Reja: Qishloq xo’jaligining respublika iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyati


O`ZBEKISTON AGROSANOAT MAJMUASI VA UNING RIVOJLANISHI



Download 172 Kb.
bet4/16
Sana28.04.2022
Hajmi172 Kb.
#586427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2 5382151826470606671

O`ZBEKISTON AGROSANOAT MAJMUASI VA UNING RIVOJLANISHI
Reja:
1. Agrosanoat majmuasining zarurligi, maqsadi, vazifalari va tarkibi.
2. Agrosanoat majmuasi tarkibidagi tarmoqlar o`rtasidagi munosabatlar
3. Agrosanoat majmuasining holati, iqtisodiy-ijtimoiy samaradorlik darajasi, ularni rivojlantirilishi.
Agrosanoat majmuasining zarurligi, maqsadi,
vazifalari va tarkibi
XXI asrning birinchi o`n yilligida jahonda fan-tehnika, tehnologiya innovatsiyasi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ularni amaliyotga joriy etish maqsadida davlatlararo siyosiy hamda iqtisodiy munosabatlar ham rivojlanmoqda. Bunday jarayon o`z navbatida xalqaro miqiyosda mehnat taqsimotini yanada yuksalishini hamda takomillashishini talab etmoqda. Jahondagi aholi soni ham yil sayin oshib bormoqda.
Respublikamizning erkin bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tishi ta'minlanayotgan yillarda mamlakat aholisining o`rtacha soni bir yilda 340-360 ming nafarga yoki 1,2-1,4 foizga o`smoqda. Shu bilan birga sanoat korxonalari soni va ishlab chiqarish quvvatlari ham yil sayin oshib bormoqda. Bunday holatlar respublikada xomashyo, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa xalq iste'moli mollarini ishlab chiqarishni rivojlantirilishini taqozo etmoqda. Bu muammolarni echish uchun eng avvalo tarmoqlararo mehnat taqsimotini rivojlantirgan holda qishloq xo`jalik ishlab chiqarishini va u bilan uzviy bog`liq bo`lgan xizmat ko`rsatish hamda qayta ishlash tarmoqlarni mutanosib ravishda rivojlanishini ta'minlashga erishish, so`ngra tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va ularni iste'molchilarga yetkazuvchi tarmoqlarning tashkiliy, texnikaviy, texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy bog`lanishini ta'minlash lozim.
Ko`rinib turibdiki, qishloq xo`jaligini barqaror ravishda rivojlantirish, samaradorligini yuksaltirish uchun uni yangi qishloq xo`jalik mashinalari, texnikalari, transport va kimyoviy vositalar, mineral o`g`itlar, yoqilg`i hamda yog`lovchi materiallar, qurilish materiallari, ozuqa moddalari bilan to`liq va mutanosib ravishda ta'minlab, mustahkam moddiy-texnika bazasini barpo etish kerak. Demak, qishloq xo`jaligining kelajakdagi rivoji dastavval uning uchun zarur bo`lgan ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari faoliyatiga bevosita bog`liqdir. Shuningdek, agrar sohaning ravnaqi unga xizmat ko`rsatuvchi, ya'ni qishloq xo`jaligi korxoanalarini ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlovchi, tarmoqdagi mashina-traktor va boshqa texnikalarni ta'mirlovchi, xo`jalik ob'ektlarini quruvchi, irrigatsiya-melioratsiya va kimyoviy, tehnik va transport xizmatlarini bajaruvchi tarmoqlar faoliyatiga ham bog`liqdir.
Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi samaradorligi esa tarmoqda yyetishtirilgan xomashyolardan aholining barcha talablarini to`liq va sifatli qondira oladigan oziq-ovqat, gazlama, kiyim-bosh, oyoq kiyim va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarining syerqirrali faoliyatiga ham bog`liq.
Yuqoridagilardan ma'lum bo`lishicha, respublika fuqarolarining tayyor oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabining to`liq qondirilishi bu muammoni hal etilishini ta'minlashda qatnashuvchi barcha tarmoqlarga turli xildagi ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqardagian sanoat tarmoqlari, qishloq xo`jaligi, unga xizmat ko`rsatuvchi, qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlab, tayyor mahsulot darajasiga yetkazuvchi va ularni iste'molchilarga yetkazib beruvchi barcha tarmoqlarning tashkiliy, texnikaviy, texnologik, iqtisodiy hamda ijtimoiy bog`lanishini ob'ektiv holda taqozo etadi. Shuning uchun ular maqsadga muvofiq ravishda joylashtirilib, ixtisoslashtirilib, xalq xo`jaligi miqyosida mehnat taqsimoti amalga oshirilishini ta'minlashlari zarur. Yuqorida ta'kidlangan tarmoqlar yagona maqsad yo`lida o`zaro bog`lanishi natijasida respublika agrosanoat majmuasi shakllanadi. Mamlakat agrosanoat majmuasining asosiy maqsadi – aholini sifatli oziq-ovqat va xalq iste'moli tovarlari bilan talab darajasida ta'minlashdir. Bu masala ulkan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lib, uning talab darajasida hal etilishi aholi turmush darajasini yuksaltiradi, ularni farovon yashashini ta'minlaydi. Shuning uchun ham bu masalaga Respublika hukumati tomonidan alohida e'tirbor berilmoqda, ya'ni agrosanoat majmuasiga kiruvchi barcha tarmoqlarni rivojlantirish bilan bog`liq bo`lgan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularni hayotga bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Agrosanoat majmuasi tarkibidagi korxonalar o`rtasida pul-tovar munosabatlarini amalga oshirish jarayonida ham uzilishlar yuz bermoqda. Jumladan, qishloq xo`jalik korxonalari sanoat korxonalaridan paxta terish mashinalarini, haydov va chopiq traktorlarini, minearl o`g`itlarni, kimyoviy vositalarni, yonilg`i, yoqilg`i materiallarini olib, ularning haqini belgilangan muddatda to`lay olmayotirlar. Xuddi shunday holat xizmat ko`rsatuvchi korxonalarining bajargan ishlariga, xizmatlariga haq to`lash borasida ham sodir bo`lmoqda. Qayta ishlash sanoati korxonalari esa qishloq xo`jalik korxonalaridan paxta xomashyosini, don mahsulotlarini, sabzavot-poliz, bog`dorchilik hamda chorvachilik mahsulotlarini shartnomlar asosida sotib olamoqdalar. Afsuski ularning haqini belgilangan muddatlarda to`lay olmayotirlar. Bunday hollar majmua tarkibidagi korxonalarning iqtisodiy beqarorligi shakllanishiga мaълум дaрaжaдa сaбaб bo`lmoqda. Chunki ularning o`zaro qarzlari ortib bormoqda. Bunday holni quyidagi ma'lumotlardan ko`rish mumkin (2.2.1-jadval).
Jadvaldagi ma’lumotlarning dalolat berishicha, debitorlik va kreditorlik qarzlari barcha tarmoqlarda mavjud, lekin eng ko`p debitorlik va kreditorlik qarzlari 2005-yilgacha shirkat xo`jaliklari zimmasiga to`g`ri kelgan bo`lsa 2010-yilning boshiga kelib fermer xo`jaliklari zimmaiga to`g`ri kelmoqda. Qishloq xo`jaligining debitorlik qarzlari 65630million so`mni tashkil etgan, shundan 35084 million so`m yoki 53,5 foizga yaqini faqatgina “O`zkimyosanoat” kompaniyasi zimmasiga to`g`ri kelgan, lekin kreditorlik qarzi esa 319385 million so`mni tashkil etmoqda. Bu debitorlik qarziga nisbatan salkam ,9marta ko`proq ekanligidan dalolat bermoqda. Qishloq xo`jaligining debitorlik qarzlarini 18629 million so`m yoki 28,4foizi “O`zneftmahsulot” kompaniyasi zimmaiga to`g`ri kelgan, lekin qishloq xo`jaligining ularga kreditorlik qarzlari esa 234428 million so`mni tashkil etgan.
Qishloq xo`jalik korxonalari sotgan mahsulotlari uchun mablag`larini vaqtida olaolmaganliklari sababli ular ham «O`zqishloqxo`jalikta'minottuzatish» qo`mitasi, «O`zqishloqxo`jalikkimyo», avtotransport, energetika va boshqa tarmoqlarning mahsulotlari, xizmatlari uchun to`lanadigan mablag`larni vaqtida bera olmayotirlar.
Shu davrni o`zida ya’ni 2010-yilning boshiga qishloq xo`jaligining kreditorlik qarzlari 653580million so`mga teng bo`lgan. Shunday miqdorlardagi qarzlarning mavjudligi tarmoqlar o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlar buzilayotganligidan dalolat bermoqda. Natijada korxonalar o`rtasida o`zaro ishonchsizlik muhiti rivojlanmoqda. Korxonalar qarz mablag`larini qonun yo`li bilan undirish uchun xo`jalik sujdlariga murojaat etmoqdalar, ular esa tushgan da'volarni ko`rib, tegishli qarorlar chiqarmoqdalar.

Download 172 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish