Siyosiy xokimiyat munosabatlari ishtirokchilarini siyosiy hokimiyat sub'ektlari va ob'ektlari deb atashadi. Siyosiy hokimiyat sub'ektlariga davlat va uning institutlari, siyosiy yetakchilar va elitalar, siyosiy partiyalar kiradi. Siyosiy hokimiyat, uni boshqa turdagi hokimiyatlardan farqlovchi O'ziga hos belgilarga ega: - ustivorlik, qarorlarning butun jamiyat, shu jumladan hokimiyatning boshqa turlari uchun ham majburiyligi; - umumiylik, ya'ni siyosiy hokimiyat butun jamiyat nomidan faoliyat yurgizadi; - mamlakat hududida kuch va hokimiyatning boshqa vositalarini qo'llashdagi qonuniylik; - yagona markazlik, ya'ni qarorlar qabul qilishda umumdavlat markazi (hokimiyat organlari tizimi) mavjudligi; - hokimiyatni qo'lga kiritish, ushlab qolish va foydalanishda qo'llaniladigan vositalarning keng qamrovligi. SIYOSIY HOKIMIYAT Jamoatchilik fikri xokimiyati (ijtimoiy xokimiyat) demokratik siyosiy tizimda katta rolg’ o’ynaydi. SHuning uchun xozirgi zamon rivojlangan davlatlari kuchli ijtimoiy imkoniyatlarga egadirlar. Ular bunday imkoniyatlar yordamida axoli keng qatlamlarining ijtimoiy axvolini yaxshilashga sezilarli tahsir ko’rsata oladilar. SIYOSIY HOKIMIYAT Jamiyat xayotini siyosiy xokimiyatsiz tasavvur etib bo’lmaydi. CHunki usiz jamiyatda tartibsizlik, bosh-boshdoqlik, o’zboshimchalik boshlanadi. SHuning uchun xam siyosiy xokimiyatning asosiy maqsadi — jamiyat va davlat xayotini tartibga solish xamda boshqarishdir. Demak, siyosiy xokimiyat u yoki bu vosita: obro’, xuquq„ zo’rlik yordamida o’z irodasini amalga oshirish, jamiyat xulq-atvoriga belgilovchi tag’sir ko’rsatishning usul va imkoniyat-laridir. HOKIMIYATNING DASTLABKI SHAKLLARI Hokimiyat ijtimoiy bo'lganligi, ya'ni faqat jamiyatda vujudga kelishi tufayli, jamiyatning rivojlanishi bilan O'z shakllarini O'zgartirib boradi. Hokimiyatning dastlabki shakllari insoniyat tarixining dastlabki davrlarida anonim ( nomsiz, shaxssiz) shaklda edi.Bu davrda hokimiyat shaxsning xatti-harakatlarini tartibga soluvchi an'ana va diniy e'tiqodlarda ifodalanar edi. Jamiyatning rivojlanishi, ijtimoiy munosabatlarning takomillashuvi shu vaqtgacha tarqoq xolda bo'lgan xokimiyat munosabatlarini «oqsoqollar» va qabila boshliqlari qo'lida mujassamlashtirish zaruriyatiga olib keldi. Hokimiyatninng anonim shakli O'z o'rnini individual shaklga (oqsoqollar, qabila boshliqlari, qirollar va imperatorlar hokimiyati) bo'shatib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |