to`g`rilamaydigan o`tish deb atashadi.
2. , p- tipli yarimo`tkazgich (6.4,b- rasm) . Ushbu holda yarimkazgichdan me-
tallga ko`plab elektronlarning chiqib ketishi ro`y beradi. Bunda chegara yaqinida asosiy zaryad
tashuvchilar(kovaklar) ga boy va kichik qarshilikka ega bo`lgan soha tashkil topadi. Bu soha ham to`g`rilash xossasiga ega bo`lmaydi.
3. , n- tipli yarimo`tkazgich (6.5,a- rasm). Ushbu holda elektronlar asosan me-
a b
6.5- rasm. To`g`rilash xossasiga ega bo`lgan “metall- yarimo`tkazgich” kontakti.
talldan yarimo`tkazgichga o`ta boshlaydilar va yarimo`tkazgichning chegara yaqinidagi qatlami-da asosiy zaryad tashuvchilarga kambag`allashgan va katta qarshilikka ega bo`lgan soha tashkil topadi. Bu yerda balandligi qo`yilgan kuchlanishgning qutblanishiga bog`liq bo`lgan kattaligi nisbatan yuqori potensial to`siq hosil bo`ladi. Agar bo`lsa, u holda invers qatlam (p- tipli) hosil bo`lishi mumkin. Bunday kontakt to`g`rilash xossasiga ega.
4. , p- tipli yarimo`tkazgich (6.5,b- rasm) . Bunday sharoitlarda tashkil topgan kontakt oldingi holga o`xshab to`g`rilash xossasiga ega bo`ladi.
“Metall- yarimo`tkazgich” kontaktining ajralib turadigan xususiyati shundaki, oddiy p- n-
o`tishdan farqli ravishda potensial to`siqning balandligi elektronlar va kovaklar uchun har-xil bo`ladi. Natijada bunday kontaktlar ma`lum bir shartlarda injeksiyalamovchi bo`lishi mumkin, yani kontakt orqali to`g`ri to`k oqqanda asosiymas zaryad tashuvchilar yarimo`tkazgich sohasiga
injeksiya qilinmaydi. Bu yuqoritakrorlikli va impuls yarimo`tkazgich asboblar uchun katta aha-miyatga ega.
Yuqorida ta`kidlanganidek, “metall- yarimo`tkazgich” kontaktida asosiymas zaryad ta-shuvchilarning injeksiyasi yo`qligi tufayli bazada asosiymas zaryad tashuvchilar to`planmaydi.
Buning natijasida teskari qarshilikning tiklanish vaqti kamayadi. Bundan tashqari ushbu diodlar
to`siq sig`imlarining kichikligini hisobga olamiz. Bu ikkala faktor Shotki diodlarini impuls va yuqoritakrorlikli qurilmalarda qo`llash uchun ideal sharoitlar hosil qilib beradi.
Shotki diodlari odatda kremniy Si yoki galley arsenid GaAs dan, kamroq germaniy Ge dan tayyorlanadi. Yarimo`tkazgich bilan kontaktlashish uchun metllni tanlash diodning ko`p parametrlarini aniqlaydi. Birinchi navbatda kontakt chegarasida hosil bo`ladigan potensiallar kontakt ayirmasining kattaligi ahamiyatga ega. Ko`pincha metallar Ag, Au, Pt, W qo`llaniladi.
Ular yarimo`tkazgichga yopishtiriladi va potensial to`siqning 0,2 … 0,9 eV qiymatini beradi.
Elektr prinsipial sxemalarda Shotki diodlari shartli belgi (6.6- rasm) bilan tasvirlanadi. Bu
6.6- rasm. Shotki diodining shartli grafik belgisi.
belgi faqat sxemada xuddi shu Shotki diodining qo`llanilyotganligini ta`kidlash lozim bo`lsa ish-
latiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |