Maslahat beruvchi psixologning asosiy vazifasi mijoz muammolarini chetdan kuzatish va anglanmagan, nazorat qilinmaydigan qiyinchilik manbalarini muhokama qilishga yordam berishdan iboratdir. Bu ham psixologik ta’sir, biroq juda yumshoq ta’sir. Maslahat berish shuningdek, qisqa muddatliligi (1tadan 5- 6 tagacha uchrashuvlar) bilan farqlanadi. Ba’zi mualliflar maslahat berishni psixoterapevtik yordam berishning dastlabki bosqichi deb hisoblashadi. Demak, shuni aytish mumkinki, psixologik ko’makning turli ko’rinishlari extimol bir jarayonning har xil bosqichlarida qo’llanilishi mumkin.
Bu jarayonbBa’zi shartli tushunchalar ya’ni yaxshi me’yor ( normal sog’lom inson), chegaraviy me’yor ( ruhiyatdagi boshlang’ich chekinishlar), kasallik
(patologik psixik holatlar)ni kiritamiz va ularga psixologik ko’mak ko’rinishlarida ish olib borish mumkin.
Psixologning psixologik targ’ibot va profilaktikaga qapatilgan faoliyatidan so’ng o’z muammo yoki xatosini anglagan holda psixologik maclahat uchun o’zlari yoki kimninrdir tavsiyasi bo’yicha murojaat eta boshlaydilar. Maslaxat ishlari maktab psixologining asosiy ish turlaridan biri bo’lib, psixologdan chuqur nazariy bilim va amaliy tajriba talab qiladi.
Psixologik maslahat maqcadiga ko’ra quyidagilarni o’z ichiga oladi:
a) maslahat yoki tavsiya berish; b) diagnoz (tashxis) quyish; v) ta’sir etish. Maslahatlar alohida gypyhlar uchun va individual ko’rinishda bo’ladi. Vaziyatga qarab pcixolog o’z maclahatini yuzma-yuz yoki anonim (ishonch telefoni) tarzda o’tkazishi mumkin.
Psixolog maslahatining ruhiy ko’rinishda u o’z suxbatdoshiga nisbatan samimiy va e’tiborli munosabatda bo’lishi, begonaning tashvishiga sherik bo’la olishi muammoni oson hal etilishining garovidir.
Maktabdan tashqari ta’limni tashkil qilish davlat talablari o’quvchilarning bo’sh vaqtini tarbiyaviy ta’lim jihatdan samaradorli tashkil etishga qaratilgan bo’lib, “Ta’lim to’g’risida” gi qonun va Milliy dastur asosida ishlab chiqilgan Maktabdan tashqari ta’limni urf - odatlarimiz milliy qadriyatlarimizni Respublika hududlari talablari asosida tashkil etib, uning tarmog’ini kengaytirish, hozirgi zamon talablari darajasida isloh qilish kun tartibida turgan dolzarb masaladir.
Hozirgi paytda yangi pedagogik va axborot texnikaviy qonuniyatlar asosida pedagog olimlarimiz maktabdan tashqari ta’limni tashkil etishning turli shakl va metodlarini ishlab chiqish yo’nalishida tegishli tadqiqotlarni olib bormoqdalar.
Ushbu talablar barcha maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini o’quv – tarbiyaviy ishini rejalashtirishda dastur va uslubiy materiallar, metodik qo’llanmalar, o’quv adabiyotlarini tayorlashda muhim hujjat bo’lib maslahat qiladi
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining tugarak qatnashchilari ongida yuksak ma’naviy axlokiy fazilatlar mujassamlashgan bo’lishi kerak. Shuning bilan birga bu, bir joyda tuxtab turuvchi jarayon emas.
Psixologik maslahat faoliyati o’quvchilar aqliy tarakqiyoti va shaxsiy xususiyatlarini diagnostika qilishga, ta’lim tarbiyadagi buzilishlarning psixologik sabablarini aniqlashgina qaratilmasdan, balki bunday buzilishlarni yo’qotish va oldini olishga qaratiladi. Bunday psixologning aniqlangan chetlashishlarni korrekstiya qilishda faol ishtirok etish zarurligi kelib chiqadi.
Psixologik maslahat faoliyatini bolalar, yosh va pedagogik psixologiya, psixokorrekstiya, psixologik maslahat sohasida umumiy psixologik va maxsus psixologik bilimlar olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Psixologik maslahatga jalb qilingan pedagoglar bu mutaxassislikni olish uchun maxsus qayta tayyorgarlikdan o’tishlari lozim.
Psixolog maslahat berish ishlarida quyidagi ishlarni olib boradi:
Bolalar, o’qituvchilar, talabalar ta’lim va tarbiyasi bilan shuTo’g’ri ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan ma’muriyat /direktor, rektor, mudir/ o’qituvchilar, murabiylar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari, xodimlariga aniq yaqqol, maslahatlar berish.
Ta’lim, tarakqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish, o’zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar va voyaga etganlar munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish.
3. Ma’muriyatga, bolalar, o’quvchilar, talabalarga (yotoqxonada, klublarda, kutubxonalarda) qiziqtiruvchi masalalar bo’yicha bolalar, o’quvchilar, talabalarning psixik o’sishi hususiyatlariga oid ma’lumot berishi, o’g’il va qizlarni asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarni g’amxo’rlik va vasiylik to’g’risidagi qabul qilgan qarorga munosabati, shaxs taqdirini xal qilishda qatnashishi va maslahatli fikr berishi lozim.
4. Ota onalarga bolaning psixik rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida shakllanishi, o’zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlarning yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyatlari muammosi bo’yicha ilmiy-amaliy maslahatlar beradi.
5. Yangi tipdagi maktablarga o’rta-maxsus va kasb-hunar kolleji o’quvchilari, akademik listey talabalariga ularning imkoniyati, istiqboli to’g’risida ilmiy – amaliy xususiyatga molik maslahat ishlar olib borish: yoshlarni saralash, tanlash, ixtisoslikka yaroqlilik darajasini aniqlash, tanlov komissisiyasida maslahatchi sifatida ishtirok etish.
Mazkur ishlar o’quvchilarni maktab, kollej va listeylarda o’qitish davomida psixologik – pedagogik jihatdan chuqurroq o’rganishga yo’naltirilgan bo’lib, ularning individual xususiyatlarini, ta’lim tarbiyadagi nuqsonlarning sabablarini aniqlashga mo’ljallangandir. Diagnostik ishlar guruhiy yoki individual tarzda o’tkaziladi. Bu asnoda amaliy psixolog quyidagi vazifalarni bajaradi.
Yosh davr taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog bolalar, o’quvchilar, maxsus maktab, o’quvchilarini, akdemik listey va kasb xunar kollejlari, oliy o’quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan o’tkazadi, ularning darajalarini belgilaydi. O’quvchilarning kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi, ularning shaxsga xos hislatlari, irodaviy sifatlari, his – tuyg’ulari, o’z-o’zini boshqarish imkoniyati, intelektual darajasini tekshiradi.
Maslahat berish ishlari-amaliyotchi psixologning asosiy faoliyat turlaridan biridir. Maslahat berish ishlari o’qituvchilar, o’quvchilar, ota-onalar uchun olib boriladi. Maslahat berish ishlari individual va guruhiy bo’lishi mumkin. Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini umumlashtirish shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilar ko’pincha psixologga quyidagi muammolar bo’yicha murojaat qiladilar: turli fanlar bo’yicha o’quvchilarning o’zlashtirishdagi qiyinchiliklar, bolalarning o’qiy olmasligi va istamasligi, guruhda nizoli vaziyatlar, shaxsiy pedagogik ta’sirning natija bermasligi, har xil yoshdagi bolalarning tengdoshlari oila muloqoti va bolalar jamoasining shakllanishi, kasbiy malakalarini oshirish yo’llari, o’quvchilarning qobiliyatlari, layoqatlari, qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish yo’llari, o’quvchilar bilan kasbga yo’naltirish ishlarini olib borish.
Amaliyotchi psixologga o’qituvchilar ham murojaat qiladilar:
Kattalar va tengdoshlari bilan o’zaro munosabatni yaxshilash masalalari, o’z-o’zini tarbiyalash, kasbiy va shaxsiy o’z-o’zini bilish, aqliy mehnat va xulq-atvor madaniyati va boshqa muammolar bo’yicha murojaat qiladilar.
Psixolog o’quvchilar bilan bevosita aloqada bo’lib, ularda vujudga kelgan muammolarni hal qiladilar. Bu to’g’ridan -to’g’ri maslahat berish deb ataladi. Ba’zan o’quvchilar va ota-onalarga o’qituvchilarning u yoki bu muammolari bo’yicha maslahat beradi, bu bavosita maslahat berishdir, bunda ma’lum qoidalarga amal qilishga to’g’ri keladi. Maslahat berish markazida har doim psixolog va maslahat berilayotgan shaxsning o’zaro ta’sir jarayoni, ular orasida ishonchli o’zaro munosabatni o’rnatish yotadi. Bunda psixolog – maslahat beruvchi, o’kituvchi, ota-ona – maslahat beriluvchi, o’quvchi mijoz rolida bo’ladi.
Maslahat berish – psixologik maslahatning asosiy yo’nalishlaridan biridir. Lekin psixologik maslahat o’zi nimaligi haqida yagona tushuncha yo’q. Kollejlardagi yoki akademik listeylardagi psixologi ishidan tubdan farq qiladi. Psixolog aniq o’quv muassasasidagi o’qituvchilar va O’quvchilar orasidagi munosabatning ijobiy va salbiy tomonlarini rivojlanadigan ijtimoiy muhitning ichida bo’ladi. U har bir o’kuvchi yoki o’qituvchining o’zinigina emas, shaxslararo munosabatning murakkab sistemasini ham ko’radi, boshqa ish turlari bilan birgalikda vaziyatni hal qiladi.
Maslahat berish ishini quyidagicha sxematik tasvirlash mumkin.
Psixolog maslahat O’qituvchi
muammolar
Sabablarni bola bilan
Aniqlash O’quvchi ishlash
Yuqoridagi usulda ish olib borganda psixolog va o’kituvchi o’z sohasini yaxshi biluvchi mutahassislar sifatida namoyon bo’ladi.
1. O’quvchi muammolari bo’yicha ularning hamkorligi bilimlarining birikuviga imkon beradi va muammolarni hal qilish uchun keng ijodiy imkoniyatlar yaratadi. Maslahat berishning asosiy ahamiyati ana shunda.
2. Psixolog o’quvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari, ularning qiziqishi, mayli, ilk iqtidori kabilarni o’rganadi, mutaxassis va etuk shaxs sifatida shakllanishiga yordam ko’rsatadi.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar, hunar bilim yurti tinglovchilari yangi tipdagi maktab, oliy o’quv yurti talabalarida uchraydigan o’quv malakalari va ko’nikmalarini egallashdagi nuqsonlar xulq-atvordagi kamchiliklar, intellektual tarqqiyot va shaxs fazilatlaridagi buzilishlarni diagnostika qiladi.
4. Boshqa sohaning mutaxassislari bilan birgalikda psixik rivojlanishlagi nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olgan holda differenstial diagnostikani amalga oshiradi. Nuqsonlarning tibbiy va defektologik tabiatini aniqlaydi. Asosiy xulq-atvor sabablarini va shakllarini belgilaydi. Giyohvandlik va alkogolizm, o’g’rilik, daydilikning ijtimoiy psixologik ildizlarini tekshiradi, omillarni tahlil qiladi.
5. Iqtidorli talabalar, yosh mutaxassislarni tanlashda ishtirok qilish ilmiy psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va unga asoslanib, ularga nafaqalar belgilashda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |