Alaliyada shaxs xususiyatlari
Ko‘p hollarda alaliyaning og‘ir ko‘rinishlari akli zaiflik bilan almashtiriladi, bunda nutq bilan birgalikda bolaning ruhiy rivojlanishi orkada qoladi. Agar bunday nutk nuqsoni oligofreniya bilan birgalikda kelsa, bolaning muloqotga kirishish faolligi yetarlicha rivojlanmaydi.
Ijtimoiy muhit bolaning nutqiy rivojlanishiga salbiy yoki ijobiy ta’sir etishi mumkin. Notug‘ri tarbiya ko‘p hollarda bola bilan mulokotga kirishish uchun harakatlarining zoye ketishiga sabab bo‘ladi.
Agar bolani yaqin kishilar tushunishga harakat qilishmasa bola bunga asabiylashgan holda javob qiladi va bu ayrim hollarda aqli zaiflik belgilariga o‘xshab ketadi.
Agar bolaning yaqinlari uning barcha istak-xoxishlarini so‘zsiz bajarishsa, nima demoqchi bo‘lganini ko‘zidan o‘qigandek tushunsalar, bunday bolada nutqiy muloqotga extiyoj qolmaydi. Motor aloliyali bolalar xulq atvori o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
atrodagilar bilan muloqotga kirishishda yaqqol namoyon bo‘lgan qiyinchiliklar, notanish vaziyatlarda tez-tez tormozlanishlar, yangiliklarga salbiy munosabatda bo‘lish. Shuningdek bola xarakterida patalogik sifatlar, asabiylik holatlari rivojlanishi tez xafa bo‘lish va kek saqlash kuzatiladi.
nutqiy rivojlanishi nutqiy faollikning yetarli darajada emasligi sababli orqada qoladi.
Sensor aloliyali bolalar singari psixopatsimon belgilar xos emas. Bunday bolalar ko‘pchilik hollarda qiziquvchan, o‘quvli, ishchan bo‘ladilar. Biroq kichik yoshdagi bolalarda va yangi sharoitga (bolalar bog‘chasi, maktab) moslashishning dastlabki bosqichlarida xulq atvori va xissiy-iroda sohalarida qiyinchiliklar kuzatilishi mumkin (bir joyda o‘tira olmaslik, qo‘zg‘aluvchanlik yoki uyatchanlik, tez tormozlanish, qaysarlik).
Nutqning temp - ritm buzilishlarida shaxs xususiyatlari
Odatda kichik yoshdagi bolalar, agar duduklanish juda kuchli bo‘lmasa o‘z nuqsonlarini anglab yetmaydilar. Agar duduklanish biror bir hodisadan so‘ng to‘satdan yuz bersa, bunda bola bu holat va nutq muloqotining chegaralanishida qattiq ta’sirlanadi, tushkunlikka tushadi. Ayrim hollarda bola bunday vaziyatda umuman gapirmay ko‘yadi va duduqlanishning birinchi belgisi mutizm bo‘lishi mumkin.
Bola o‘z nuksonini anglagach, odamlardan uzoqlashishga va nutqiy mulokotdan qochishga harakat qiladi.
Duduqlanishni davolashda va ikkilamchi nuksonni oldini olishda atrofdagilarning munosabati katta rol o‘ynaydi. Ota-onalarning o‘z farzandlariga duduqlanishi paydo bo‘lish davrida muvafaqqiyatli yordam berishlari va uning nutkiy rivojlanishiga samarali tasir etish hollari kamdan-kam kuzatiladi. Ko‘p hollarda ota-onalar bunday farzandlariga xaddan ziyot etiborli bo‘ladilar. Ayrim ota-onalar duduqlanishga katta ahamiyat bermay, boladagi nutk, nuqsonini o‘zlari bartaraf etishga harakat kiladalar masaln: - bolaning nutqdagi xatolarini bolaga ko‘rsatadilar va tug‘ri nutqqa taqlid qilishni talab etadi. Buning oqibatida bola o‘z nuqsonini yanada chuqurrok, anglab yetadi. Bola to‘g‘ri gapirishga harakat qiladi. Bola qanchalik qiynalsa duduqlanish shuncha kuchayadi. Duduqlanuvchi bola o‘zining diqqatini nutqiy nuqsonga qanchalik qaratsa, uni nutqi shunchalik yomonlashib boraveradi.
Ayrim ota - onalar duduqlanuvchi farzandlari bilan xuddi bemorlarga bo‘lgandek munosabatda bo‘ladilar. Ular bolalarning ko‘ngillariga qaraydilar, xamdardlik bildiradilar. Bunda bolalarda nevroz rivojlanishi mumkin. Bola duduqlanish unga turli imtiyozliklar yaratganini tushunadi va bundan unumli foydalanishga harakat kiladi.
Ayrim bolalar o‘z nuqsonlarini turli harakatlar bilan berkitishga harakat qiladilar, lekin bu usul bilan duduklanishni bartaraf etish mumkin emas. Xatto nutqiy nuqson belgilari juda kam darajada namoyen bo‘lsa xam, ikkilamchi ruhny buzilishlar ortib boradi.
Duduqlanishni keltirib chiqaruvchi asosiy asab buzilishi - bu logofobiya
Do'stlaringiz bilan baham: |