Stabistor- bu to`kning berilgan diapazonida to`g`ri siljitilgan sohadagi kuchlanishi to`kka kam bog`liq bo`lgan va kuchlanishni stabillash uchun mo`ljallangan yarimo`tkazgich asbobdir.
O`zgarmas kuchlanishni stabillash uchun to`g`ri yo`nalishda ulangan diodning volt-am-
per xarakteristikasi to`g`ri shoxchasining tik qismidan foydalansa bo`ladi (6.3- rasm).
6.3- rasm. Stabistorning volt-amper xarakteristikasi.
To`g`ri to`k dan gacha bo`lgan keng diapazonda o`zgarganda, kuchlanish-
ning pasayishi nisbatan kichik diapazon o`zgaradi.
Ushbu maqsad uchun mo`ljallangan kremniy diodlar stabistorlar deb ataladi. Stabistor-larni tayyorlash uchun katta konsentrasiyali kiritmali kremniylar ishlatiladi, bu yo`l bilan kichik qarshilikka va volt-amper xarakteristikasi to`g`ri shoxchasining haroratga kamroq bog`liqligiga erishiladi.
Stabilitronlarga nisbatan stabistorlar kamroq stabillallash kuchlanishiga ega, buning saba-
bi – diodga qo`yilgan to`g`ri kuchlanishning qiymati katta bo`lmaydi va taxminan 0,7 V ni tash-
kil qiladi. Ikkita yoki uchta stabistorni ketma-ket ulab stabillash kuchlanishini ikki yoki uch ba-robar oshirish mumkin. Stabistorlarning ba`zi turlari o`zlaridan bir necha alohida elementlarning
ketma-ket ulangan bir butun asbobini ifoda etadi.
Stabistorlarning asosiy parametrlari stabilitronlarniki kabi bo`ladi.
Shotki diodi. “Metall- yarimo`tkazgich” o`tishi asosida olingan potensial to`siqni ko`pin-cha Shotki to`sig`i , bunday to`siqni o`z ishida ishlatadigan diodlarni esa Shotki diodlari deb atashadi.
“Metall- yarimo`tkazgich” kontakti n- yoki p- tip o`tkazuvchanli yarimo`tkazgich kris-tallning metallar bilan yondoshgan joyida hosil bo`ladi. Bunda sodir bo`layotgan jarayonlar elek-
tronning metalldan va yarimo`tkazgichdan chiqish ishlari va larning nisbati bilan aniqla-nadi. Elektronning chiqish ishi deb elektronni Fermi sathidan erkin elektronning energetic sathi-ga o`tkazib qo`yish uchun talab qilinadigan energiyaga aytiladi. Chiqish ishi qancha oz bo`lsa, bu jismdan chiqib ketadigan elektronlarning soni shuncha ko`p bo`ladi.
Elektronlarning diffuziyasi va zaryadlarning qayta taqsimlanishi natijasida bo`linish che-ga yondoshgan sohalarning neytralligi buziladi, kontakt elektr maydon va potensiallarning konta-
kt ayirmasi paydo bo`ladi:
. (6.2)
“Metall- yarimo`tkazgich” kontaktidagi kontakt elektr maydon mavjud bo`lgan o`tish qatlami nemis olimi V. Shotki nomi bilan Shotki o`tishi deb ataladi. Bu olim birinchi bo`lib bun-
day o`tishlarning elektr xarakteristikalari uchun asosiy matematik munosabatlarni olgan.
Shotki o`tishidagi kontakt elektr maydon amalda yarimo`tkazgichda jamlangan, chunki metalldagi zaryad tashuvchilarning konsentrasiyasi yarimo`tkazgichdagiga nisbatan ancha ko`p.
Metalldagi elektronlarning qayta taqsimlanishi qalinligi atomlararo masofasi darajasida bo`lgan
juda yupqa qatlamda ro`y beradi.
Yarimo`tkazgich o`tkazuvchanligi turiga va kristalldan chiqish ishlarining o`zaro muno-sabatiga qarab, kristallda kambag`allashgan, invers yoki elektr zaryad tashuvchilari bilan boyi-tilgan qatlam paydo bo`lishi mumkin.
1. , n- tipli yarimo`tkazgich (6.4,a- rasm). Ushbu holda metalldan (M) yarimo`t-
a b
6.4- rasm. To`g`rilash xossasiga ega bo`lmagan “metall- yarimo`tkazgich” kontakti.
kazgichga elektronlarning chiqishi aksinchasiga nisbatan ancha ko`p bo`ladi, shu sababli yarim-
o`tkazgichning chegara yaqinidagi qatlamida asosiy tashuvchilar (elektronlar) to`plana boshlay-dilar. Bu qatlam boyitilgan, yani elektronlarning yuqori konsentrasiyasiga ega bo`lgan qatlam bo`lib qoladi.
Bu qatlamning qarshiligi qo`yilgan kuchlanishning istalgan qutblanishida ham kichik bo`-
ladi va demak , bunday o`tish to`g`rilash xossasiga ega bo`lmaydi. Boshqachasiga aytganda uni
Do'stlaringiz bilan baham: |