Tayanch tushunchalar: grammatik aloqaga kirishmaslik, subyektiv munosabat, undash ohangi.
Berilgan maqolning ma'nosini izohlang, undalmani toping hamda uni gapning uchta joyida keltiring.
О 'qish bilmasang, uqib ol, qizim; Qulog'ingga taqib ol, qizim
Juda muhim. Undalmalar nutq jarayoniga undalgan, diqqati jalb qilingan shaxs-predmetlar bo 'Igani uchun bosh kelishikda turadi. Bu jihatdan и egaga о 'xshaydi, lekin undash ohangi bilan talaffuz qilinishi va kesim bilan moslashmasligi bilan egadan farq qiladi.
Solishtiring: Ahmad keldi. — Ahmad ega. Kesim bilan grammatik bog'langan.
Ahmad, keldi. Ahmad — undalma. Kimningdir kelganligi Ahmadga aytilyapti, kesim bilan grammatik bog'lanmaydi. Undash ohangi bilan talaffuz qilinadi.
Juda muhim. Undalmalar gapning boshqa bo 'laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaganligi uchun yozuvda doimo boshqa gap bo 'laklaridan vergul bilan ajratiladi. Gap boshida kelib, kuchli undash ohangi bilan aytilsa, undalmadan so 'ng undov belgisi qo 'yilishi ham mumkin. Masalan: Odamlar! Eshitmadim demanglar.
O'ylang: Undalmalarning o'rni erkin boiadi, degan fikrni izohlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |