Hujjatlarning paydo bo'lishi. O'rta Osiyo hududiga oid qadimiy hujjatlar



Download 22,56 Kb.
Sana11.03.2022
Hajmi22,56 Kb.
#491321
Bog'liq
Kodirova Durdona Davlat tilida ish yuritish Mustaqil ishi

REJA:


  1. Hujjatlarning paydo bo'lishi.

  2. O'rta Osiyo hududiga oid qadimiy hujjatlar.

  3. Qadimgi turkiy xalqlar hujjatchiligiga doir manbalar.

  4. Foydalanilgan adabiyotlar.

Ma’lumki, insoniyat tarixida yozuvning ixtiro qilinishi bilan bog‘liq ravishda yozma nutqning vujudga kelishi hamda taraqqiy eta borishi asosida eng qadimgi zamonlardan boshlab kishilik jamiyatida insonlarning o‘zaro turli–tuman munosabatlarini aks ettiruvchi yozishmalar, solnomalar, hujjatlar, badiiy, ilmiy, tarixiy asarlar yaratib kelingan. Hujjatlar kishilar, jamoalar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish, davlat ichidagi hamda davlatlararo ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy, harbiy sohalarda aloqalar o‘rnatish, hamkorlik qilish, mavjud aloqalarni yanada mustahkamlash va rivojlantira borishlari uchun xizmat qilib kelgan.


Tarixda Bobil shohi Hammurapining (mil.av.1792-1750-yy.) va shoh Ur-Nammuning (mil.av.2112-2094-yy.) qonunlar majmui eng qadimgi va nodir hujjatlar namunasi sifatida mashhurdir. Davlatni idora qilish tartib-qoidalari, turli mansab egalarining vazifalari, soliq solish va uni to‘plash tartibi, harbiy yurishlar o‘tkazish, qo‘zg‘olonlarni bostirish qoidalari bayon etilgan turk hoqonlarining “Qonunnoma”si, Xondamirning “Qonuni Humoyun”i, Ro‘zbexoning “Suluk al-muluk” kitobi kabi noyob manbalar ham turkiy xalqlar tarixida hujjatchilik an’analarining qadimgi davrlardan boshlanganligini ko‘rsatadi. Qayd etib o‘tilgan tarixiy manbalardan tashqari hoqonliklar, shohliklar, xonliklar, amirlik va bekliklarda yuritilgan farmonlar, bitimlar, arznomalar, yorliq, tilxat, qarznoma va guvohnomalar kabi hujjatlarning turli yozuvlarda tayyorlangan nusxalari, namunalari bizgacha yetib kelgan. Davlatning ichki va tashqi siyosatida muhim o‘rin tutuvchi yorliqlar o‘rta asrlarda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Bunga To‘xtamishxonning 1393-yili polyak qiroli Yagayloga yo‘llagan yorlig‘i, Temur Qutlug‘ning 1397-yilda berilgan yorlig‘i, Umarshayxning marg‘ilonlik Mir Sayid Ahmadga 1469-yili taqdim etgan yorlig‘i, Toshkent hokimi Yunusxonning 1797-yil 2-iyunda Rusiya podshosiga yuborgan yorliqlari va boshqa shu kabi hujjatlarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Bizgacha yetib kelgan hujjatlar ichida eng muhimi va butun dunyoga tarqalib, shohlar va sarkardalar, davlat arboblari uchun dasturilamal vazifasini o‘tab kelgan noyob manba buyuk bobokalonimiz sohibqiron Amir Temurning “Temur tuzuklari”dir. U o‘rta asrlar davlatchiligining asosiy qonuni sifatida mashhur bo‘lib, unda davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qo‘shin boshliqlarini saylash, sipohiylarning maoshi, boj va soliq to‘lash tartib-qoidalari, mamlakatlarni boshqarish tartibi, davlat arboblari va qo‘shin boshliqlarining burch va vazifalari, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldida ko‘rsatgan alohida xizmatlarini qay tarzda taqdirlash tartibi va boshqa shu kabilar o‘z ifodasini topgan.
Bizgacha yetib kelgan manbalar orasida VII asr oxiri va VIII asr boshlarida Sug‘d podsholigi davriga tegishli 80 ga yaqin noyob (Panjakent yaqinidagi Mug‘ tog‘ida joylashgan qadimgi qasr xarobalaridan topilgan sug‘dcha) hujjatlar Sug‘d davlatida ish yuritishning ahvolidan darak bersa, 800 ga yaqin hujjatlarni qamrab olgan “Vasiqalar to‘plami” 1588-1591-yillarda Samarqanddagi tarixiy voqelikni, ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzini yaqqol aks ettiradi.
Bobilning miloddan avvalgi 1792–1750- yillardagi podshohi Xammurapining adolatpesha qonunlar majmuyi, undan ham qadimroq podshoh Ur-Nammu (milloddan avvalgi 2112–2094- yillar)ning qonunlari va boshqa manbalarning mavjudligi «hujjatlar» deb ataladigan tartibot vositalarining nechog'li olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko'rsatadi. Albatta, kishilik jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning almashina borishi, aniqrog'i, kishilar o'rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning takomillasha borishi barobarida hujjatlar ham takomil topib borgan. Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida O'rxun-Enasoy, so'g'd, eski uyg'ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko'plab hujjatlar, umuman, yozma manbalar ma'lum.
Sharqda X–XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar, vasiqa, tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan. Yorliqlar mazmunan xilma-xil bo'lgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash va h.k. Bu o'rinda To'xtamishxonning 1393- yilda polyak qiroli Yag'aylaga yo'llagan yorlig'i, Temur Qutlug'ning 1397- yildagi yorhg'i, Zahiriddin Boburning otasi Umarshayx Mirzoning marg'ilonlik Mir Sayid Ahmad ismli shaxsga 1469- yilda bergan yorlig'i, Toshkent hokimi Yunusxo'janing 1779- yil 2- iyunda Peterburgga –Rossiya podshosiga o'z elchilari orqali yuborgan yorlig'i va boshqalarni eslab o'tish mumkin.
O'rta Osiyo hududidan topilgan qadimgi madaniy obidalar, turli moddiy jismlarga bitilgan ma'lumot-nomalar ajdodlarimizning qadimdan o'ziga xos huj-jatchilik an'analariga rioya qilganliklaridan dalolat beradi. O'rta asrlarda ish yuritish huquqiy maqomga ega bo'ldi, davlat mahkamasida munshaot tizimi shakllandi va qator hujjat turlari paydo bo'ldi.
O'zbek tilining rasmiy idoraviy til sifatida qo'llanishi qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlandi. XX asrdan so'ng o'zbek xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o'ziga xos mazmuni, muayyan tartibi vanutqiy qolipi bilan ajralib turadi. Sho'ro hukmronligi davrida o'zbek va rus tillarida ish yuritish huquqi qonunlashtirilgan bo'lsa-da amalda o'zbek tilining ijtimoiy mavqeyi past edi. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, o'zbek tilining davlat till sifatidagi rasman ish yuritish maqomi mustahkamlandi.
“Sug‘d arxivi”dagi sug‘dcha nikoh guvohnomasi 710-yilning 25-martida yozilgan bo‘lib, unda turk zodagoni Uttakinning sug‘d ayoli Dug‘dgunchaga uylanishi rasmiylashtirilgan hamda kelin bilan kuyovning vazifa, burch va majburiyatlari bayon etilgan. Shuningdek, yer xarid qilish, tegirmonni ijaraga olish, xarajatnoma va o‘zaro yozishmalardan iborat bir qator nodir hujjatlar So‘g‘d podsholigi davrida xalq hayotining qanday bo‘lganligini o‘rganish uchun muhim manba bo‘ladi.
“Vasiqalar to‘plami”dagi hujjatlarda esa meros mulkni taqsimlash, bolalarni hunar o‘rganish uchun shogirdlikka berish, korxonalar, savdo do‘konlari, yer-suv hamda uy-joy, mol-mulkni sotish, sotib olish yoki ijaraga berish, qullar mehnatidan foydalanish, qullarni ozod etish, taloq, sulh kabi munosabatlar o‘sha davr huquqni nazorat etuvchi mutasaddilari -qozilar tomonidan tasdiqlangan.
Amir Temur tuzgan qudratli davlat o‘rta asrlar ilm–fani, adabiyoti va san’ati rivojiga katta yo‘l ochgani barchaga ayon. Amir Temur va uning avlodlari tomonidan boshqarilgan yurtlarda davlat ishlari turkiy (o‘zbek) tilda yuritilgan. Bunga, ayniqsa, Husayn Boyqaro hukmronligi davrida alohida e’tibor bilan qaralgan. Ularning bu an’analari keyingi asrlarda Buxoro, Qo‘qon, Xiva xonliklari tomonidan takomillashtirilib, rivojlantira borildi. Afsuski, XIX asrning oxiri XX asrning boshlaridan e’tiboran ko‘p asrlar davomida shakllantirilib, rivojlantirilgan bu an’analar davom ettirilmay to‘xtatib qo‘yildi
O'zbek tilining izohli lug'atida “Hujjat” so'ziga quyidagicha izoh beriladi: "Hujjat” arabcha so‘z bo'lib, qayd qilish, tasdiqlash ma’nosini bildiradi. Shuningdek, u ijtimoiy tarixiy ahamiyatga ega bolgan yozuv va suratlar, asar yoki adabiyot ma’nosini ham ifodalaydi.
O‘tmishdagi hujjatlar aslida yaqindagina vujudga kelmagan. U qadim davrlarga borib taqaladi.
Turkiy xalqlarda ham hujjat tuzish qadimdan mavjud bo'lgan. X- asr va undan oldingi davrlarga oid turli hujjat namunalari bizgacha yetib kelgan. Hatto M.Qoshg'ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida “Bushug‘” so‘zi uchraydi. U elchiga qaytib ketish uchun beriladigan ijozat qog'ozi, shuningdek, elchilarga beriladigan sovg‘a ma’nolarini bildiradi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik” asarida yorliq va noma ma’nosi o'rnida “bildargulik” so‘zi ishlatilgan. Hozirgi kunda faol qo‘llanishga o'tgan “bildirishnoma”, “bildirish” shu so'zdan olingan. Sho'rolar davrida bu so‘z “raport” deb yuritilardi. Qadimshunos olimlar tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida ko'pgina ma’lumotlarga ega bo'lindi. Namangan viloyati Kosonsoy shahri yaqinidagi Mog’il qal'asidan VII-VIII asrga oid 80 ta hujjat topilgan. Ular milliy so‘g‘d yozuvida bo'lib, toldan kesilgan tayoqcha, teri va xitoy qog‘ozlariga bitilgan.
Hujjatlar mazmunan huquqiy xarakterga ega. Bir turkumi diplomatik aloqalarga oid bolib, arablarga qarshi harbiy kuchlami birlashtirish masalasiga bag'ishlangan. Hujjatlarda buyruqlar, soliq va boj yig‘ish moliyaviy harajatlar ro'yxati va boshqalar aks etgan. Xorazm xarobalaridan esa charm va taxtachaga yozilgan hujjatlar topilgan. Tuproqqal'a hayot bo‘lgan davrdagi xonadan a'zolarining ro'yxati, harbiy chaqiriq, soliq, jon-mol ro'yxati, xo'jalik asboblarining olingani haqidagi tilxat qadimgi hujjatlardan darak beradi. Turkiy tillar mutaxassisi S.E.Malov “Памятники древнетюркской письменности” (М-Л, 1951) asarida qadimgi turkiy yozuvida XIII asrlarda bitilgan qadimgi hujjat (shikoyat, oldi- sotdi, ijaraga qo'yish, tilxat) namunalarini keltiradi.
Qimmatli ma’lumot beruvchi X asr olimi Abu Abdulloh al-Xorazmiy “ilmlar kaliti” asarining “arab” ilmlari qismida ish yuritish daftarlarini sharhlab, Samoniylar davlatidagi soliq xillari va ularni yig'ish yo'li, hajmi, Sharq mamlakatlarining hududlarida ishlatilgan og‘irlik hamda o'lchov birliklarini keltiradi. Askarlar ro'yxati, beriladigan maosh, kiyim-kechak shakllarini keltiradi. O'sha davrda Markaziy Osiyoda keng tarqalgan o'lchov birliklari haqida ma’lumot beradi. Ular boshqa manbalarda hozir uchramaydi.
“Eski uyg‘ur yozuvi” (Q.Sodiqov), «Древний Хорезм» (С.П.Толстой), «Ганчи, ганчибоши в Кокандском ханстве» (А.Л.Тротская) kabi manbalarning ahamiyati katta. Ma’lum bo'lishicha, X-XIX asrlarda farmon, yorliq, noma, bitim, arznoma, qarznoma, vasiqa, vaqfnoma, tilxat kabilar keng iste'molda bo'lgan. Hozirgi kunda vaqfnoma, vasiqa, noma, arznoma kabi hujjatlar tilimizda ishlatilmaydi. Manba sifatida “Boburnoma" asarining o'z o‘rni bor, chunki unda farmon, mirzo, sulh, tamg'a hatto ariza o'rnida “arzadosh” qo'llanilgan. Shuni qayd qilish mumkinki, hozirgi kunda tilimizda tor ma’noga ega bo'lgan '"patta” so'zi XlX-asrda Qo'qon xonligida keng ishlatilgani ma’lum.
Dunyoning har bir mamlakatida qadimdan rasmiy ish qog'ozlari qo'llanilib kelgan. Masalan: eramizdan avval bo'lgan Bobil (Vavilion) davlatining 1792 - 1950 - yillar podshoxi Xammurapining buyrug'i bilan tayyorlangan qonunlar majmuasi mavjudligi haqida amerikalik sharqshunos Edvard Kira “Они писали на глине” (1984-у) asarida ma’lumot beradi. Qonun majmuasi 247 moddadan iborat bo'lib, u basalt ustuniga qadimgi mixxat bilan yozilgan. Qonunda yerga egalik, savdo- sotiq, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar aks etgan. Bobil hozirgi Iroqning janubiga to‘g‘ri keladi.
Rossiyada hujjat yuritish IX-X asrlardan boshlangan. X-asrga kelib shartnomalarda muhrlar qo’llana boshlagan. XlV-asr oxirlaridan boshlab hujjatlar qog‘ozlarda o‘z ifodasini topishga o‘tgan. Manbalar Pyotr davrida “Dokument” so‘zining ishlatila boshlaganidan darak beradi. U tor ma’noda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) o‘rnida ishlatilgan. Keng ma’noda - guvoh beruvchi, ibratli, namunali, dadil, isbotlovchi ma’nosida qo‘llanilgan.
Turkiston Respublikasidan ajralib chiqqan O'zbekiston respublikasi 1924-yil 31-dekabrda 48-raqamli “Ishlarni o‘zbek tilida yuritish” to‘g‘risida muhim qaror qabul qildi. Qarorda butun boshqaruv idoralarida hamma rasmiy ish qog'ozlari faqat o‘zbek tilida yuritish, o‘zbekcha rasmiy hujjatlar tuzish, yo'riqnomalarni tayyorlash topshirildi. Qarorni hayotda qo'llash uchun ishchi hay’at yuzaga keldi. Har bir tashkilot, muassasa va idoralarda ish yuritish bo'limlari tashkil qilindi. Qarorda dekretga bepisand qarovchilarga chora ko'rish kerakligi ta'kidlangan edi. Ish qog‘oz namunalari maxsus tayyorlandi. Ammo 30-yillarda vaziyat o‘zgardi. Ayniqsa 1938-yilgi qabul qilingan “Об обязательном изучении русского языка” qaroridan keyin milliy tillar, xususan, o'zbek tilini cheklash siyosati boshlandi. Ish yuritish asosan, rus tilida yuritiladigan bo'ldi.
Nihoyat, 1989-yili O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili to'g'risida” qonuni qabul qilindi. Qonunga muvofiq 8 yil mobaynida barcha rasmiy hujjatlar o'zbek tilida yozilishi kerak edi. 1995-yil 21-dekabrda qonunning yangi tahrir qilingan variantida o'zgartirish va qo'shimchalar o'z ifodasini topdi. Qonunning 8-19-moddalarida ish yuritish o'zbek tilida, shuningdek, ish qog'ozlari rus hamda boshqa tillarda tuzish va qabul qilish mumkinligi ko'rsatib o‘tilgan. Bu respublikada milliy munosabatlarning barqarorligini ta'minlash bilan bog'liq edi.
1995-yil 24-avgust 339-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi o'zbek tilining lotin imlosiga asoslangan yangi alifbo qoidalarini tasdiqladi. Ish qog'ozlari yangi alifboda qoidalarga rioya qilingan holda yoziladigan bo'ldi.
O'zbekiston mustaqil bo'lgach, ish yuritishning ijtimoiy hayotdagi o'rni o'zgacha tus oldi. Hujjatlarni avval rus tilida belgilangan qolipda yozilgan bo'lsa, ularni o'zbekona tayyorlash yo'liga o'tildi, e’tibor o'zgardi. Rasmiy ish qog'ozlarining ahamiyati ortdi, chunki jamiyat bilan uning a'zolari o'rtasidagi munosabat, hatto davlatlar orasidagi aloqa, davlat tashkilotlari ichidagi qonun- qoidalar davlat tilida keng yuritila boshlandi.
O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 18-avgustda 424-son qaror qabul qildi. Qaror tom ma’nodagi hujjatchilikni shakllantirish va rivojlantirish yo'lida muhim qadam bo'ldi. 1999- yil 29-martda 140-son qaroriga ilova qabul qilinib, unda ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo'yicha namunaviy yo‘riqnoma berildi. Yo‘riqnomada umumiy qoidalar, shuningdek, hujjatlashtirish, kelgan xat-xabarlarni qabul qilish va ro'yxatga olish, jo'natish, hujjatlarning ijrosi ustidan nazorat tartiblari ko'rsatilgan. Vazirlar Mahkamasining qarorlari so‘zsiz tom ma’nodagi o‘zbek hujjatchiligini hozirgi kun talablari asosida shakllantirish va rivojlantirishda maqsadga muvofiq ish bo’ladi.
O‘zbek tilidagi hujjatchilikni takomillashtirishda mavjud tajribalardan foydalanish o'rinli. Bunda. albatta o'zbek tilining o‘z qonun-qoidalariga rioya qilish kerak. Masalan, sana yozishda o‘zbek tilining tabiatga mos qilib avval yil keyin oy “2007-yil 8-mart” deb yozish to'g'ri bo'ladi. Hujjatlarni sof o'zbek tilidagi andozalarini yaratish, bular bilan bog'liq atamalarning bir xilligiga erishish takomillashtirishning muhim masalalaridan. Hujjatlar tuzish, ijro etish uslubi ustida ish olib borish, Davlat bo‘yicha yagona nusxalarini ishlab chiqish shu kunning dolzarb vazifasiga kiradi. Bu ishlarning sust borishida hujjatlarni tuzish yo'llari, shakli, tili, uslubini o'rganuvchi va belgilab beruvchi ilmiy markazning yo’qligi deb hisoblash o'rinli.
Oʻzbek tili rasmiy uslubining ildizlari uzoq oʻtmishga ega. Bu teran ildizlar turkiy davlatchilik tarixi bilan uzviy bogʻliq; hujjatchilik ishi – davlatchilik tarixi bilan izma-iz yuradi. Har bir davlat oʻz hududida ish yuritish qogʻozlari hamda boshqaruv ishlari, qolaversa, yondosh ellar bilan qoʻshnichilik aloqalarini oʻz tilida boʻlishini istaydi. Ayni holat, davlatning oʻzligini namoyon etuvchi muhim belgilardan biri sanaladi. Oʻzbek davlatchiligi tarixida ham hujjatchilik ishlarining koʻproq ona tilida olib borilganligining sababi ham ana shunda. Ushbu siyosiy, tarixiy va lingvistik jarayonlar turkiy hujjatlar uslubining toʻla-toʻkis, mukammal bir qolipda shakllanuvi, turkiy rasmiy yozmalari uslubning ravnaqiga keng yoʻl ochib bergan.
Ajdodlarimiz oʻzaro huquqiy munosabatlarini qayd etishga alohida eʼtibor berganlar. Shu bois, oʻtmish yozma merosimizning anchayin katta qismini rasmiy matnlar tashkil etadi.
Ilk va oʻrta asrlardan bizga qadar yetib kelgan rasmiy matnlar, ajdodlarimizning ish yurituvchilik sohasidagi yozma nutq madaniyati hamda rasmiy doiralarda qoʻllanilgan adabiy meʼyor va ularning huquqiy ongini koʻrsatuvchi eng ishonchli dalillardir.
Rasmiy matn uslubi yoʻnalishida tadqiqot olib borish, avvalo, uning leksikasiga eʼtibor qaratishni taqqozo etadi. Ayonki, soʻz matn anglashning oʻzagidir.
Soʻzga uslub jihatdan yondashuv fikrni aniq ifodalashga koʻmak beruvchi soʻz tanlash zaruriyatini paydo etadi. Muallif tomonidan soʻzning toʻgʻri tanlangani faqat uslub alomatlari boʻlib qolmay, matnning axborot tashish qimmatini oshirib, mazmun taʼsirini kuchaytiradi. Soʻzni oʻrinsiz tanlash esa, fikrni anglatishda qiyinchilik keltirib chiqarish barobarida, mantiqiy xatoliklarga ham sabab boʻladi. Bu masalada ajdodlarimiz tomonidan rasmiy matnlarda soʻz qatʼiy oʻz anglamida ishlatilganini koʻramiz. Agar matndagi soʻzni oʻzgartirishga harakat qilinsa, matn tashigan maʼno butunlay oʻzgarganday taassurot qoldiradi.
Rasmiy matnda soʻz tanlashda katta ahamiyat berilgan. Davlat institutlari – devonga tegishli ish yozmalari bilan shugʻullanuvchi masʼul xodimlar “alimgʻa”, “yozgʻuchi” va “bitigchi” deb atalgan. Ularning mashaqqatli mehnatidan darak beruvchi ayrim matnlarni koʻzdan kechirganda, hujjat tuzuvchilar matn bitish jarayonida har bir soʻzni oʻrnida, kerakli qurshovda ishlatilishiga katta eʼtibor qilishganiga guvoh boʻlamiz. Shuningdek, bizga qadar yetib kelgan tegishli vasiqalarning ayrimlari hujjat tuzish ishini oʻrganayotgan oʻquvchilarning bitiklaridir. Ular diqqat bilan koʻzdan kechirilsa, hujjat matnida koʻp qaytariluvchi boʻlimlar, kanselyarizm, qolipli birliklar, formulyarlarni mashq qilinganini, ayrim soʻz va birliklar oʻchirib tashlanganini koʻrish mumkin.
Chunonchi, ayni kezda, Berlin fanlar akademiyasining fondida U belgisi ostida oʻn mingga yaqin turkiyda bitilgan matnlar saqlanadi. Ana shu matnlarning aksariyatini huquqiy yozmalar tashkil etadi. Ayni fonddagi U 5534 raqam ostida saqlanayotgan yozmada vasiqalarning boshlanmasidan oʻrin oluvchi kishi otlari yozilishi kerak boʻlgan qator oʻchirib tashlangan.
Shuningdek, kishilar oʻrtasidagi oldi-berdi munosabatlarni qayd etish maqsadida tuzilgan hujjatlarning mazmuni va ulardagi soʻz tanlash meʼyoriga hujjat bitgan kishi hamda huquqiy munosabatni amalga oshirayotgan tomonlar, unga guvoh sifatida qatnashgan shaxslar masʼul boʻlgan. Odatda, hujjatda amalga oshirilayotgan oldi-berdi munosabatiga huquqiy tus berish uchun ikki kishi guvoh sifatida qatnashgan. Biroq, alohida holatlarda toʻrt kishigacha xolis sifatida ishtirok etishi mumkin hisoblanadi. Shu bois, hujjat tugallanmasida uni bitgan kishining oti, guvohlar nomi, yozma rasmiy tomonlardan kimning soʻzi bilan yozilgani va necha qayta tomonlarga oʻqib berilgani qayd etilgan band mavjud boʻladi. U 5239 sonli vasiqaning tugallanmasiga eʼtibor qaratsak:
Bu nishon men Toʻlak Temurning-ul.
Bu nishon men Buyan Temurning-ul.
Bu nishon men tanuq Karayning-ul.
Bu nishon men tanuq Temur Buqaning-ul
Bu bitigni men Buyan Temur oʻz iligin bitiyu tegintim.
Bu belgi men Toʻlak Temurningdir
Bu belgi men Buyan Temurningdir.
Bu belgi men, guvoh Karayningdir.
Bu belgi men, guvoh Temur Buqaningdir.
Bu hujjatni men Buyan Temur oʻz qoʻlim bilan yozdim.
Bu singari tugallanma barcha vasiqalarning ajralmas komponenti sifatida doimo mavjud boʻlgan.
Baʼzi fuqarolarga tegishli hujjatlarda ayrim soʻzlar oʻchirilib, oʻrniga boshqasi yozilgan, tahrir qilingan, tuzatilgan rasmiy matnlar ham uchraydi. Masalan, U 5260 raqamli hujjat qarzga sharob olingani toʻgʻrisidadir. Ana shu yozmaning uchinchi qatorida qarzga olingan sharobning miqdori yarim boʻr hajmida koʻrsatilgan birikma mavjud boʻlib, ustida yana ham aniq boʻlishini taʼminlash maqsadida qap hisob soʻzi kiritilgan va yarim qap boʻr koʻrinishiga keltirilib tahrir etilgan.

Foydalanilgan internet manbalari va adabiyotlar:



  1. https://saviya.uz

  2. https://fayllar.org

  3. https://hozir.org

  4. N.Maxmudov, A.Rafiyev, I.Yo'ldoshev “Davlat tilida ish yuritish”

  5. Sh.Husinova “Yozuv va uning turlari”

  6. Maxmudov, A.Rafiyev, I.Yo'ldoshev “Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish”

Download 22,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish