Mavzu: Alla O’zbek xalq kuyi. Xalq ijodi. V. Motsart musiqasi. Alla



Download 20,64 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi20,64 Kb.
#891464
Bog'liq
alla


Mavzu: Alla O’zbek xalq kuyi. Xalq ijodi. V.Motsart musiqasi.
Alla — 1) bolani uxlatish jarayo-nida yakkaxonlik uslubida aytiladigan qo‘shiq. O‘zbek, uyg‘ur va tojik xalqlari orasida A. nomi bilan yuritiladi. Odatda oddiy kuylar bilan, ba’zida rechitativ tarzda, beshik yoki belanchakni tebratish sur’atiga mos ravishda ijro etiladi. Matni, asosan, to‘rtlik; ijro uslubi erkin, badihago‘y. A. onaning bolaga bo‘lgan mehr-muhabbati, umid va orzulari, yaxshi niyat va tilaklarini anglatish bilan birga ruhiy kechinmalarini ham ifo-dalaydi. Shu bois ba’zi A. namunalari yig‘i ohanglariga yaqin bo‘ladi; 2) beshik to‘yi jarayonida beshikni olib kirayotgan ayollar tomonidan aytiladigan qo‘shiq. Ijro xususiyatlari bayramona maro-sim kayfiyatiga mos; tantanavor doira usuli jo‘rligida kuylanishi mumkin; 3) O‘zbekistonning ba’zi hududlarida A. nomi bilan aytiladigan marosim qo‘shiqlari. Mac, Buxoro viloyati Olot va Qorako‘l tumanlari hamda Xorazmda dafn marosimi jarayonida navbat bilan ayollar (yoki maxsus chaqirilgan allachi-go‘yanda, xalfa) tomonidan badiha uslu-bida aytiladigan qo‘shiq va b. Ayrim tax-minlarga ko‘ra, A. nomi "Alloh" so‘zidan kelib chiqib, Yaratgandan chaqaloqni o‘z panohida asrashni iltijo qilishga nis-bat bilan bog‘liq. An’anaviy A. xususiyat-laridan o‘zbek bastakorlari (T. Jalilov, Yu. Rajabiy, F. Sodiqov) va kompozi-torlari (A. Muhamedov, Ik. Akbarov, S. Yudakov) ijodiy foydalanishgan.Ad: Alaviya M., O‘zbek xalq marosim qo‘shiqlari, T., 1974; Romanovskaya Ye., Stati i dokladi. Zapisi muzikalnogo folklora, T., 1959; Tursunov N., Buxoro udumlari, T., 1994.R. Choriyev
Wolfgang Amadeus Mozart (27-yanvar, 1756, Zalsburg — 5-dekabr, 1791, Vena) klassik eraning mashhur va koʻp taʼsir koʻrsatgan bastakori boʻlgan. Uning 600 dan ortiq kompozitsiyalari orasida simfoniya, konserto, kamer, pianino, opera va xor uchun yozilgan asarlar bor. Mozartning ishlaridan boshqa koʻpgina bastakorlar ilhomlanishgan va uning asarlari hamon orkestrlarning standart repertuarlaridan joy olgan.
Mozart — avstriyalik kompozitor. Vena klassik maktabining yirik namoyandasi. Sozanda, oʻqituvchi va kompozitor. Leopold Mozartning oʻgʻli va shogirdi. Yoshligidanoq noyob musiqiy isteʼdod va xotira egasi, virtuoz sozanda (pianinochi, skripkachi), mohir dirijyor va kompozitor sifatida tanilgan: 5 yoshidan ilk musiqa asarlarini ijod etgan, 6 yoshdan butun Yevropa boʻylab gastrolda boʻlgan. 1770-yildan Bolonya Filarmoniya akademiyasi aʼzosi. Zalsburg knyazarxiyepiskop saroyida konsertmeyster (1769—77) va organchi (1779—81), Avstriya imperatori Iosif II saroyida musiqachi va kompozitor (1787-yildan).
Maʼrifatchilik davri gʻoyalari taʼsiri ostida kamol topgan Mozartning ijodi 18-asrning badiiy choʻqqilaridan biri. Mozart uslubida klassik tizimga xos ratsionalizm mezonlari bilan birga sentimentalizm xususiyatlari oʻzaro tutashgan. Keng qamrovli musiqiy-badiiy obrazlar dunyosida joʻshqinlik va chuqur ehtiros, iroda va matonat, ayni paytda nafislik va mayinlik xususiyatlari keng oʻrin olgan. Uning shodlik, xushchaqchaq tuygʻularga boy, hayotbaxsh ijodida fojia mavzulari, dard-alam kayfiyatlari ham chuqur ifoda topgan.
Eng yirik musiqa ustalari oʻrtasida Mozart oʻz ijodining serqatlamligi va kengligi bilan ajralib turadi. Mozart deyarli barcha musiqa janrlariga murojaat etib, 600 ga yaqin asar yaratgan, musiqa tarixida goʻzallik va mukammal garmoniya timsoli sifatida oʻz nomini qoldirgan. Mozart operaning yangi turlarini yaratgan. „Figaroning uylanishi“ opera-komediyasi (1786), „Don Juan“ opera-dramasi (1787), „Seholi fleyta“ milliy opera-ertagi (1791) (jami 17 ta) jahon musiqali teatri xazinasining durdonalariga aylangan. Bulardan „Zaida“ (1780), „Haramdan olib qochish“ (1782), „Qohira gʻozi“ (1783) kabi operalarida Sharq mavzulariga murojaat qilgan. Mozart ijodida simfoniya (50 ga yaqin), cholgʻu konsert (40 ga yaqin), torli kvartet (23 ta), fortepiano sonatasi (21 ta) rivoj topdi. Mozart, shuningdek, turli cholgʻu asarlar, kantata, messa, kamer ansambllar, qoʻshiqlar muallifi. Uning soʻnggi asari — „Rekviyem“ (1791, shogirdi F. Zyusmayer tugallagan) mazkur janrning mumtoz namunasiga aylangan. Zalsburgda xalqaro „Mozarteum“ (tarkibida ilmiy, oʻquv, konsert boʻlimlari mavjud) muassasasi faoliyat koʻrsatmoqda (1880-yildan).
Download 20,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish