Reja: "So'z latofati" kitobi haqida



Download 1,25 Mb.
Sana31.12.2021
Hajmi1,25 Mb.
#225869
Bog'liq
Samandarova Mohigul.tanqid.5


UrDU Filologiya fakulteti 182-

o'zbek tili guruhi talabasi Samandarova Mohigul

Reja:

1. "So'z latofati" kitobi haqida

2. Kitobdagi adabiy- estetik qarashlar


Ustoz Erkin Vohidovning “So‘z latofati” kitobini varaqlab, insonga buyuk sharaf qilib berilgan nutq ne’mati, so‘z gavhari haqida fikrga toldim. Yana “Odamiylik qissasi”da nutq madaniyati borasida kuyunib so‘zlagan rahmatli Mirzakalon Ismoiliyni, “So‘z haqida so‘z” kitobini bitgan rahmatli Alibek Rustamiyni esladim… Ustozning kitobi shu asarlarga o‘xshaganmikan, degan edim. Chunki u kishining ko‘plab so‘zlarning ko‘ki — ildizi, xususan, “Devoni lug‘otit-turk”dagi ba’zi qudsiy hadislar haqida izlanishlar olib borayotganidan xabardor edim. Yo‘q, bu mo‘’jaz kitob oldingi bitikparga o‘xshamagan, “so‘z bilan so‘zlashgan”, “til bilan tillashgan” ijodkorning dilkash suhbatlar tarzidagi kitobi ekan. Unda qayg‘u ham bor, tabassum ham.

“Mardumlig‘ni mardum”ga, ya’ni insonlikni ko‘z qorachig‘iga mengzagan Alisher Navoiy, “axtari baxtini axtargan”, ya’ni baxt yulduzini qidirgan Bobur Mirzo, “baxti qora yozilgan”, ya’ni tolei qora rang-la qorga yozilgan “oshiqi sodiq” Fuzuliy, nihoyat, “ona tilini qo‘yib, xotin tilida gaplashgan” Abdulla Qahhor… haqidagi sharh va suhbatlardan “So‘z latofati” faqat ilm lug‘ati emas, balki odob va hilm lug‘ati ekanini angladim.

“Mardumlig‘ni mardum”ga, ya’ni insonlikni ko‘z qorachig‘iga mengzagan Alisher Navoiy, “axtari baxtini axtargan”, ya’ni baxt yulduzini qidirgan Bobur Mirzo, “baxti qora yozilgan”, ya’ni tolei qora rang-la qorga yozilgan “oshiqi sodiq” Fuzuliy, nihoyat, “ona tilini qo‘yib, xotin tilida gaplashgan” Abdulla Qahhor… haqidagi sharh va suhbatlardan “So‘z latofati” faqat ilm lug‘ati emas, balki odob va hilm lug‘ati ekanini angladim.

Lug‘atchilik tarixini yaqin o‘tmishga taqaydiganlar xato qiladi. Lug‘at ilmi aslida hazrat Odam Atodan (alayhissalom) boshlangan. Bu Qur’oni karimning “Baqara” surasi 31-33-oyatlari bilan sobitdir.

So‘zimizni hazrat Navoiydan boshlagan, ammo baytning bir misrasini qoldirib o‘tgan edik. Endi baytni butun qiladigan vaqt keldi.

Chu bo‘ldi nutq ila mumtoz barcha hayvondin,

Ham oxir ul hayvondin erur maqolat anga.

Ya’ni: “Inson nutq tufayli barcha hayvondan ustun va afzal bo‘ldi. Oxiri (qiyomat yaqinlashganda) yana o‘sha hayvondan insonga so‘zlashuv, nutq bo‘ladi”.

Gap qiyomatga yaqin chiqadigan yer hayvoni — dabbat ul-arz haqida borayotir. Islomiy e’tiqodga ko‘ra, dabbat ul-arzning chiqishi haqiqatdir. Chunki Qur’oni karimda aytiladiki (ma’nosi): “(Qiyomatning qoim bo‘lishi haqidagi) so‘z (insonlarning) boshlariga kelgan vaqtda Biz ular uchun yerdan bir hayvon (g‘aroyib bir maxluq) chiqarurmizki, u insonlarning Bizning oyatlarimizga qat’iy ishonmaganlarini aytib, ularga so‘zlagaydir (Bas, endi tavba eshiklari yopilgan bo‘lur, haqiqiy ishonganlar bilan ishonmaganlar ajralur)” (“Naml» surasi, 82-oyat).

Hazrati So‘fi Ollohyorning “Sabot ul-ojiziyn” kitobiga sharh yozgan Habibulloh Kobuliy (“Hadoyat ut-tolibiyn» kitobida) aytadilar: “Yer hayvonining sababi bilan bu mo‘’jizani ko‘rsatishdan maqsad shuki: “(Ey inkor etuvchilar!) Payg‘ambarlar tilidan aytilgan qiyomat va undan keyin bo‘ladigan ishlarni qabul qilmas edinglar, bu kun u narsani bir hayvonning tilidan qabul qilishga majbursizlar, lekin bu qabul qilishning endi hech foydasi yo‘kdir”.

Inson so‘z bilan mumtoz va sharaflidir. So‘z haqidagi barcha kitoblardan men ojiz bandaning chiqaradigan xulosam shuki, yer hayvonining so‘ziga kunimiz qolmasdan burun haq yo‘ldagi insonlarning so‘ziga quloq solmog‘imiz lozim…

Erkin Vohidov

«SO’Z LATOFATI» KITOBIDAN QATRALAR

* Xoliqi olam odamzodga idrok va So’z aytish ne’matini berib, uni barcha xilqatlaridan ustun yaratdi, jonli va jonsiz olamga hokim qildi. Olamni idrok qilgan inson So’zni idrok qiladi. So’zni idrok qilib olamni yanada teranroq idrok qiladi. So’zning ildiziga yetgan kishi dunyo­ning tagiga yetgandek bahra topadi. Insoniyat tarixi so’zlar qismatida yashirinib yotar ekan.

* Olamni oxirigacha anglab bo’lmagandek, So’zning ham tubiga yetish imkonsizdir. Biz ko’zlamoq, ko’zikmoq, ko’zguning ko’zdan kelib chiqishini bilamiz, lekin ko’z nima sababdan ko’z deyilganini, nega uni birov ayn, birov chashm, birov glaz, birov ay deb atashini bilmaymiz. Nega toshni bizning ajdod tosh degan, boshqalar xajar, sang, kamen`, stoun, shtayn ataganlar, bu yuzlab nomlar qaerdan kelgan, bilolmaymiz. Biz faqat farazlar qilamiz, asil haqiqat esa sirlar ummoni tubida yotibdi. Lekin baribir tinchimas idrok egasi bo’lgan odamzod g’avvos bo’lib bu ummon ostini kezadi, kashfiyotlar qiladi va kashfiyotlari ham cheksizdir.

* O’ylasam, izlanishlarimiz kabi g’ofilligimiz-da poyonsiz ekan. So’zni eshitamiz, so’zlashni qotiramiz, lekin So’z mag’zini chaqish aksar xayolimizga kelmaydi. Nega shunday deymiz, deya o’zimizga savol bermaymiz. Bu sinoat to’la olam bamisoli olisdagi yulduzlardek noayon qolaveradi. Uzum yedim, “uzum” dedim, bilsam, tokdan uzib yedim, degandek, o’z qo’lim bilan ishkomdan uzum uzaturib, bu so’zning uzmoqdan olingani xayolimga kelgan edi. Axir ungan narsani unum, g’uj o’sgan mevani

g’ujum, jamiyat tuzilishini tuzum, cho’g’ning qo’ridan qolgan kulni qurum, deymiz. Og’izga solib yutganimiz yutum, tomoqdan qult etib o’tgan suv qultum bo’lganidek ishkomdan uzib yeganimiz uzum bo’ladi-da, deya o’z sodda kashfiyotimdan suyungan edim.

Vohidov, Erkin". Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 166. 5-89890-002-0.

Эркин Вахидов. Literature.uz (ruscha). Asl nusxadan arxivlandi (14.02.2012). 11.02.2012.
Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish