1-MAVZU: Ta’limda axborot texnologiyalari fanining
predmeti, maqsadi va vazifalari
REJA:
1.
Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
2.
Axborot tushunchasi, axborotning xususiyati axborotning asosiy tavsifi, axborotning
sintaktik, semantik va pragmatik o‘lchovlari
3.
Ma’lumotlarni kodlash
4.
Kompyuterning ishlash prinsiplari.
Tayanch iboralar: Ta’limda axborot texnologiyalari fanining maqsad va vazifalari, fan nimani
o‘rganadi, informatika va uning paydo bo‘lishi, axborot texnologiyasining rivojlanish bosqichlari,
vatanimizda informatikaning taraqqiyoti va istiqbollari, axborot, texnologiya, axborot turlari,
axborot texnologiyasi, axborotning sifat ko‘rsatkichlari (xossalari), axborotlashgan jamiyat,
axborot tizimlari va turlari, axborot texnologiyalarining qo‘llanish sohalari, axborot o‘lchov
birliklari, axborotlarni kodlash, EHMning arifmetik asosi, sanoq sistemalari, ular ustida amallar.
Kompyutеr, informatik, algoritm, konsеpsiya, Pentium, protsеssor. Tеxnik ta’minot, matеmatik
ta’minot, dasturiy ta’minot, axborot ta’minoti, tashkiliy ta’minot, xususiy ta’minot. Tеxnologiya.
Ta’limda axborot texnologiyalari
fanining maqsadi –
zamonaviy axborot texnologiyalari
asoslari, zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning atrof qurilmalari, sistemali dasturiy
ta’minoti, amaliy dasturiy vositalar, zamonaviy kommunikasion texnologiyalar, Web-dizayn
asoslari, dasturlash, Microsoft Officening dasturiy vositalari haqidagi bilimlar bilan
qurollantirishdan iborat.
Ta’limda axborot texnologiyalari
fanining vazifasi:
- informatika va axborot texnologiyalari haqida bir butun tasavvur hosil qilish;
- informatika va axborot texnologiyalarining har bir inson hayotidagi va jamiyatning
rivojidagi rolini ochib berish;
- informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va imkoniyatlarining ochib
berish;
- axborot tizimlari va texnologiyalarini nima maqsadida va qanday qo‘llash haqida tushuncha
hosil qilishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
« Ta’limda axborot texnologiyalari » o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga
oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- informatika, axborot texnologiyalari, shaxsiy kompyuterlar va uning zamonaviy
qurilmalari, kompyuterning zamonaviy dasturiy ta’minoti, amaliy dasturlar paketi, operasion
tizimlar, Windows operasion tizimi, Windows paketining dasturlari, zamonaviy axboro-
kommunikasiya texnologiyalari, kompyuter to‘rlari, Internet, elektron pochta, ta’limda zamonaviy
axborot texnologiyalari, fanlarni o‘іitishda zamonaviy axborot texnologiyalarini
bilishi kerak.
- kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari bilan ishlash; axborot texnologiyalarining
dasturiy ta’minotini ko‘llay olish; amaliy dasturiy ta’minot dasturlari bilan ishlay olish, Windows
operasion tizimida va Windows paketining dasturlarida ishlash
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini o‘z predmet sohasida qo‘llay olish,
kompyutur lokal to‘rlari, Internet, elektron pochta bilan ishlash, tarmoq texnologiyasidan
foydalana olish
malakalariga ega bo‘lish kerak.
Informatika bu - axborotlarni kompyuter yordamida qayta ishlash, yig‘ish, ifodalash va
uzatish usullari bilan shug‘ullanuvchi fandir.
Informatika deganda har bir odam so‘z qandaydir axborot, ushbu axborot biror narsaga,
hodisa yoki jarayonga tegishli ekanligi, va boshqalar haqida borishligini tushunadi. Lekin bu
axborot qanday olingan? U qayrda va qanday saqlanadi? Unga qanday yo‘l topish mumkin? –
degan savollarning paydo bo‘lishi o‘rinli. Ushbu savollarga javob jamiyatning o‘zgarishiga, uning
fan-texnika sohasidagi taraqqiyotiga qarab o‘zgarib turadi.
Informatika atamasi lotincha informatic so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, tushuntirish, xabar
qilish, bayon etish ma’nosini anglatadi. Ingliz tilida bu atamaga
Do'stlaringiz bilan baham: |