Reja: Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Download 387,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana03.03.2023
Hajmi387,89 Kb.
#916079
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Axborot texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari

Axborot kodlangan deyiladi
, agar uning ixtiyoriy bo’lagi sonlar ko’rinishida ifodalangan 
bo’lsa. Bunday sonlar kodlar deb yuritiladi. Matnning har bir harfini kodlarga almatirish orqali 
kodlash mumkin bo’ladi. 
Kompyuter faqat kodlangan axborotlarni qayta ishlaydi. Axborotlar bilan ishlanganda 
uning kompyuter xotirada egallangan hajmini bilish kerak bo’ladi. Buning uchun o’lchov 
birliklaridan foydalaniladi. 
Axborotlarning eng kichik o’lchov birligi bit hisoblanadi. Bir bit axborot- bu ikkilik raqam 
0 yoki 1 dan iborat bo’ladi. Bit - axborotlarning eng kichik o’lchov birligidir. Shuning uchun 
kompyuterda axborotlarni elementar qismlarini qayta ishlash uchun kattaroq o’lchov birligi – bayt 
ishlatiladi. 
Bir bayt
bu sakkiz razryadli kod orqalibo’lib, u yordamida qanday kattalikdagi butun 
sonni yozish mumkin degan savol hosil bo’lishi mumkin.
Bu son 8 bitning hammasi 1 ga teng bo’lgan sondir. Uning o’nli sanoq sistemasidagi 
qiymatini aniqlash uchun, unga 1 sonini ham qo’shamiz ham ayiramiz. 
11111111
2
=(11111111
2
+1)-1=100000000
2
-1=2
8
-1=255 


Bundan ko’rinib turibdiki, 1 baytda 0 dan 255 tagacha bo’lgan 256 ta butun sonlardan bittasini 
saqlash mumkin ekan. Lotin alifbosi harflarini kodlash uchun 52 ta son kerak bo’ladi. (26 ta bosh 
va 26 ta kichik harflar). Rus alifbosi harflarini kodlash uchun 66 ta son, unli raqamlarni kodlash 
uchun yana 10 ta son kerak bo’ladi. Shunday qilib, 1 bayt orqali lotin, rus alifbosi harflari, o’nli 
raqamlardan tashqari yana 128 ta (256-52-66-10=12*) bosh belgilarni (nuqta, vergul, arifmetik 
amallar va boshqalar) ham kodlash mumkin ekan. 
1 bayt= 1 belgi. 
Bir bayt
– bu faqatgina axborotlarning o’lchov birligi emas balki kompyuter xotirasininig 
elementar yacheykasi hamdir. Kompyuterlar xotirasi ana shunday yacheykalar ketma-ketligidan 
tuzilgan. Har bir yacheyka, ya’ni bayt o’zining adresiga ega. Adres bu yacheyka nomeridan va 
unda saqlanayotgan ikkilik koddan iborat bo’ladi. Prosessor axborotlarni qayta ishlayotganda 
xotiradan kerakli yacheykani nomer bo’yicha topadi, unda saqlanayotgan axborotni o’qiydi, 
kerakli amallarni bajaradi va hosil bo’lgan natijasi boshqa yacheykaga saqlaydi. 
Kompyuter xotirasining hajmi baytlarda o’lchanadi, lekin buning uchun ko’p hollarda 
boshqa o’lchov birliklari ham ishlatiladi: kilobayt (Kbayt) va megabayt (Mbayt). 
1 K bayt= 2
10
bayt-1024 bayt 
1Mbayt-2
10
Kbayt=1024 Kbayt 
Odatda yaxshi kompyuterlarning tezkor xotirasining hajmi 512 Kbayt yoki 640 Kbaytni 
tashkil qiladi. Shu o’rinda yaxshi kompyuter uchun bu ko’pmi yoki ozmi degan savol tug’ilishi 
tabiiy. Bitta sahifaga taxminan 50 ta satr joylashadi. Shuning uchun bitta sahifa taxminan 
60x50=300 belgidan iborat yoki 3 Kbayt axborotdan iborat bo’ladi. Demak kompyuterning tezkor 
xotirasiga 640:3=200 varaqdan iborat matnni sig’dirish mumkin ekan. Quvvati yuqori 
kompyuterlarning tezkor xotirasi bir necha Mbaytgacha hajmga ega bo’lishi mumkin. 
Biz yuqorida ta’kidlanimizdek bitta belgidan iborat bo’lgan axborot kompyuter 
xotirasining 1 baytida saqlanadi. Kompyuter sonli axborotlarni qanda tartibda qayta ishlashi, unda 
foydalanilayotgan prosessorga bog’liq bo’ladi. Har bir prosessor ma’lum bir uzunlikdagi ikkilik 
kodlarni qayta ishlash uchun mo’ljallangan bo’ladi. Eng birinchi yaratilgan shaxsiy 
kompyuterlarda bir buyruq bilan faqat bir bayt axborotlarni qayta ishlovi prosessorlar qo’llanilgan. 
Bu kompyuterlar sakkiz razryadli hisoblangan. Ko’pchilik zamonaviy kompyuterlar 16 
razryadlidir. Bu kompyuterlarda bitta buyruq bilan 2 bayt axborotni qayta ishlash mumkin. 
16 –razryadli kompyuterlarda butun sonlarni saqlash va qayta ishlash uchun xotiraning 2 
bayti ishlatiladi. Bunday kompyuterlar qanday butun sonlarni qayta ishlashi mumkin degan savol 
hosil bo’lishi tabiiy. Bizga ma’lumki, butun sonlar musbat va manfiy bo’lishi mumkin. Shuning 
uchun son ishorasini qanday kodlash mumkin? Buning uchun 16 bitdan bittasi, ya’ni chap 
tomondagi bit ishlatiladi. Agar u 0 ga teng bo’lsa, demak on ishorasi musbat, agar u 1 ga teng 
bo’lsa, u holda son manfiy bo’ladi. Quyida butun sonlarni saqlash sxemasi keltirilgan. 
2 bayt=16 bit 

Download 387,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish