Т/г
|
Holning ma'no turlari
|
Izohi
|
So'rog’i
|
Shakllari
|
Misollar
|
1.
|
Ravish holi
|
Fe l kesimdan
anglashilgan
harakatning
qay tarzda
bajarilishini
ifodalaydi.
|
qanday?
qanday qilib?
qay holda ?
|
Ravish, -ib, taqlid so 'zlar
|
Tez о 'qidi, yugurib keldi, g'ir-g 'ir esdi.
|
2.
|
O'rin holi
|
Kesimdan
anglashilgan
harakat-
holatning
bajarilish
о 'mini
bildiradi.
|
qayerda? qayerdan ? qayerga ?
|
O'rin
oti+da,+dan
0 'rin
ravishi+ga sari,tomon,
+ga qarab
|
Bozordan oldim. Bog'ga chiqdim. Dala tomon ketdi. Dalaga qarab ketdi.
|
3.
|
Payt holi
|
Fe’l kesimdan
anglashilgan
harakat-holatning
bajarilish paytini
bildiradi.
|
qachon? qachon-
gacha? qachondan? qachon? qachondan buyon?
|
Payt oti+da
+dan
Payt ravishi
+gacha,
+guncha
|
Tongda ayozda, hozirdan tayyorlan. Hozirgacha о 'tirib di. Charchagun-cha ishla.
|
4.
|
Sabab holi
|
Fe 'I kesimdan
anglashilgan
harakat-
holatning
bajarilish yoki
bajarilmaslik
sababini
bildiradi.
|
nimaga ? nima uchun? nima sabab?
|
-ligi
(sababli,
uchun,
tufayli)
-ligidan,
-ib
|
Yaxshi о’qi
ganligidan
institutga kirdi.
|
5.
|
Maqsad holi
|
Fe 'I kesimdan
anglashilgan
harakat-
holatning
bajarilish
maqsadini
bildiradi.
|
nima
maqsadda ? nima uchun?
|
-gani,
-sin deb,
-(i)sh
maqsadi
da;
uchun
|
O'qigani ketdi.
0 'qish maqsadida ketdi.
|
Ayrim paytlarda hol kesim vazifasida kelmagan fe'llarga ham.bog'lanishi mumkin. Hol bog'lanib kelgan fe'lning kesim vazifasida kelishi yoki kelmasligiga ko'ra hollar xuddi to'ldiruvchilar kabi mustaqil va nomustaqil hollarga bo'linadi.
Esda saqlang. To'g'ridan-to'g'ri kesim vazifasidagi fe'lga tobe bog'lanib kelgan hollarga mustaqil hollar deyiladi.
Masalan, Dalalarda boshlanadi ish. (H. Olimjori) Bu gapda qayerda so'rog'iga javob bo'luvchi dalalarda o'rin holi nima qiladi? nima bo'ladi? so'roqlariga javob bo'luvchi fe'l kesimiga tobe bog'lanib kelyapti. Shuning uchun bu hol mustaqil holdir.
Esda saqlang. Kesim vazifasida kelmagan fe llarga tobe bog'langan hollar nomustaqil hoi hisoblanadi.
Masalan, Daladan charchab kelgan yigit tezda uxlab qoldi. Bu gapda qayerdan? so'rog'iga javob bo'lib hoi vazifasida kelayotgan daladan bo'lagi kesimga emas, balki aniqlovchi vazifasidagi charchab kelgan bo'lagiga tobe bog'lanib kelyapti. Shuning uchun bu hoi nomustaqil hoi hisoblanadi.Hollar o'zi bog'lanib kelgan hokim bo'lakning qanday belgisini bildirishiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: 1) ravish holi; 2) o'rin holi; 3) payt holi; 4) sabab holi; 5) maqsad holi.
Holning ma'no turlari, ularning shakllari va ichki ma'nolarini 1-jad-valda ko'ring.
O'ylang: Hollar fe'l kesimning qanday belgilarini bildiradi?
Tayanch tushunchalar: fe'l kesim, o'rin holi, payt holi, ravish holi, ravishdosh, sabab holi, maqsad holi.
Quyidagi maqolning mazmunini aytib bering hamda hollarni topib, uning ma'no turlarini tushuntiring.
Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-u tarozu
Do'stlaringiz bilan baham: |