Organizmlarning anorganik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurashi
Anorganik tabiat omillari organizmlarning rivojlanishiga, yashab qolishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Kuz kelishi bilan bir yillik o‘simliklarning hammasi ko‘p yillik o‘t o‘simliklarining tuproq ustki qismlari nobud bo‘ladi. Qish qattiq kelgan yillarida ko‘p yillik daraxtlar, yumronqoziqlar, yomg‘ir chuval changlari, qushlar orasida ham nobud bo‘lgan organizmlarni ko‘rish mumkin. Qishda suv usti qalin muz bilan qoplanishi tufayli suvda erigan kislorodning kamayishi hisobiga baliqlar ham halok bo‘ladi. Cho‘l o‘simliklarining ko‘plab nobud bo‘lishi namlikning yetishmasligi oqibatidandir. Tirik mavjudot-
44-rasm. Bir turga kiruvchi daraxtlar orasidagi raqobat.
45-rasm. Tur ichidagi kurash: 1—kiyiklar; 2—fillar; 3—zebralar.
lar anorganik tabiatning noqulay sharoitlariga bardosh bergandagina yashab qolishi va nasl berishi mumkin.
Organizmlar orasidagi munosabatlardan odamning foydalanishi
Bir turga kiruvchi organizmlar orasida yashash uchun kurashning shiddatli bo‘lishini e’tiborga olib, yangi bog‘lar tashkil qilinayotganda mevali daraxtlarning turiga qarab ko‘chatlar ma’lum oraliqda ekiladi. Sun’iy yo‘l bilan o‘rmonlar barpo etilayotganda mikorizasi bo‘lmagan tuproqqa mikoriza — zamburug‘ giflari solinadi. Mikoriza daraxt ildizlariga kirib olib, uni tuproqdagi nam va oziq moddalar bilan ta’minlaydi. Bu dub, qayin, buk kabi daraxtlarning normal o‘sishiga yordam beradi. Respublikamizdagi ko‘llar, suv havzalarida baliqlarni sun’iy yo‘l bilan urchitish uchun avvalo ular yirtqich (cho‘rtan) va uncha ahamiyati bo‘lmagan (gambuziya) baliqlardan tozalanadi. Shundan keyin suv havzalarida xo‘jalik uchun ahami- yatli hisoblangan baliqlar ko‘paytiriladi. Ovchilik xo‘jaligini ilmiy asosda olib borish uchun hayvonlar biologiyasi, ya’ni urchish davri, nasl miqdori, ularning voyaga yetish muddati, nimalar bilan oziqlanishi, organizmlar orasidagi munosabatlar diqqat markazida bo‘ladi.
Yirtqich hayvonlar — bo‘ri, tulkilar yo‘qotilayotganda ular- ning sanitarlik roli — o‘ljalar orasidan nimjon, kasal individlarni ko‘plab yo‘qotishi hisobga olinadi.
Madaniy o‘simliklarga qaraganda yovvoyi o‘simliklar yashovchan bo‘ladi. Ular madaniy o‘simliklarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun (piyoz, sabzi, rediska va boshqa o‘simliklar) o‘toq qilinib, begona o‘tlardan xalos etiladi. Za- rarkunanda hasharotlar — xasva, olma qurti, ko‘sak qurti, shira va h.k.larga qarshi kurashda mikrofanus, oltinko‘z, trixogramma, afelinus, tugmacha qo‘ng‘izlar (podoliya), entobakteriyalar tarqatiladi. Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashishga hasharotxo‘r qushlar, chunonchi, chug‘urchuq, chittak va bosh- qalar jalb qilinadi. Chetdan changlanuvchi o‘simliklardan yuqor i hosil olish uchun asalaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |