Reja: Siyosiy hokimiyat tushunchasi



Download 0,66 Mb.
bet4/6
Sana24.10.2022
Hajmi0,66 Mb.
#855720
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1445256900 61617

Iqtisodiy resurslar ham xokimiyatning asosiy resurslariga kiradi. Bu resurslar moliya resurslari va umuman iqtisodiy vositalarda mujassamlashgan. Agar iqtisodiy resurslar yetishmasa, siyosiy xokimiyat inqirozga uchraydi, negaki O'z faoliyatini olib borish uchun xokimiyat iqtisodiy vositalarga muxtoj. Informatsion resurslarga birinchi navbatda ommaviy axborot vositalari (OAV) kiradi. Ular orqali jamiyatning ongini shakllantiradi, O'zining faoliyatini odamlarga yetkazadi va jamiyatni O'ziga kerakli tomonga yo'naltirib boradi.

SIYOSIY XOKIMIYAT ASOSIY XUSUSIYATLARI

Siyosiy xokimiyat xokimiyatning boshqa turlaridan quyidagi asosiy xususiyatlari bilan farq qiladi.

1. Suverenitet — xokimiyatning mustaqilligi va bo’linmasligidir. Masalan, mamlakatda koalitsion xukumat va ko’p partiyali parlament bo’lgan taqdirda xam siyosiy xokimiyat turli siyosiy kuchlarning kelishilgan siyosati orqali amalga oshiriladi.

2. Iroda — muayyan siyosiy maqsad va dasturning mavjudligi va uni amalga oshirishga qaratilgan tayyorgarlik.

3. Avtoritet — siyosiy xokimiyat subhektining ijti­moiy xayotning barcha jabxalaridagi tahsirinint mamlakat va uning tashqarisidagi umum ehtirofi.

4. Majburlash — o’z irodasini jismoniy kuch ishlatib bo’lsa-da amalga oshirish. (Bu xususiyatni diktatura bilan aynanlashtirmaslik kerak.)

Siyosiy xokimiyat yuqorida qayd etilgan xususiyatlarga to’la ega bo’lsagina, u siyosiy xokimiyat maqomiga ega bo’ladi.

IDEOLOGIK (MAFKURAVIY) RESURS

Ideologik (mafkuraviy) resurslarga shu xokimiyatni jamiyat ongida oqlovchi g'oyalar, mafkura, ideologiya kiradi. Mafkura siyosiy xokimiyatga mavjud bo'lish xuquqini beradi. Siyosiy xokimiyat resurslarining qaysi biriga, qay darajada va qanday usulda tayanishi siyosiy xokimiyat asoslarini va shaklini beradi.

SIYOSIY XOKIMIYATNING XUKMRONLIGI

Siyosiy xokimiyatning xukmronligi fuqarolar tomonidan turlicha baxolanishi mumkin. Axoliniig xokimiyatga ijobiy baxo berishi, uning qonunga muvofiqligini, boshqarish xuquqini tan olishi va ixtiyoriy tarzda bo’ysunishga roziligi xokimiyatning legitimligini bildiradi. „Legitimlik" atamasi (lot. leg, legitimus — „qonun") „qonuniylik", „qonunlashtirilganlik" ko’rinishida tarjima qilingan. Bunday tarjima unchalik aniq emas. CHunki bunday tarjima ko’proq „legallik" atamasi mazmuniga mos keladi. SHuning uchun legitimlik va legal­lik aynan bir xil tushunchalar emas. Legallik xokimiyatning xuquqiy asoslanishini, uning xuquqiy mehyorlarga mos kelishini, qonunga mos ravishda faoliyat ko’rsatishini anglatadi. SHu mahnoda legallik nolegitim xokimiyatlarga xam xosdir. Legitimlik esa — bu ishonch, xokimiyatni oqlash va qo’llab-quvvatlashdir. Fuqarolar tomonidan bunday tan olinishga xamma siyosiy xokimiyatlar xam erisha olmaydi.


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish