Tarqatma materiallardan foydalanib kuzatish. Bu kuzatishlar o‘rta yosh guruhlardan boshlab o‘tkaziladi. Bunday kuzatishni tashkil etish birgina obyektni kuzatishdan ko‘ra ancha murakkabrokdir. Bu o‘rinda tarbiyachi o‘z diqqat-e’tiborini taqsimlay bilishi, bolalardagi harakatni uyushtira olishi talab qilinadi, bolalar esa tarbiyachining barcha ko‘rsatmalariga aniq rioya qilishlari, bir-birlarini tinglashlari, boshqalarning kuzatishlarini o‘zlarining kuzatishlari bilan taqqoslashlari kerak bo‘ladi. Kuzatishning bu usuli katta rivojlantiruvchi ahamiyatga egadir. Bolalar turli xil tadqiqotchilik harakatlaridan foydalanib, o‘quv ko‘nikmalarini takomillashtirish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu esa o‘z navbatida ularda aniqroq tasavuurlarning shakllanishiga yordam beradi.
Tarqatma material sifatida o‘simliklar hamda ularning bargi, mevasi, urug‘i, shoxchalari, shuningdek, sabzavot va mevalardan keng foydalaniladi. Rasmlarni ko‘rish kinofilmlar va diafilmlarni namoyish qilish.
Ko‘rgazmali metodlar guruhiga b'olalar bilan birga rasmlarni ko‘rish, diapozitiv va kinofilmlarni namoyish qilish xam kiradi.
Bu metodlardan foydalanish xilma-xil vazifalarni xal qilishga: tasavvurlarni aniqlash va konkretlashtirish, bilimlarni sistemalashtirish va umumlashtirish, estetik idrokni tarkib toptirishga yordam beradi.
Rasmlarni ko‘rish. Rasmlar tabiat hodisalarini batafsilroq ko‘rish, diqqatni uzok, muddat shularga qaratish imkonini beradi, buni esa ko‘pincha tabiatni bevosita kuzatishda tabiatning dinamikligi hamda o‘zgaruvchanligi tufayli amalga oshirishning imkoni bo‘lmaydi. Bundan tashqari, ko‘pgina hodisalarni bevosita kuzatish mumkin emas; masalan, yovvoyi xayvonlar, janubiy va shimoliy o‘lkalarning hayvonlari bilan bolalarni asosan rasmlar orqali tanishtirish mumkin. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda didaktik syujetli, predmetli, shuningdek badiiy rasmlardan foydalaniladi.
Didaktik syujetli va predmetli rasmlar bolalarni o‘qitishda ko‘rgazmali vosita sifatida maxsus yaratilgandir. «Yilning to‘rt fasli», «Uy hayvonlari», «Yovvoyi hayvonlar», «O‘tsimon o‘simliklar» va shu kabi rasmlar seriyasi shular jumlasidandir. Bulardan turli maqsadlarda foydalaniladi.
Bolalar bog‘chasining ishida I. Levitanning «Oltin kuz», «Siren»; A. Sovrasovning «Qora qargalar uchib keldi»; A. Rilovning «Yashil shovqin»; M. Konchalovskiyning «Lola qizg‘aldoqlar»; A. Kuinjining «Qayinzor»; I. Shishkinning «Qish»; L. Brodskayaning «Qishda o‘rmon»; A. Plastovning «Uy hayvonlari» kabi badiiy rasmlaridan keng foydalaniladi. Rasmlardan foydalanish maqsadi bolalarda tabiatga estetik munosabatni tarkib toptirishdir.
Qo‘yilgan maqsadlarga ko‘ra kitoblardagi illyustratsiyalarni ko‘rish turlicha o‘tkaziladi: ba’zan ularni bolalarda o‘rganilayotgan predmet, hodisa yoki vokealar hakida ko‘rish obrazini yaratish uchun o‘qishdan oldin ko‘rib chiqish foydalidir; boshqa xillarda illyustratsiyalarga o‘kish jarayonida ko‘z yugurtirib chikish kifoyadir. Illyustratsiyalarni o‘qilganlar yuzasidan o‘tkazilayotgan suxbat jarayonida ham ko‘riladi.
Rasmlardan barcha yosh guruxlarda foydalaniladi: kichik gu r u x d a — tasavvurlarni aniqlash va konkretlashtirish hamda ularni mustahkamlash uchun masalan, mushukni bolalari bilan kuzatgandan so‘ng shunga muvofik keluvchi rasm ko‘riladi. Tarbiyachi bolalarga mushukni bolalari bilan rasmdan tanishga, hayvonlarning harakterli' belgilarini (katta-kichikligi, yungining rangi), gavda kismlarini (ko‘zi, qulog‘i, dumi, oyoqlari), ba’zi harakatlarini (uxlayapti, o‘ynayapti, sut ichyapti va shu kabilar) ko‘rish va aytishni o‘rgatadi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar bilan syujetli rasmni ko‘rishni tashkil qilar ekan tarbiyachi bolalarning rasm mazmuniga yaqin bo‘lgan tajribasidan foydalanadi, quyidagiga o‘xshash savollarni beradi. «Rasmda nima tasvirlangan? Bular mushuk bolalari ekanligini qayerdan bildingiz? Mushuk yungining rangi qanday? Bolalarinikichi? Mushuk bolalari nima qilishyapti? Kul rang mushuk bolasi nima qilyapti? Ona mushuk oldida yotgan bolasi nima qilyapti? Sizningcha uning qorni ochganmi? Nima uchun uxlayapti? Mushuk bolalarining qanday yurishini eshitganmisiz? Nima uchun ular sekin, ovoz chiqarmay yuradi?»
Rasmni o‘ r t a gurux bolalari bilan ko‘rish bolalarning bilimlarini kengaytirishga yo‘naltiriladi. Bu bolalarni bevosita tajriba doirasidan tashqariga olib chikish imkonini beradi. Rasmlarni ko‘rishdan bolalarning bilimlarini sistemalashtirish va umumlashtirish maqsadlarida ham foydalaniladi. Rasmlardan tarbiyachining tabiat hakidagi suxbatlarida, hikoyalarida foydalaniladi.
Katta gruppalarda rasmlar tushunchalarni shakllantirish uchun qo‘llaniladi. Mashgulot uchun rasmlar seriyasi tanlanadi. Dastlab xar bir rasmni ko‘rish va analiz kilish tashkil etiladi. Sungra rasmlar seriyasi ajratib ko‘rsatilgan muhim belgilariga qarab qiyoslanadi. Qiyoslash xodisadagi umumiy va muhimini ajratib ko‘rsatishga yo‘llanadi. Masalan, m a k t a b ga tayyorlov gruppasida «kuz» tushunchasini shakllantirish uchun kuzning turli davrlariga taalluqli tabiatning kuzgi hodisasi tasvirlangan 3 ta rasm tanlanadi. Tarbiyachi rasmni bolalar bilan birga ko‘rar ekan, ularning diqqatini tabiatdagi ketma-ket o‘zgarishlarga qaratadi: «Kuzning boshidan oxiriga" qadar ob-havo qanday o‘zgarganligini ayting». So‘ngra bolalar diqqatini o‘simlik hayotidagi o‘zgarishlarning ob-havo sharoitlarining o‘zgarishiga bog‘lik ekanligini tushunishlariga qaratadi. «Kuzning boshlanishidan uning oxirigacha o‘simliklarda qanday o‘zgarishlar ruy berdi? Nima uchun bunday o‘zgarishlar sodir buldi?» O‘simliklarning rasmlarda tasvirlangan holatlarini qiyoslashni taklif qiladi.
Shundan so‘ng bolalarning diqqati hayvonlar hayotidagi o‘z- garishlarga qaratilib, pedagog ularni yangi aloqalarni bilib olishga yo‘llaydi: «Kuzning qaysi vaktida hasharotlar ko‘p edi? Nima uchun? Issiq o‘lkalarga uchib ketadigan qushlar qa chon uchib ketadi? Ular nima uchun uchib ketadi?» va shu ka bilar.
Badiiy rasmlarni faqat maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan ko‘rish maqsadga muvofikdir.