O'lchash asbobining o`lchash chegaralari – ayni asbob yordamida o'lchash mumkin bo'lgan eng katta va eng kichik o'lchamlardir.
Shkala bo`yicha o`lchash chegaralari – o'lchamning shkala yordamida bevosita o'lchash mumkin bo'lgan eng katta qiymatidir.
O'lchashdagi zo'riqish - o'lchanadigan buyum va o'lchash asbobi sirtlarining yondashishida o'lchash asbobida yuz beradigan zo'riqishdir.
O'lchash usuli deb, qandaydir miqdorni o'lchashda ishlatiladigan vositalar va uslublar majmuasiga aytiladi.
O'lchanadigan buyumlarning qiymatlarini aniqlash usullari absalyut, nisbiy, bevosita va bilvosita, kontaktli va kontaktsiz bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |