil darajada silliqlangan magmatik, metamorfik, cho‘kindi qoya jinslari bo‘laklaridan tashkil topgan (shag‘allar, shebenlar, chaqiq shag‘allar va b.) jinslar; 3) Quruq holatda sochiluvchan, plastiklik (qovushoqlik) xususiyati bo‘lmagan, plastiklik soni 0,01dan kichik, tarkibida miqdori 50 % dan kam, o‘lchami 2 mm dan katta bo‘lgan zarralardan tashkil topgan qum jinslari (gruntlari); 4) Tarkibida asosan o‘lchami 0,01 mm dan kichik, bir-birlari bilan mustahkam bog‘langan zarralardan tashkil topgan, plastiklik soni 3—7 dan katta bo‘lgan gil va gilli jinslar (gruntlar); 5) O‘ziga xos tarkibga, holatga va xususiyatga ega bo‘lgan (texnogen va b.) jinslar (gruntlar).
3-jadval
3-jadvalning davomi
Yuqoridagi guruhlarga kiruvchi tog‘ jinslardan 6—10-guruhga mansub jinslar suv ta’sirida o‘zgaruvchanligi (ko‘pchuvchanligi, ivivchanligi, yuviluvchanligi, cho‘kuvchanligi va b.) bilan ajralib turadi. Shuning uchun bu jinslardan imorat va inshootlarning zamini sifatida foydalanilganda nihoyatda ehtiyot bo‘lish darkor. Ularning mustahkamligini oshirish uchun kerak bo‘lgan hamma chora va tadbirlar (Davlat standartlariga binoan) qo‘llanilishi talab etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1) M.Sh.Shermatov “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari”, “Bilim” nashriyoti Toshkent-2005.
2) I.A. Аgzаmоvа, A.D. Kаyumоv, S.X.Eshniyazov “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi” “Faylasuflar” nashriyoti Toshkent-2013.
3) G‘.U.Yusupov, B.M.Xolbayev “Geologiya va gidrogeologiya asoslari” “Yangi asr avlodi” nashriyoti Toshkent-2005.
Do'stlaringiz bilan baham: |