Tuz sanoati O'zbekiston oziq-ovqat sanoatining eng yosh tarmoqlaridan biridir. 1990-yilgacha aholining osh tuziga bo’lgan ehtiyoji asosan chetdan (Ukraina, Qozog’iston, Turkmaniston, Rossiyadan) keltirilgan osh tuzi hisobiga qondirilgan. Mustaqillik yillarida respublika aholisini osh tuziga bo’lgan ehtiyoji mahalliy xom ashyo hisobiga qondirilmoqda. Qoraqalpog`istonning Qo’ng`irot tumanida yiliga 100 ming t., Surxondaryoning Sherobod tumani (Xo’jaikon)da yiliga 150- 200 ming t. osh tuzi qazib olinmoqda va aholi keng iste`moliga chiqarilmoqda.
Choy sanoati. Samarqandda O'rta Osiyoda yagona choy qadoqlash fabrikasi joylashgan. 1923 yilda ishga tushgan bu korxona, asosan Hindiston, Xitoy, Indoneziya, Gruziyadan keltiriladigan xom ashyo hisobiga ishlaydi. Korxona chet el dastgohlari bilan jihozlangan bo’lib, yiliga 11-12 ming t. choy qadoqlaydi.
Tamaki sanoati, Tarmoqda 3 ta yirik korxona Samarqand va Urgut tamaki fermentlash zavodlari (har birining yillik quvvati 25 ming t. tamaki) va Toshkent tamaki fabrikasi ishlab turibdi. Toshkent tamaki fabrikasida xilma-xil papiros va filtrli sigaretalar tayyorlanadi. Mazkur fabrika negizida Buyuk Britaniyaning "BAT" kompaniyasi bilan hamkorlikda qo’shma korxona faoliyat ko’rsatmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari .–T.: 1997.
Karimov I.A. O’zbekiston "milliy" istiqlol, iqtisodiyot, siyosat, mafkura. T., 1996.
Abirqulov Q. Iqtisodiy geografiya. T., 2004.
Алаев Э.Б. Социально-экономическая география. Понятийно-терминологический словарь. – М.: Мысль, 1983.
Akramov Z.M. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi o’quv dasturi. T., 1992.
Asanov G.R. Sotsial-iqtisodiy geografiya: termin va tushunchalar izohli lug'ati. - T.: O'qituvchi, 1990.
Asanov G.R., Nabixonov M., Safarov I. O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo'g’rofiyasi. -T.: O'qituvchi, 1994.
Axmedov E.A. O'zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida. –T., 2002.
Axmedov E.A., Boltayev M.J. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. Ma’ruzalar matni. Toshkent, 2000.
Axmedov E.A. va va boshqalar. Mustaqil O'zbekiston. T., 2001.
Axmedov E.A., Saydaminova Z. O'zbekiston Respublikasi. Qisqacha ma’lumotnoma. Toshkent, O'zbekiston, 1995.
Baratov P. O’zbekiston tabiiy geografiyasi. -T.: O'qituvchi, 1996.
Vahobov H. Tillaboyeva M. Iqtisodiy geografiya asoslari. – T.: O'qituvchi, 2001.
Ro’ziyev A.R., Abirqulov Q.N. O'zbekiston iqtisodiy geografiyasi. -T.: "Sharq", 2002.
Do'stlaringiz bilan baham: |