Roziyning tabobatga oid yana bir yirik asari — „Al-Kunnosh al-Mansuriy“ („Mansurga bagʻishlangan toʻplam“)i. Bu asari ham juda koʻp nazariy va amaliy masalalarni oʻz ichiga olgan (qoʻlyozma nusxalari Rossiya Fanlar Akademiyasi sharqshunoslik institutining Sankt-Peterburg fondida, shuningdek, Parij va Tehron kutubxonalarida saqlanmoqda). Asar 16-asrgacha Sharq tabiblari va Yevropa shifokorlarining asosiy qoʻllanmalaridan biri boʻlib, unga koʻp sharxlar yozilgan. Roziy „Kitob aljudariy valhasba“ („Chechak va qizamiq haqida kitob“) asarida tibbiyot tarixida birinchi boʻlib, chechak va qizamiq kasalliklarining boshqa yuqumli kasalliklardan farqi va tarifi berilgan. Roziy chechak bilan bir marta kasal boʻlgan kishi ikkinchi marta bu kasallikka duchor boʻlmasligini aniqlagan va chechakka qarshi emlash kerak degan fikrga kelib, uni amalga oshirgan. Roziy oʻz davri tabobatini diagnostika va davolashning yangi usullari bilan boyitgan, jarroxlikda birinchi boʻlib ketgut (qoʻy ichagidan tayyorlangan ip) ishlatgan. Kimyo faniga oid asarlari Roziy mashhur kimyogar boʻlib, kimyo faniga oid 26 ta asar yozgan, biroq, bizgacha ularning 4 tasigina yetib kelgan. Bular orasida „Kitob ulasror“ („Sirlar kitobi“) va [[„Kitob sirr ilasror“ („Sirlar siri kitobi“) asarlari alohida oʻrin tutadi. „Kitob ulasror“da oʻrta asr Sharq kimyosi oʻzining toʻla ifodasini topgan. Roziyning bu asarlari uning nazariy jihatdan bir metallni ikkinchi metallga kimyoviy yoʻl bilan aylantirish mumkinligiga ishonganini koʻrsatadi. Garchi amaliy jihatdan uning nazariyasi utopik boʻlsada, oltin va kumush hosil qilish yoʻlidagi urinishlari tufayli Roziy hozirgi kimyoni bir qancha yangi moddalar, asboblar va kimyoviy amallar bilan boyitgan. Roziyning tibbiyot va kimyo sohalariga oid asarlari oʻrta asrlarda Sharq va Gʻarbda shu sohalarning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatgan. Falsafiy-ijtimoiy qarashlari Roziy oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari falsafasida mavjud boʻlgan taʼlimotlarning birortasiga bogʻliq boʻlmagan holda borliq va uning mohiyati haqida oʻz mustaqil taʼlimotini yaratgan. Uningcha, borliq — yagona bir-biriga boʻysunmagan 5 mustaqil boshlangʻich mohiyat (yaratuvchi, jon, vaqt, makon, materiya)dan vujudga kelgan. Bularning har biri borliqning vujudga kelishi va mavjud boʻlib qolishida „zaroʻriy vujud“larni Roziy materiya, makon, zamonni yaratuvchi va jon bilan bir xil zaruriy mohiyat deb hisoblab, moddiylikni ilohiylikka, ilohiylikni moddiylikka boʻysundirmadi. U oʻz davrining yirik tabiatshunosi sifatida moddiy olam hodisalari va jarayonlarini materiya va uning xususiyatlari bilan izoxlashga harakat qildi, oʻz naturfalsafiy qarashlarida maʼlum darajada ilmiy nuqtai nazarga yaqinlashdi. Oʻrta asr falsafasi uchun erishgan eng katta yutuqlaridan biri — Roziyning narsalar moddiy atom zarralaridan tuzilgani haqidagi taʼlimoti. Roziy Demokrit va Epikur atomistik taʼlimotini oʻrta asrlarda birinchi marta qayta tikladi. Uningcha, materiya dastlab „boʻlinmas zarralar (atom) holatida boʻladi“, ular „ogʻirlik va tanaga ega“, „moddiy zarralarning boʻshliq zarralari bilan qoʻshilishi“ natijasida 4 unsur: tuproq, suv, xavo va olov paydo boʻladi. Atomlarning moddiyligi, abadiyligi va obʼyektivligi tufayli ulardan vujudga kelgan moddiy olam ham obʼyektiv va abadiydir. Roziy zarralarning oʻz-oʻzidan harakati masalasini tushunmadi va muayyan narsalarning vujudga kelish jarayoni asosida materiya yotsa ham, bu jarayon jonning materiyaga intilishi va u bilan birikishi tufayli yuz berishi haqidagi dualistik nuqtai nazarda turadi. E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |