O’zbekiston Respublikasi Хalq talim vazirligi
Respublika bolalar kutubхonasi
EHTIYOJLAR VA RESURSLAR
Atrofingizga bir nazar tashlang, bunda siz inson hayoti nimalardan iborat ekanligini bilib olasiz. Kishilarning mehnat qilishi, mehnatga haq olishi, har xil ehtiyojlarni qondirishi inson hayotining asosini tashkil qiladi.
Ehtiyojlar deb, kishilarning yashashi, mehnat qilishi va ma’lum ijtimoiy mavqega ega bo’lishi uchun iste’mol etilishi zarur bo’lgan mahsulotlar va xizmatlar yig’indisiga aytiladi.
Tabiiyki, har bir insondan hoxish, istak turlicha bo’ladi va shu tariqa ehtiyojlar ham turlicha bo’ladi.
Inson jamiyatda yashar ekan, u albatta o’z hayoti davomida vujudga kelgan ehtiyojlarni ta’minlashga harakat qiladi. Lekin ehtoyojlarni birlamchi – qondirilishi juda zarur v ikkalamchi - qondirilishi unchalik shart bo’lmagan turlari mavjud.
Kishilarning kiyim – kechakka, oziq – ovqatga, uy joyga bo’lgan ehtiyoji birlamchi ehtiyoj turiga kiradi.
Ehtiyojning ikkilamchi turiga qimmatbaho taqinchoqlar taqih, katta bir shashar yoki kurortlarda dam olish, ikkita yoki undan ortiqroq avtomashinaning egasi bo’lish, dang’illama imorat qurish va hakozolar kiradi.
Biz ehtiyojlarni shakllariga qarab ham ajratamiz. Ma’lumki, kishilarning ovqat iste’mol qilishi, kiyim kiyishi kabi ehtiyojlaridan tashqari, bilim olish, o’rganish, mehnat qilish kabi ehtiyojlari ham mavjud.
Umuman oladigan bo’lsak, ehtiyojlarning turlari ko’p, ularni bir – biriga o’xshash tomonlarini e’tiborga olib, asosan uchta qismga bo’lamiz.
1. Moddiy ehtiyojlar insoniyat paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi. Moddiy ehtoyojlar, kundalik birlamchi ehtiyojlar bo’lib, ular oziq – ovqat, kiyim kechak, uy – joy va boshqalardir.
2. Ma’naviy ehtiyojlar qismiga kiruvchi ehtiyojlar jamiyatning rivojlanib borishi natijasida yuzaga keladi. Bunday ehtiyojlarga bilim olish, malaka oshirish, dam olish, davolanish va boshqa har xil xizmatlar kiradi.
3. Ijtimoiy ehtiyojlar asosan mehnat qilishga bo’lgan ehtiyojlar bo’lib, kishilarning maqsadli faoliyatini bildiradi.
Ehtiyojlarni qondirishning asosiy yo’li – ishlab chiqarish hisoblanadi. Ishlab chiqarishni amalgam oshirish uchun esa har xil resurslar talab qiladi.
Resurslar har bir mamlakatda mavjud bo’lib, ularning ba’zilari oz, ba’zilari ko’p bo’lsada, umuman olganda cheklangandir.
Ularning tabiatda quyidagi asosiy ko’rinishlari mavjud^
Tabiiy resurslar. Bu – yer va unda o’sadigan barcha narsalar, daryo resurslari, ko’l, dengiz va okeanlar, mineral resurslar, qazilma boyliklardir.
Mehnat resurslari. Bu – siz bilan bizning qobiliyatimiz, hayotda olgan bilimlarimiz, kuchimiz, aqlimiz va xotiramiz.
Ishlab chiqarish vositalari. Bu – inson mehnati bilan yaratilgan vositalar^ asbob - anjomlar, stanoklar, ya’ni dastgohlar, turli jihozlar, komp’yuterlar, ishlab chiqarish binolari, transport vositalari va ishlab chiqarish uchun kerakli homashyolar.
Bir mahsulot uchun resurslarning ko’p sarflanishi boshqa mahsulot uchun resurslarning qisqarishiga olib keladi.
Masalan 1 tonna non uchun 700 kg don ketadi deylik. 1 tonna sut uchun esa 1200 kg don kerak bo’ladi. Sutni ko’proq ishlab chiqarish uchun bundan ham ko’proq non ishlab chiqarishdan voz kechish kerak bo’ladi.
Demak, xulosa qilib aytishimiz mumkinki, chegaralangan resurslar bilan bir vaqtning o’zida hamma ehtiyojlarni qondirib bo’lmasligi sababli, u yoki bu ehtiyojlarni qondirishning eng qulay darjasini tanlab olish kerak bo’ladi.
Yana shunday ne’matlar borki, ular tabiatdan bevosita iste’mol qilinadi. Tabiat tomonidan yaratilgan va ehtiyojni qondirish uchun kishilardan hech qanday haq talab qilmaydigan narsalarga quyosh nuri, havo, suv, yer, boshqalarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Biz ularni tekin ne’matlar deb ataymiz. Lekin shu bilan birga tekin ne’matlar iqtisodiy ne’matlarga eylanishi mumkin. Misol: Siz bodring ekdingiz va parvarish qildingiz. Shu shaxsiy tomorqangizdagi bodringni yetishtirish uchun ishlatilgan yer, quyosh nuri va suv siz uchun tekin ne’mat hisoblanadi.
Shunday holat bo’ladiki, siz o’zingiz yetishtirgan mahsulotlarning bir qismini bozorga olib chiqib sotdingiz. Puliga do’kondan un yog’ sotib oldingiz. Bu holat tekin ne’matning iqtisodiy ne’matga aylanganini ko’rsatadi.
Ko’pincha, biz iste’mol qiladigan juda ko’p mahsulotlasr bizga zaruru holatda bo’lmaydi.
Yana bir misol, siz velosiped sotib olmoqchisiz. Albatta velosipedni tayorlash uchun katta xom ashyo (temir), ish kuchi, vaqt ketgan. Lekin siz hech qachon bularni alohida – alohida sotib olib velosipedni qo’lingizda yasay olmaysiz, balki bularning hammasini mujassamlashtirgan holatda teyor velosipedni do’kondan sotib olasiz.
Iqtisodiy ne’matlarning yana bir turi mana shunday tayor mahsulotlardan iborat.
Jamiyat rivojlanib brogan sari, ehtiyojlar ham orta boradi, ammo aytib o’tganimizdek, shu ehtiyojlarni qondirish uchun kerak bo’lgan iqtisodiy resurslar bizda cheklangandir.
Bu esaehtiyojlar va resurslarning nomutanosib ekanligini anglatadi. Shu sababli o’sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish uchun chegaralangan resurslardan oqilona foydalanib, ularni iqtisodiy iste’mol ne’matlarga aylantirish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |