Reja qulay va noqulay iqlim sharoitlari; iqlim sharoitlarini inson hayoti va faoliyatiga, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga ta’siri


-rasm. Sanoat korxonalarining atmosferani ifloslashi



Download 0,52 Mb.
bet5/8
Sana03.02.2023
Hajmi0,52 Mb.
#907466
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu Iqlim oʻzgarishi oqibatida biosferada biologik va ekologik oʻzgarishlar

2-rasm. Sanoat korxonalarining atmosferani ifloslashi


Geograflar sayyora miqyosida haroratning 1-2°C koʻtarilishi Yerning tabiat hududlarini qutblarga tomon 150-500 km ga surilishini ta’kidlamoqdalar. Demak oʻrtacha kengliklarda (dasht mintaqasida) gʻallachilik mintaqalarida yogʻinlar miqdori kamayadi, aksincha tropik mintaqada yogʻinlar miqdori ortadi. Koʻplab aholi zich yashaydigan hududlarda haroratning koʻtarilishi, kishilar salomatligiga sezilarli ta’sir koʻrsatishi mumkin.
Harorat va namlikning jiddiy oʻzgarishi qishloq xoʻjaligiga sezilarli ta’sir koʻrsatishi, xususan Shimoliy Amerikaning markaziy qismi va shunga oʻxshash hududlarda bugʻdoy va makkajoʻxori hosildorligi keskin kamayishi kutilmoqda.
Yer sayyorasining harorati 1°C ga koʻtarilishi qutbiy kengliklardagi muzliklariing erishini tezlatadi. Demak dunyo okeani satxida koʻtarilish boʻladi. mutaxassislarning ta’kidlashicha, XXI asr mobaynida dunyo okeani satxi 1-5 metrga koʻtariladi. Okean satxining bunchalik koʻtarilishi quruqlikning salmoqli qismini suv bosishiga olib keladi. Chunonchi, Maldiv orollari, Okeaniya, Filippin,
Bangladesh, Indoneziya, gʻarbiy Yevropaning dengiz sohillari suv ostida qoladi, Sankt Peterburg, Shanxay kabi koʻplab shaharlar toshqindan katta talofat koʻradi. Bu sohil boʻyidagi koʻplab aholini, kishloq va sanoat xoʻjalik ishlab chiqarishni qitʻa ichkarisiga koʻchirish, portlarni qayta ta’mirlashga olib keladi.
Iqlimdagi oʻzgarishlar asta-sekin butun biosferaning dinamik mutanosibligining buzilishiga sabab boʻladi. Tarixda iqlimda bunday oʻzgarishlar boʻlganligi ma’lum, biroq ular tabiiy yoʻl bilan boʻlgan. Tadqiqotchilarning xulosalariga qaraganda, Dunyo issikxonasi samarasi iqlimning sayyoraviy tarzda isishiga ta’sir etsa-da, maxalliy iqlimni (ayniqsa qutbiy kengliklar atrofida) sovushiga olib kelar ekan. Ushbu muammolarni bartaraf etishning yagona yuli atmosferaga chiqarilayotgan chiqindilar miqdorini kamaytirishdir. hozir dunyo boʻyicha atmosfera havosi ifloslanishining 20%i AQSh xissasiga toʻgʻri kelmoqda. Shu boisdan, 1997-yili BMTning iqlim oʻzgarishlariga bagʻishlangan Konvensiyasida atmosferaning ifloslanishini AQShda 3%, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 8%, Yaponiyada 6%ga kamaytirishga qaror qilindi.
Olimlar fikriga koʻra, Yer yuzi iqlimi isib bormoqda. Qurgʻoqchiliq toshqinlar va ob-havoning kutilmagan injiqliklari koʻpayib borishi bashorat qilinar ekan, bu oʻzgarishlarga sabab inson faoliyati, deya koʻrilmoqda. Aslida Yer iqlimi hamisha oʻzgarib turadi va bu tabiiy jarayon sifatida koʻriladi. Ammo oxirgi asr mobaynida iqlim tabiiy omillar asosida emas, inson faoliyati natijasida kelib chiqqan oqibatlar tufayli oʻzgara boshlagani koʻplarni havotirga solmoqda. Iqlim oʻzgarishi haqida gapirar ekanmiz, uning asosiy omillaridan biri "issiqxona effekti" deb nom olgan fenomen hisoblanadi.
"Issiqxona effekti" quyosh energiyasining yer sathida jamlanib qolishiga olib kelayotgan omildir. Agarda "issiqxona effekti" boʻlmaganda edi, yer yuzi iqlimi avvalgi holatida qolishi mumkin edi. Turli gazlarning atmosferadagi hajmi tobora koʻpayib bormoqda. 1880-yildan beri "issiqxona effekti"ni keltirib chiqaruvchi gazlar hajmi 30% ga oshgan. Koʻplab olimlar xuddi ana shu omil yer yuzi iqlimining isishiga sabab boʻlmoqda demoqdalar.
Ba’zi olimlar fikricha, Yer iqlimining oʻzgarishi bu tabiiy bir jarayondir. Lekin yaqinda eʻlon qilingan hisobotga koʻra, inson iqlim oʻzgarishiga sabab boʻlayotganligining ehtimoli deyarli 90 foizdir. Agarda "issiqxona effekti"ni keltirib chiqarayotgan gazlar hajmi kamaytirilmasa, 2100-yilga kelib Yer sayyorasining oʻrtacha harorati oʻrtacha 1.4 dan 5.8 C darjagacha koʻtarilishi mumkin. Lekin chiqindi gazlarning atmosferaga chiqarish jarayoni kamaytirilgan holda ham, iqlim isishi davom etaverishi mumkinligi aytilmoqda, chunki ummon, dengiz va muzliklarning qayta oʻzgarishga yuz tutishlari uchun yuz yillab vaqt kerak. Bundan tashqari atmosferaga chiqarib boʻlingan gazlarning zarasizlanishi uchun bir necha oʻn yilliklar lozimdir.
Inson oʻz faoliyati bilan Yer yuzidagi muzliklarga tuzatib boʻlmas zarar yetkazgan, deya aytilmoqda. Ba’zi olimlar Shimoliy qutb, Arktikadagi muzliklar kelgusi 40-50 yil mobaynida butunlay erib ketib, ummon sathi 7 metrga qadar koʻtarilib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqdalar. Lekin boshqa olimlar bu kabi ehtimolni rad etadilar. Yer iqlimi isishining Shimoliy va Janubiy qutblardagi muzliklarga ta’sirini oʻrganish uchun 2007-yil mart oyida "Xalqaro Qutblar Yili" nomi ostida ikki yillik tadqiqotlar loyihasi ish boshlagan.
Markaziy Osiyoda esa muzli qoyalar asosiy suv manbai hisoblanadi. Ba’zi ekologlarga koʻra bu muzliklarning 30 foizi hozirga qadar erib ketgan. Jahon boʻylab iqlimshunoslar ob-havo injiqlari koʻpayib borishini bashorat qilmoqdalar. Masalan, notabiiy ravishda haroratning birdaniga koʻtarilib ketish hollari tez-tez yuz berib turishi mumkinligi aytilmoqda. Yer yuzi boʻylab yogʻingarchiliklar miqdori oshishi bilan birga, qitʻalar ichkarisida qurgʻoqchiliklar yuz beradi, deya kutilmoqda. Yogʻingarchiliklar oshishi esa, dengiz sathlarining koʻtarilishi bilan birga toshqinlar ehtimolini kuchaytiradi.
Inson organizmi koʻplab tabiiy-fizikaviy ogʻirlik ta’sirlarini koʻtaradi, yengadi, chidaydi. Fizikaviy ogʻirlik hadsan oshib ketganda inson organizmi charchaganini sezadi, butun tana uning aql-idroki, mushaklar kuchi charchaydi va ortiqcha ishlash foyda bermaydi. Shu jarayonda tanada suv, ozuqa yoki havoni yetishmasligi seziladi. Bu omillar insonni chidamlilik darajasini kamaytiradi. Muhitni ekologik holati oʻzgarsa, organizmga kerakli omillar vaqtida berilsa inson organizmi tez fursatda oʻzini normal ekologik holatini tiklab oladi. Ish faoliyati yana yaxshilanadi.
Insonni tabiiy ekologik muhiti u yerdagi har qanday fizikaviy ogʻirlik insonni emotsional bezovtalantiradi, oʻylab ishlashga, oʻzi bilan muhit omillari oʻrtasidagi munosabatlarni aniqlashsa va ularga (shamol, yogʻin, issiq-sovuq harorat, yer silkinishi, suv bosishi va boshq.) javob topadi, chora-tadbirlar koʻradi. Inson oʻzini butun aql-zakovatini ishga solib, yomon ekologik holatdan chiqishga harakag qiladi.
Insonlar holatiga doimiy ta’sir qilib turadigan issiq va sovuq iqlimning ham mohiyati kattadir. Ya’ni Oʻzbekiston sharoitida yozgi 40.kunlik chillada harorat Toshkent sharoitida kunduz quyoshda 45-50° C ga koʻtarilsa, tunda 28-300 C dan pastga tushmaydi. Qish chillada esa harorat 18-20-25° C boʻlib, juda sovuq, Nukus va Urganch hududlarida qishki harorat 25-35°C ga tushadi. Sibirda esa qishki harorat - 50-60° C boʻlib, shu hududlarda yashaydigan insonlarga salbiy ta’sir koʻrsatadi.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish