Reja qulay va noqulay iqlim sharoitlari; iqlim sharoitlarini inson hayoti va faoliyatiga, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga ta’siri


Iqlim oʻzgarishining hayvonot dunyosiga ta’siri



Download 0,52 Mb.
bet6/8
Sana03.02.2023
Hajmi0,52 Mb.
#907466
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu Iqlim oʻzgarishi oqibatida biosferada biologik va ekologik oʻzgarishlar

Iqlim oʻzgarishining hayvonot dunyosiga ta’siri. Quruqlikda yashovchi hayvonlarga iqlim va ob-havo kuchli ta’sir etadi, chunki ularning hayoti yashash muhitining haroratiga bogʻliq. Suvda ham quruqlikda yashovchilarning koʻpchiligi suvda va quruqlikda yashayotganligi uchun ularning miqdori 10-martalab oʻzgarishi mumkin, chunki koʻpgina suvda va quruqlikda yashovchilarning koʻpayishi harorat, suv darajasiga bogʻliq.
Abiotik omillardan biri – harorat oʻsish va rivojlanishga kuchli ta’sir koʻrsatadi hamda koʻpayish sikli va hayvonlarning xulq-atvorini boshqaradi. Qurgʻoqchilik boshlanishi bilan suv havzalarining qurishi bilan koʻpgina hayvonlarning uvildiriqlari nobud boʻladi. Ba’zi yillarda yogʻingarchilikning kech boshlanishi suvda va quruqlikda yashovchilarning sonini kamayishiga olib keladi. Suvda va quruqlikda yashovchilar sonining kamayishiga asosiy sabab ozuqaning yetishmasligi, ya’ni umurtqasiz hayvonlarning kamayishi hisoblanadi.
Koʻpgina mutaxassislarning fikriga koʻra, yer yuzidagi suvda ham quruqlikda yashovchilar sonining kamayishi oʻtgan asrdan boshlangan. Soʻnggi yillarda 60 mamlakatlarning 500 dan ortiq olimlari 5743 suvda va quruqlikda yashovchilarning populyasiyasini oʻrganishdi. Baholash natijasiga koʻra 25 yil davomida122 tur Suvda ham quruqlikda yashovchilar yoʻqolib ketgan boʻlsa, hozir qurbaqalar, baqalar, salamandra va tritonlarning yoʻqolish xavfi kuzatilmoqda. Olimlar suvda ham quruqlikda yashovchilar sonining qisqarish sabablarini aniqlash qiyinchilik tugʻdirmoqda, lekin ehtimolga koʻra yashash muhitining ifloslanishi, iqlim oʻzgarishi va antropogen omillar boʻlishi mumkin.
Kosta-Rikadagi Tropik ilmiy markazi tadqiqotchisi Dj.A.Paunds aniqlashicha, Markaziy va Janubiy Amerika oʻrmonlarida qurbaqalarning yoʻqolishi “gribok” kasalligidan boʻlib, inson faoliyati bilan bogʻliq ekan. F.Paunds aniqlashicha, tropiklarda kechki payt haroratning koʻtarilishi “gribok”larning koʻpayishiga yaxshi sharoit yaratadi. Paunds bilan bir qator olimlar suvda va quruqlikda yashovchilarning xronologiya va geografiyasini iqlim oʻzgarishi bilan solishtirganda oʻrtacha haroratning koʻtarilishi koʻpgina hayvonlarning nobud boʻlishiga olib keladi, degan xulosaga keldilar. Olimlar hisoblanishicha, havoning isib ketishi bulutlarning koʻpayishi va “gribok”larning koʻp boʻlishiga olib keladi.
London shahridagi Zoologiya jamiyati olimlarning fikriga koʻra, 2050-yilda yevropadagi yarmidan koʻp Suvda ham quruqlikda yashovchilar yoʻqolish arafasida turipti. Oʻlimga sabab boʻluvchi asosiy omil iqlimning global isishi, hayvonlar arearining buzilishi va kasalliklar epidemiyasi hisoblanadi.
Suvda ham quruqlikda yashovchilar populyasiyasiga turli faktorlar ta’sir etib bu - lokal yoki global boʻlishi mumkin. Rossiyalik Suvda ham quruqlikda yashovchilar mutaxassisi A.N. Reshetnikov (2007) hisoblashicha, salbiy omillar populyasiyani qisqarishiga olib kelishini hayvonlar miqdorining oʻzgarishidan farqlash kerak. Buning uchun albatta, monitoring olib borish maqsadga muvofiq boʻladi. Reshetnikov tadqiqotining natijasiga koʻra Suvda ham quruqlikda yashovchilarning kamayishida bir qarcha sabablar boʻlishi mumkin: yer yuzida ultrabinafsha nurlarning koʻpayishi, ozon qatlamining yupqalashuvi, iqlim oʻzgarishi, yuqumli kasalliklarning koʻpayishi, biotoplarning ifloslanishi va buzilishi, boshqa turlarning kirib kelishidir.
I.V.Maslova (2001) Janubiy Primorya qoʻriqxonalardagi suvda ham quruqlikda yashovchilarning hayotiga iqlim oʻzgarishi ta’sirini oʻrgandi. Xulosa qilinishicha, suvda va quruqlikda yashovchi, tuproqda qishlovchi hayvonlarning fenologiya va ekologiyasiga qorning qaysi paytda erishi ta’sir koʻrsatadi. Qor eriganda dastlab janub ekspozitsiyasidagi Suvda ham quruqlikda yashovchilar fevral oyining oxirida chiqar ekan. Boshqa rayonlarda, botqoq tuproqlardagi qorlarning sekin erishi hayvonlarning ikki hafta kech chiqishi kuzatiladi. Maslova xulosasiga koʻra, tuproqdagi qorning erishi suvda va quruqlikda yashovchilarning koʻpayish jarayoniga ta’sir koʻrsatadi.
Hayvonlar migratsiyasi yashash joyida muhit sharoitining oʻzgarishi yoki rivojlanishningʻ har xil davrlarida hayvonning yashash muhiti sharoitiga talabining oʻzgarishi migratsiya bilan bogʻliq. Hayvon yashaydigan joyda yashash sharoitining oʻzgarishi ta’sirida sodir boʻladigan Hayvonlar migratsiyasi davriy (mavsumiy, sutkalik) yoki nodavriy boʻlishi mumkin. Hayvonlar, odatda, ajdodlari oʻtgan yoʻl orqali migratsiya qiladi.
Davriy (siklik) migratsiya har xil: vertikal (sut emizuvchilar, qushlar va hasharotlarning togʻning vertikal mintaqalari boʻyicha, umurtqasizlarningtuproq va suv qatlamlari boʻyicha migratsiyasi), anadrom (oʻtkinchi baliqlarning dengizlardan daryolarga oʻtishi), katadrom (oʻtkinchi baliqlarning daryolardan dengizlarga oʻtishi) xillarga ajratiladi. Dengiztoshbaqalariva sut emizuvchilarining okeanlarda, tuyoqli, yirtqich va kemiruvchi sut emizuvchilarning quruqlikda, koʻpchilik qushlar, koʻrshapa-laklar va hasharotlarninghavoorqali migratsiyasini ham davriy deyish mumkin.
Davriy boʻlmagan, ya’ni sporadik migratsiya-oʻtroqyashovchi hayvonlar(olmaxonlar, lemminglar va boshqalar) yashash muhitining yomonlashuvi (qurgʻoqchilik, yongʻin,toshqin va boshqalar), individlar sonining oshib ketishi natijasida sodir boʻladigan ommaviy koʻchishi. Bu xildagi migratsiya tartibsiz sodir boʻladi va koʻp hollarda hayvonlarning yalpi qirilib ketishiga olib keladi. Ontogenetik migratsiya - rivojlanishning har xil davrlarida hayvonlarning yashash muhiti sharoitiga talabining oʻzgarishi bilan bogʻliq. Bunday migratsiya lichinkalik (oʻtroq yashovchi assidiyalar, korall poliplar, gʻovaktanlilar, qalqondorlar va boshqalar) yoki jinsiy voyaga yetgan davrda sodir boʻlishi mumkin. Faol migratsiya qilish uchun hayvonlar vaqt va yoʻnalishni biologik sezish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak. Migratsiya hayvonlarni tamgʻalash vaeksperimentorqali oʻrganiladi.
Sut emizuvchilarning migratsiyasi, asosan, tuyoqlilar, kurakoyoqlilar, koʻrshapalaklar Shimoliy yarimsharda iqlimning oʻzgarishi va muzliklarning shimolga qarab chekinishi natijasida shakllangan. Muzliklarning erishi bilan oziq topish va koʻpayish uchun yaroqli maydonlar koʻpaydi. Shimol kiyiklari (karibu) har yili 600 dan 800 km masofani bosib oʻtadi. Yozda kiyiklar tundrada oʻtlab yursa, iyulda ninabargli oʻrmonlar orqali janubga qarab bir xil marshrut boʻyicha harakatlanadi va bahor faslida esa yana qaytadilar. Ularning harakat tezligi 15-20 km/sutkaga teng. Ayrim vaqtlarda daryolarning suvi toshgan boʻlsa koʻpchilik kiyiklar nobud boʻladi. Iqlim isishi tuyoqli hayvonlarning yashash muhitining oʻzgarishiga olib keladi, bu faqat qishlash va koʻpayish emas, balki migratsiya yoʻlida boʻlishi mumkin. Shunday qilib, hayvonlarning migratsiyasi anʻanaviy migratsiya yoʻlini oʻzgartirishi ularning koʻproq nobud boʻlishiga va populyasiyasining qisqarishiga olib keladi.
Erik Post Pansilvaniya universitetidan (AQSh), Mads Forchxammer Kopengagen universiteti (Daniya) va ularning hamkasblari (1999) iqlim oʻzgarishining ta’sirida kiyik (karibu) va qoʻyhoʻkizlarning uzoq vaqtli populyasiya dinamikasini tahlil qildilar. Karibu va qoʻyhoʻkizlar Grelandiyaning turli qirgʻoqlarida va muz qalqonlari bilan ajralganlar joylarda yashaydilar. Lekin lokal (mintaqa) qishki harorat va Shimoliy-Atlantik global ob-havo indeksining oʻzgarishi mana shu turlarning dinamikasiga ta’sir koʻrsatadi. Qattiq sovuq qish yosh individlarning oʻlish sonini koʻpayishiga olib keladi. Mumkin sovuq qish ular oziqlanadigan oʻsimliklarga ham ta’sir qiladilar, oziqning yetishmasligi ham populyasiyalar sonining kamayishiga olib keladi. Umuman bu turlarning migratsiyasi mavsumiy boʻlib, yilning iqlim sharoitiga bogʻliq.
Hayvonlarning migratsiyasi nafaqat Shimolda, balki iqlimi issiq Afrika mintaqasida ham yuzaga keladi. Ob-havo omillari asosiy sabab boʻlmoqda. Tropik Afrikada yomgʻirli davr boshlansa, yarim choʻllar va dashtlarda oʻt va oʻsimliklarning uygʻonishi sodir boʻlib, koʻpgina hayvonlarni oʻziga jalb qiladi. Zebra, gazel va boshqa tuyoqlilar ulkan podasi ortidan katta yirtqichlar - sher, yoʻlbars, shoqol, giena va boshqalar izidan boradilar. Yomgʻirlarning oʻtishi va quyoshning issiq taftidan oʻsimliklarning qurishi bilan hayvonlarning qayta migratsiyasi boshlanadi.
V.N.Lissov koʻp yillar davomida Arktika dengiz muhitini himoyasi boʻyicha
Xalqaro guruhlar ishida ishtirok etib “Xavfli isish” (2007-y.) nomli maqolasida soʻnggi 10 yillar ichida Arktika muzliklarining qisqarishini yozadi. Har yili qariyb 100 ming kv. km muz maydoni qisqarishi va Islandiyaning butun maydoniga tengligini ta’kidlaydi. Muzliklar nafaqat qisqarishi,balki muz qalinligi yupqalashuvi sodir boʻlmoqda. Soʻnggi 30 yil ichida dengiz muzlari qariyb 1,3
m.ga yupqalashdi va qancha muz yupqalashsa muz mavsumi ham qisqa boʻladi. Hozirgi kunda muzlarning erishi erta bahorda boshlanmoqda. Iqlimning global oʻzgarishi qutb sutemizuvchilariga salbiy ta’sir qilmoqda. Ayiqlar va ayiq bolalari uchun kritik davr boshlandi. Urgʻochi ayiqlar oʻz bolalari bilan 5-7 oylik ochlikdan chiqishi hayot-mamot masalasi boʻlmoqda. Kanada tadqiqotchilarning fikriga koʻra, oziq-ovqatning yetishmovchiligi oq ayiqlarning salomatligiga, urgʻochi homilador ayiqlarga va bolalariga salbiy ta’sir koʻrsatdi. Tugʻilish koʻrsatkichi tushib ketdi, yosh ayiqlarning oʻrtacha ogʻirligi taxminan 15%ga tushdi (3-rasm).


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish