Texnik vositalar rivojining birinchi avlodi (XX asrning 50-60-yy.) asosan Algol, Fortran kabi algoritmik programmalash tillarining yaratilishi va sodda formallashtirilgan algoritmlarda ishlovchi eXM bilan bog‘liq.
1-avlod EHMlari
Birinchi eXM juda qimmat bo‘lib, programmalash texnologiyasining asosiy vazifasi – mashina resurslarini (mashina vaqti va xotira quvvati) tejash edi. SHu davrda ma’lumotlarga ishlov berishning paket rejimida ishlovchi operatsion tizimlar va optimillashtiruvchi translyatorlar yaratildi.
60-80-y.y.da yirik qo‘pol EHM gabarit o‘lchamlari kichrayib, mashina vaqti EHMni baholovchi asosiy omil bo‘lmay qoldi. Elektronikaning shiddat bilan rivojlanishi (katta integrallashgan sxemalar, yarim o‘tkazgichli xotira va boshqalar) natijasida mashina operatsiyalari va operativ xotira narxining pasayishi, kompyuter diagnostikasi va uni tuzatish interaktiv tizimlari rivojlanishi kuzatildi.
Texnik vositalar 80-yillar o‘rtalaridan boshlab personal kompyuterlar shiddat bilan rivojlanib, u programmist bo‘lmagan professionalllar uchun eng zarur texnik vositaga aylandi. programmistlar turli redaktorlar va qobiq programmalar yaratsa, mutaxassis ular yordamida ma’lum soxa uchun ilova va ma’lumotlar bazasini ishlab chiqadi.
ALT texnik vositalari vazifalariga loyiha ob’ektini tasvirlash uchun dastlabki ma’lumotlarni kiritish; kiritilgan axborotni nazorat va taxrirlash maqsadida aks ettirish; ma’lumotlarga ishlov berish va ularni o‘zgartirish (kod bilan belgilash, arifmetik, mantiqiy operatsiyalarni bajarish, ma’lumotlar strukturasini o‘zgartirish); loyiha ma’lumotlarini xujjatlash; loyiha masalasini yechish paytida loyihalovchi va tizim o‘rtasida operativ muloqot (interfeys) tashkil qilish.
Elektron hisoblash mashinalari asosan 2 turga bulinadi: universal EHMlar va maxsus EXMlar. Universal EHMlar turli soxadagi masalalarni yechishga muljallangan (fizika, matematika, iktisodiet, texnika va xokazo). Maxsus EHMlar esa qaysidir bir sohasidagi masalalarni yechishga muljallangan. Masalan, iqtisodiyot va buxgalteriya masalalarini yechishga muljalangan bo’lishi mumkin.
Xozirgi kunda IBM PC kompyuterlari va bu kompyuterlar bilan birgalikda ishlay oladigan kompyuterlar jaxonda ishlab chikariladigan shaxsiy kompyuterlarning 90%ni tashkil etadi.
PC shaxsiy kompyuterlari uchta asosiy kismlardan (bloklardan) iborat:
umumiy loyiha bo‘yicha ishlovchi jamoa a’zolarining birgalikda ishlay olishi;
texnik vositalarni vaqt o‘tishi va eskirishi bilan zamonaviyiga almashtirish mumkinligi.
Birinchi talabning bajarilishi zamonaviy ALT tarkibida yetarlicha unumdorlikka va xotira quvvatiga ega xisoblash mashinalari bo‘lishini taqazo etadi. Ikkinchi talab foydalanuvchi interfeysiga tegishli va ALTga ma’lumotlarni kiritish-chiqarishning qulay vositalari, avvalo, grafik axborotni almashuvchi qurilmalar bilan ta’minlanadi.
Uchinchi talab ALT apparat vositalarining xisoblash tarmog‘iga birlashuvi bilan belgilanadi. To‘rtinchi talab moddiy va ma’naviy jihatdan eskirgan texnik vositani yangisiga almashtirish imkoniyati bilan belgilanadi.
ALT texnik ta’minoti (TT) strukturasima’lumotlarni uzatuvchi muhit bilan bog‘langan tarmoqlar tugunidan tuzilgan bo’lishi talab etiladi.
Ma’lumotlarni uzatuvchi muhit aloqa yo‘llari va kommunikatsion uskunalardan tuzilgan ma’lumotlarni uzatish kanallaridir.
Tugunlar – loyihalovchi ish joylari bo‘lib, ular avtomatlashgan ish joylari (AIJ) yoki ish stantsiyalari (WS-Workstation) deb ataladi.
AIJ (avtomatlashgan ish joylari) sifatida katta EHM, ma’lumotlarni va loyiha yechimlarini tayyorlash, kiritish, uzatish, aks ettirish va xujjatlash qurilmalari, aloxida tashqi va o‘lchaydigan qurilmalar bo‘lishi mumkin. Ayni AIJda loyihalovchi va EHM o‘rtasidagi interfeys uchun qulay vositalar bo‘lishi kerak.