Kirish
Xalq urf-odatlari va an’analari xalqimizning o'zi kabi umrboqiy, mehridaryodir.Yurtim izning har bir go'shasida o'ziga xos marosimlar, oilaviy-maishiy va mehnat bilan bog'liq an’analar, momolaming mehr bulog'idan qaynab chiqqan orombaxsh alla-yu olqishlar mavjud. Xalq marosimlari jo bo'lgan asriyqadriyatlar, ma’naviyat ko'zgusiga aylangan qanotli orzular, folklor ijrochilarining ko'p asrlar davomida yaratgan ijodiy faoliyati natijasida sayqallanib, barkam ollashib kelgan qadim iy urf-odatlar va an’analarni o'rganish milliy qadriyatlarimiz mohiyatini yanada teranroq anglash, tushunish imkonini beradi.Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng ajdodlarimiz tom onidan yaratilgan milliy qadriyatlarni tiklash, unutilgan an’analami keng ommalashtirish va ulami chuqur o'rganish uchun zarur sharoitlar yaratildi.O'zbek xalqining urf-odat, an’ana va marosimlariga alohida e’tibor berilishi m a’naviy tiklanish jarayoni jadal kechayotgan hozirgi kunda muhim ahamiyatga ega. Chunki yoshlami yangicha ruhda tarbiyalash, ularning ongiga milliy mustaqillik g'oyalarini chuqurroq singdirish, ajdodlarimiz yaratgan qadriyatlar mohiyatini keng targ'ib qilishda an’ana va marosimlar mohiyatini anglash, ulami chuqurroq tushuntirish milliy istiqlol g'oyasini keng omma orasiga yoyishning ta’sirchan vositalaridan biri hisoblanadi.
Reja:
1. Qari navo kuyi haqida malumot
2. Kuyning nazariy tahlili
,,Qari navo " - Xondamir “Xulosat ul-axbor”da, Bobur “Boburnoma”da, Mutribiy “Nusxayi zeboyi Jahongir”da Alisher Navoiy musiqa ilmining bilimdoni boʻlgani, tevaragidagilarni ham soz ilmini oʻrganishga chorlagani, musiqalar bastalagani haqida aytiladi. Biroq bu asarlarda Navoiy aynan qanday musiqalarni ijod etgani haqida aniq maʼlumot yoʻq.
Buyuk shoirning kuylaridan baʼzilari hozirgacha yetib kelgan, degan taxmin bor. Jumladan, Abdurauf Fitrat “Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi” kitobida “Qari Navo” yoki “Qari Navoiy” kuyi haqida yozadi: “Bu kuyning juda eski bir kuy ekani har tomonda soʻylanib turur. Eshitganimizga koʻra, Fargʻonada ham “Qari Navoiy” ismli eski bir kuy bor. Toshkent musiqachilari bu kuyni “Qari Navo” derlar. Biroq bu ism yanglishdir. Alar shul “Qari Navoiy” ismini buzib olgʻanlar. Buxoroning eski musiqashunoslarining orasida bu kuy Navoiy asari boʻlgʻoni soʻylanadir. Mana shu maʼlumotlardan soʻng “Qari Navoiy” kuyining Alisher Navoiy asari boʻlgʻani ehtimoli kuchida qoladi.
O'zbek xalq kuyi - O'zbek xalqi boy, oziga xos kop qatlam va seruslub musiqa merosiga ega. Oz tariximizni, milliy urf-odat va an’analarimizni, m a’naviy badiiy merosim izni atroflicha o rganish va undan bahramand bolish har birimizning asosiy vazifalarimizdan biridir. Xalqimiz istiqlolga erishishi munosabati bilan azaliy qadriyatlarimizni tiklash, oz tariximizni, milliy urf-odat va an’analarimizni atroflicha organish imkoniyati vujudga keldi. Ozbek musiqa merosida ikki qatlam – xalq musiqasi va og’zaki an’anadagi professional musiqa (kasbiy musiqa) ildizlari qadim zamonlarga borib taqaladi. Ozbek xalq musiqasi (musiqiy folklor) mehnatkashlarning orzu -umidlari, turmush tarzi,ichki tuyg’ularini turli vaziyat, marosim, mehnat jarayonida qoshiq (aytim) orqali aks ettirgan. Ozbek musiqa merosining ikkinchi qatlami to g’risida soz yuritar ekanmiz,shuni aytib otish lozimki, og’zaki an’anadan professional musiqa yoki kasbiy (ustozona) musiqa xalq orasida ijod qilingan, keyinchalik ijrochilik maktabida tahsil olib, yillar davomida ustaning saboqlarini olgan shogirdning ijrochilik natijasidir
,,Qari navo" kuyining nazariy tahlili
"Qari navo" kuyini bolalar va o‘smirlar kompozitori Nadim Norxo‘jayev fortepiano uchun moslashtirgan.Asar d-moll tonalligida yozilgan.Allegro moderato tempida,2/4 oddiy o‘lchovda bayon qilingan.Oddiy 2 qismli davriya shaklida yozilgan bu asar motiv,fraza,jumlalardan tashkil topgan.Eng pastki registri kichik oktava lya,eng baland registri 3 chi oktava mi tovushidir.Asar o‘zining jarangdorligi bilan o‘zbek xalq kuylarining yana bir namoyondasi sifatida gavdalandi.Asardagi akkordlarning olinishi o‘zbek xalq kuylarining qanchalik ohangdor ekanligini yana bir dalilidir.
Dinamik belgilardan mf,mp,kreshendo,diminuendo,f,p va ff belgilardan keng foydalanilgan.Dinamik belgilar asarning yanada xarakterini ochib bergan.Asar xarakteri kuychan,o‘ynoqi,eshitilishi esa birmuncha yoqimli va jarangdor.
Tasodifiy belgilardan si bemol va mi bemol alteratsiya belgilardan foydalanilgan.Asardagi shtrixlar kuyga yanada ohangdorligini oshiradi.Kuyda yarim,chorak,sakkiztalik,o‘n oltitalik notalar va sakkiztalik pauzalar qatnashgan.Fortepiano uchun moslashtirilgan Qari navo kuyi 69 taktdan iborat.Cho‘zimni uzaytiruvchi belgilardan nuqta,liga va fermatalardan foydalanilgan.Kuyda har bir belgilar mohirlik bilan ishlatilingan."Qari navo" kuyi o‘zbek xalqi musiqiy merosining yorqin namoyondasi sifatida hozirgacha barchaning qalbidan joy olgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O.A.Ibrohimov. O'zbek xalq musiqa ijodi (Metodik ko'rsatma). I qism.
T.1994. UMNHTM nashriyoti.
2. R.Yunusov.O'zbek xalq musiqa ijodi (Metodik tavsiyalar).
II qism.T. 2000.UMNHTM nashriyoti.
Do'stlaringiz bilan baham: |