Tabiiy ehtiyojlarga – kishining faollik kasb etayotgan faoliyati, uning xayot iva uning avlodi hayotini saqlash va qullab - quvvatlash uchun zarur bulgan shart - sharoitlariga buysunish kiradi.
Madaniy ehtiyojlarga − odamning faol faoliyati insoniyat madaniyatining maxsuliga bog’liq ekanligi misol bo’ladi. Shuni ta’kidlash joizki, madaniy ehtiyojlar o‘zining darajasiga ko‘ra, jamiyat tomonidan o‘z a’zolari oldiga qo'yilayotgan talablar bilan bog’liqligiga ko'ra, ular o'zaro bir - birlaridan keskin farq qiladilar.
Masalan, hozirgi zamon yoshlarining bilim olishga nisbatan tinimsiz izlanishini, ya’ni bilim olish ehtiyojining mohiyatini eng so'ngi modada kiyinishga odatlangan xuddi shu yoshdagi tengdoshining ehtiyojlarini bir mezon bilan o’lchash va baholash adolatdan emas. Chunki ehtiyojlarning mohiyatiga, ularni qondirish uchun amalga oshirish ko‘zda tutilgan faoliyat natijasiga, ularning xususiyatiga, ijtimoiy yoki individual yo‘nalganligiga ko‘ra, har qaysisi alohida - alohida baholanadi.
Ijtimoiy jamiyatning o‘z fuqarolari oldiga qo'yayotgan talablariga, jamiyatning huquq asoslariga, xalq an’analariga, yurish - turish qoidalariga, ma'naviyat va qadriyat tizimiga, maslak va dunyoqarash
mohiyatiga mos tushadigan ehtiyojlar yuksak onglilik, ijtimoiy faollik, ma'naviy kamolot uchun xizmat qiladi va jamiyat taraqqiyotining muhim mezonlaridan biri bo’lib, madaniy ehtiyojlarning tug'ilishi hamda ularning qondirilishida muhim o‘rin egallaydi.
Ehtiyojlar o’z predmetining xarakteriga ko’ra moddiy va ma`naviy bo’lishi mumkin.
Moddiy ehtiyojlar - kishining moddiy madaniyat predmerlariga qaramligi (ovqatlanishga, kiyinishga, uy – joyga, maishiy turmush ashyolariga va boshqa narsalarga ehtiyoj sezishi).
Ma`naviy ehtiyojlar-esa ijtimoiy ong maxsuliga tobeligi.
Faoliyat faollik manbai hisoblanmish ehtiyojsifatiga yuzaga kelgantarzda faollikning yo’naltiruvchisi tariqasidagi anglanilgan maqsad bilanidora qilinadi. Faoliyatni yuzaga keltiruvchi motivlar odamning turli - tuman ehtiyojlari , qiziqishlari va maqsadlaridir.
“Insonga xos bo‘lgan ehtiyojlarning mazmuni, shakli va qondirilish usuli" ijtimoiy - tarixiy taraqqiyot davrida rivojlanib, o‘zgarib va takomillashib boradi. Hozirgi zamon kishisining ehtiyojlari va ularning qondirilishi ajdodlarnikidan ham, avlodlarnikidan harn butunlay farqlanadi, lekin etnopsixologik xususiyatlar ta'siri o‘z ahamiyatini yo'qotmaydi. Shaxsning ehtiyojlarini to‘la - to‘kis qondirish uni komil inson sifatida kamol toptirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblansa - da, lekin bu uning ustuvor ekanligini bildirmaydi, chunki boshqa ta'sir ko‘rsatuvchi omillar ham mavjuddir.
Kamolotga erishishning muhim sharti hisoblanmish mehnat insonning ehtiyojiga aylanmas ekan, u o‘z ehtiyojlarini yengil, oson yo’llar bilan qondirishga harakat qilsa, inqirozga uchraydi. O‘z ehtiyojlarini yengil yo‘l bilan qondirish ijtimoiy qonun - qoidalarga zid xulq - atvor manbayiga aylanishiga, jinoiy xatti-harakatning kelib chiqishiga, tekinxo'rlik illatining namoyon bo‘lishiga zamin hozirlaydi.
Ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog’liq bo’lgan faoliyatga undovchi va uning yo’nalishini belgilovchi sabablar motivlar hisoblanadi.
Lekin ehtiyojlar hamma vaqt ham faoliyatning motivi bo’la olmaydi.Inson faoliyati ko’pchilik hollarda anglangan maqsad, ijtimoiy burch, ijtimoiy talablar taqazosi bilan yuzaga keladi. Odam ko’pchilik hollarda jamiyat talablarini o’z oldidagi ijtimoiy burchini bajarish maqsadida biron faoliyat bilan shug’ullanadi, faollik ko’rsatadi va mehnat qiladi. Ya’ni inson shaxsiy ehtiyojni qondirishi uchun mehnat qiladi, u yoki bu mahsulot ishlab chiqariladi, oqibat natijada odam ijtimoiy jamiyat farovonligi uchun o’z shaxsiy ulishini qo’shadi.
Mehnat faoliyati yashash, ehtiyojni qondirish, kelajak uchun mo’l - ko’lchilik vujudga keltirish uchun, yaratilgan mahsullarni (me’morchilik, san’at, madaniyat asarlarini) saqlash, asrash, me’ros sifatida qoldirish funksiyalarini bajaradi. Shuning uchun mehnat faoliyati 10 minglab kasbkor professiogrammasiga asoslangan holda turli shaklda tashkil qilinadi va muayyan reja, maqsadni ro’yobga chiqarish uchun har xil vaziyatlarda amalga oshiriladi.
Shuni ham aytish joizki, ehtiyojlarning qondirilishi yana va yana shunday bir vaziyatni keltirib chiqaradiki, bunda kishi ehtiyojlari rivojlanishining erishilgan darajasi bilan ularni qondirishning real imkoniyatlari o'rtasida ziddiyat namoyon boiadi.
Ziddiyatlarning shaxs rivojlanishiga olib boradigan darajada hal etilishi faoliyatda uni amalga oshirishning muayyan vositalarini (usullarini, malakalarini, jarayonlarini, bilimlarini va boshqalarini) ta'lim jarayonida egallash orqali ro'y beradi.
Biologik ehtiyojlar-
fiziologik(tashnalik,ochlik,uyqu),jinsiy,moslashuv ehtiyojlari
Do'stlaringiz bilan baham: |