Savol va topshiriqlar:
1. To’ldiruvchi deb nimaga aytiladi ?
2. To’ldiruvchining tushum kelishigi shakli bilan ifodalanishi qanday turi db ataladi ?
3. Vositasiz to’ldiruvchi nimalar bilan ifodalanadi ?
4. Vositali to’ldiruvchi deb nimaga aytiladi?
5. To’ldiruvchilar faqat kesimga bog’lanadimi ?
6. To’diruvchi nimalar bilan ifodalanishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi ?
12-dars. Aniqlovchi va uning turlari
1. Aniqlovchi haqida
2. Aniqlovchilarning ma’no turlari
Aniqlovchi- hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning qandayligi, kimga yoki nimaga qarshili ekanligini bildirib,qanday? qanaqa? qaysi? qancha? nechta? kimning? nimaning? singari so’roqlarga jovob bo’luvchi gap bo’lagidir. Aniqlovchilar ma’nosiga ko’ra 2 xil bo’ladi.
1.Sifatlovchi aniqlovchi. 2.Qaratqich aniqlovchi.
Hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning belgisini bildirib, qanday? qanaqa? qaysi? qancha? nechta? so’roqlariga javob bo’luvchi aniqlovchi sifatlovchi aniqlovchidir. Fe’l, ot, sifat, ravish, taqlid so’z, olmoshlari bilan ifodalangan va hokim so’zda egalik qo’shimchalari bo;lishini talab etmaydigan aniqlovchilar sifatlovchi aniqlovchilardir: Mustaqil O’zbekiston, qizil gul, mohir qo’llar, qo’shni hovli, kyzgi bug’doy, uzoqdagi do’st, temir eshik. Aniqlovchi aniqlagan (bog’lagan) bo’lak aniqlanmish hisoblanadi. Aniqlovchi narsa-buyumning rang-tusi, mazasi, hajmini bildiradi.
Aniqlovchi ega, ot-kesim, to’ldiruvchi va holga bog’lanadi.
Masalan:
Bahaybat samolyot (egaga) yerga ohista qo’ndi.
Salimjon –a’lochi o’quvchi (ot kesimga).
Ilg’or ishchilarga (to’ldiruvchiga) mukofotlar topshirildi.
Sifatlovchi aniqlovchi quyidagi so’ turkumlaei bilan ifodalanadi:
1.Sifat bilan: Uning ziyrak qo’ng’ir ko’zlarida horg’inlik bor edi.
2.son bilan: Tepalikdagi chinor, ikki tup sadaqayrag’och to’rt-besh kishilik talay supalarga soya solib turardi.
3. Olmosh bilan: qirlardan esayotgan mayin shabada ana shu ajoyib gullarning g;unchalarni yozmoqda.
4.Ot bilan: Kumush qishdan, zumrad bahordan qilishmaydi kuzning ziynati.
5.Ravish bilan: Uzoq-yaqin yerlardan odamlar yig’ila boshladi.
6.Sifatlovchi bilan: Mayin esgan shabada ko’nglimizni cho’g qildi.
7.Modal so’z bilan: Zarur ishlarimizni bitirdik.
8. Taqlidiy so’z bilan: Zavodning mashina bo’limidan gurs-gurs zarb uzluksiz eshitilib turardi.
Sifatlovchi- aniqlovchiga misollar:
1. Ko’m-ko’k (sifat) g’o’zalar hosilga kirib, nishonasi gulaga, guli ko’sakka aylanmoqda.
2.Bu (olmosh) kishining fe’l –atvori menga juda yoqib tushdi.
3.Mahallada duv-duv (taqlid so’z)gap tarqaldi.
4. Aytilgan (sifatdosh) so’z-otilgan (sifatdosh) o’q.
5. Sanjar sakkizinchi (son)sinfda o’qiydi.
6.Besh-olti (son) keksa yig’ilishib maslahad qilishdi.
7. Ko’cha tomondan gurs-gurs (taqlid so’z)oyoq tovushi keldi.
Hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning uchta shasxdan biriga qarashli ekanligi bildirib, kimning? nimaning? singari so’roqlarga jovob bo’luvchi aniqlovchi qaratqich aniqlovchidir. Qaratqich aniqlovchili birikmalarining asosiy belgisi tobe so’zning hokim so’zdan egalik qo’shimchalari bilan kelishini talab qilishidir:maktabimizning to’garagi. Hunar maktabi. Qaratqicg aniqlovchi doimo aniqlanmishga bo’glanadi. Ana shu belgisi bilan tushum kelishini olgan to’ldiruvchidan farq qiladi. Tushum kelishigidagi to’ldiruvchi doimo fe’l orqali ifodalangan kesimga bo’lanadi. Solishtirining: olmaning bargi-olmani yedim.
Qaratqich aniqlovchilar qaralmish bilan munosabatga kirishganda turlicha shakllanadi.
1) qaratqich va qaralmish belgili keladi.(daraxtning bargi);
2) qaratqich belgisiz, qaralmish belgisi keladi (direktor xonasi);
3) qaratqich va qaralmish belgisiz keladi(o’rik danak, yong’oq mag’iz);
4) ayrim vaqtda qaratqich belgisi, qaralmish belgisiz kelishi ham mumkun (bizning qishloq);
Qaratqich aniqlovchi quyidagi so’z tukumlar bilan ifodalanadi.
1) ot bilan: shiftga osig’lik qirqinchi chiroqning qalpog’i uy devorlarning tepa yog’iga choziq soya solgan.
2) Otlashgan sifat bilan: Yaxshining yaxshiligi tegar har yerdan, yomonning yomonligi tegar tor yerdan.
1) Otlashgan so’z bilan : Birining ko’zi qora, ikkinchisining ko’zi ko’k edi, O’nning yormiga –besh.
2) Olmosh bilan: Bizning eshon-kabobpazlarning piri.
3) Otlashgan sifatdosh bilan: So’raganning bir yuzi qora, bermaganning ikki yuzi qora.
Izohlovchi- aniqlanmishning millati, jinsi, kasb-kori, nasl- nasabi, unvoni, laqabi, yoshi, qarindoshligi, kabi qo’shimcha belgilarni tasvirlovchi aniqlovchilar. Aniqlovchili so’z birikmalarning izohlovchi- izohlanmish turida izohlavchi va izohlanmishning o’rnini almashtirish ma’noga ham, so’z birikmasidagi so’zlararo munosabatlarga ham ta’sir etmaydi. Ayol hamisha birikmasida ayol izohlovchi, hamisha izohlanmish bo’lsa, hamisha ayol birikmasida hamisha- izohlanuvchi, ayol –izohlanmish.
Izohlovchi aniqlovchining bir turi bo’lib, u shaxs yoki narsaning boshqacha nom bilan aniqlaydi. Izohlovchilar ko’pincha ot so’zlar bilan ifodalanadi. Ayol hamishira, erkak o’qituvchi, ingliz muhandis, shaxmatchi Rahmatilla, direktor Ra’no Ahmedova, vazir Rustam Yunusov , ustoz Nurmuhammad, professor U.Yursunov.
1) Unvon,amal: Kapitan Mansurov so’zladi, Anjumanda direktor Xoliqovham qatnashdi.
2) Mashg’ulot, kasb: Oshpaz Shukur, gulchi Nizom va duratkor Vohobjonlar yetib kelishdi.
3) Yosh, jins, qarindoshlik: O’sha kuni Mavjuda xola bilan Sobir amaki foydali nasihatlar qildilar.
4) Laqab: Jalil soviq va Joman pismiqlarning aksariyatlarini eshidik.
5) Taxallus: Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek yirik nasriy asarlar muallifidir.
Juda ko’p hollarda nasabga ishora etuvchi said, shoh, xo’ja kabi nasab nomlari, bek, mir kabi masab nomlari, mulla, boy kabi ijtimoiy tabaqaga ishora etuvchi so’z-izohlovchilar atoqli ot tarkibiga singib, u bilan bir butunlik hosil qiladi va ular qo’shib yoziladi.
O’xshatish va xoslik bildirgan izohlovchilar bilan izohlanmish orasiga chiziqcha qoyib yoziladi: Butoqlarga qo’yib gul-kitobni varaqlashga tushdi bulbul-g’azalhon. Ona quchib kelin-bao’orini erkaladi. Vatan-ona so’zi naqadar laziz.
Kengaygan aniqlovchi – bitta kengaygan birikma nechta so’zdan iborat bo’lsa ham, u bitta gap bo’lagi bo’lib ketadi, kekin bir necha so’z birikmalariga bo’linadi. Sifatlovchi aniqlovchilar ba’zan o’ziga qarashli so’zlar bilan birikmali holda qo’llanadi. Masalan: Jamilovning egnida oq shohi kitel, sariq koverkot shim, oyog’ida kavkazcha etik, boshida chust do’ppi edi. Yuzida billinar-bilinmas chechak o’rni qolgan, sochlarini o;ng tomonga silliq taragan journalist shoirga bir qarab qo’ydi.
Aniqlovchi vasifasida kelgan sifatdoshlar birikmali qo’lanib, sifatdosh qurilmanihosil qiladi. Yuqorida kelyirilgan so’ngi misolda ikki sifatdosh qurilma bor” Yuzida bilinear-bilinmas chechak o’rni qolgan, sochlarini o’ng tomonga silliq taragan.
Kitobda tasirlangan voqea uni hayajonlantirdi.
Biz sizga hikoya qilib bermoqchi bo’lgan hodisa badiiy uydirma emas, balki hayotiy haqiqatdir.
Uydan chiqayotgan odam atrohga olazarak bo’lib qaradi.
Buxoroni tomosha qilishga keladigan sayyohlar shu mehmonxonada yashaydi.
Daraxtni undiradigan, o’stiradigan va mevasini lazziz qiladigan quyosh, yer va suv bo’lsa, badiy mahoratni undiradigan va o’stiradigan, samarasini jozibali qiladigan xalq hayotidan olingan ilhomdir.
Baqirgandan ko’ra, maromi bilan sekinroq qilingan ta’na quloqqa yaxshiroq kiradi, zehnga yaxshiroq o’rnashadi
Ot arava va tuyalar bemalol kirib chiqa oladigan lang ochilgan ochilgan karvonsaroy sahni hali bo’m-bo’sh. Bu gapda 5 gap bo’lagi bor: 1 ta kengaygan sifatlovchi-aniqlovchi (ot arava va tuyalar bemalol kirib chiqa oladigan darvozasi lang ochilgan), 1 ta belgisiz qaratqich-aniqlovchi (Karvonsaroy), 1 ta ega (sahni), 1 ta payt holi (hali), 1ta kesim (bo’m-bo’sh). Murakkab sifatlovchi-aniqlovchi (ot arava va tuyalar bemalolkirib chiqa oladigan darvozasi lang ochilgan) ning o’zi 12 so’zdan va 7 so’z birikmasidan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |