Режа: O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’G’risidagi dastlabki qarashlar



Download 249,32 Kb.
bet11/12
Sana09.06.2017
Hajmi249,32 Kb.
#10780
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

IV. Prezident Islom Karimov 2000 yil 8 iyunda “Fidokor” gazetasi muxbiri savollariga javoblari “Milliy istiqlol mafkurasi – xalq ehtiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir” deb nomlangan bo’lib, mazkur asar Prezidentning 8-jildidan joy olgan.

Har qanday jamiyatni, xalqni sog’lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o’z muddaolariga erishish uchun ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor g’oyalari mavjud bo’lib kelgan. Prezidentimiz tahbiricha, mafkura – jamiyatda yashaydigan odamlarning hayotiy mazmuni, intilishlarini o’zida mujassamlashtiradi. Har qanday inson, tabiiyki, murod-maqsadsiz yashay olmaydi. Mamlakatlar, davlatlar o’z manfaatlarini milliy g’oya, milliy mafkura orqali belgilab oladi.

Hozirgi zamonda eng katta xavf – insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir.

Prezident Islom Karimovning “Milliy istiqlol mafkurasi – xalq ehtiqodi va kelajakka ishonchdir” asarida ko’tarilgan asosiy g’oyalar quyidagilardan iborat:



  • Mamlakat, davlat manfaatlari milliy mafkura orqali ifodalanadi.

  • Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo’layotgan kurashlar ko’p narsani hal qiladi.

  • Qudratli davlatlar, ayrim siyosiy markazlar inson ongini zabt etib, o’ziga qaratish uchun kurashmoqda.

  • Mafkura dunyosida bo’shliqqa yo’l qo’yib bo’lmaydi. CHunki hozirgi paytda ro’y berayotgan ayrim salbiy holatlar mafkuraviy bo’shliq tufayli yuz bermoqda.

  • Odamning qalbida ikkita kuch – bunyodkorlik va vayronkorlik hamisha o’zaro kurashadi.

  • Yot mafkuraviy tahsirga ayrim yoshlar kirib ketmasligi uchun mafkuraviy immunitetni kuchaytirish kerak.

  • Maqsad huquqiy demokratik davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik famiyatini barpo etishdan iborat.

  • Siyosiy va davlat qurilishini erkinlashtirish lozim.

  • Oilani mustahkamlash orqali adolatli jamiyatni shakllantirish.

  • Jamiyatning iqtisodiy asosi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga qaratilishi kerak.

  • Jamiyat yuksak ma’naviy va axloqiy qadriyatlar asosida rivojlanadi.

  • Milliy mafkurani yoshlar ongiga sodda, lo’nda qilib tushuntirishda turli vositalardan samarali foydalanish.

  • Mafkura qotib qolgan aqidalar yig’indisi emas, balki u uzluksiz jarayon bo’lganligi boisdan millat manfaatlariga javob berishi darkor.

  • Milliy mafkurani tepadan turib yaratib bo’lmaydi, u printsipial masaladir.

  • Milliy istiqlol mafkurasi Vatan tuyg’usi, ona tiliga muhabbat, milliy qadriyatlarga ehtiborda bo’lishi, oila mahalla, ya’ni milliy qadriyatlar bilan birga umuminsoniy qadriyatlarga, diniy qadriyatlarga, mahrifat tamoyillariga monand rivojlanish kerak. (Karimov I.A. Asarlar. T. 8. 489-508-betlar).

V. 2001 yil 18 yanvarda O’zbekiston Prezidentining “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani bo’yicha tahlim dasturlarini yaratish va respublika tahlim tizimiga joriy etish to’g’risida” gi Farmoyishi qabul qilindi. Bunga ko’ra Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida, maktablarda “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” , “Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari” fanlari tahlim dasturlariga kiritildi.

VI. 2006 yil 25 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-mahrifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga binoan Respublika Ma’naviyat va mahrifat kengashi huzuridagi Milliy mafkura ilmiy targ’ibor markazi o’rniga Respublika Ma’naviyat va mahrifat kengashining ilmiy-amaliy yo’nalishda faoliyat olib boradigan, davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilgan Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi. Ya’ni, Respublika “Ma’naviyat va mahrifat” markazi Respublika “Ma’naviyat va mahrifat” kengashining amaliy targ’ibot yo’nalishda faoliyat olib boradigan Respublika targ’ibot markaziga aylantirildi.

1. Geosiyosiy maqsadlarga erishish yo’lidagi mafkuraviy tahsir o’tkazishning «Bo’lib tashla va hukmronlik qil» degan qadimiy tamoyilining quyidagi yo’llari mavjud:

1) Mamlakat ichida ijtimoiy parokandalikni keltirib chiqarish.

2) Mintaqa davlatlari o’rtasida turli ziddiyatlarni yuzaga keltirish. Mintaqada gegemonlikka asoslanib, davlatni zaiflashtirish orqali o’z «ittifoqchisiga» aylantirishga erishish.

3) Xalqaro maydonda muayyan mamlakat haqida noto’g’ri, noxolis tasavvurlarni shakllantirish.



2. Mintaqada geostretegik manfaatlarni ifodalovchi «Bo’lib tashla, va hukmronlik qil» tamoyilini to’ldirishga xizmat qiluvchi «Imtiyozli hamkorlikni belgilash» tamoyili ham mavjud. Uning maqsadi:

1) Har bir davlat kim balandir shiori bilan imtiyozli hamkorlikka asoslanishi.

2) Ayirmachilikni shakllantirish.

3) «Nomaqbul» davlatlar imkoniyatlarini cheklash.

4) Maqsad - muayyan mintaqaga tahsir o’tkazish plandarmiga ega bo’lish.

3. «Teng huquqli va o’zaro foydali hamkorlik» tamoyili geostro-tegin manfaatlarni ro’yobga chiqarish va davlatlararo aloqalarni mustahkamlashning eng oqilona va to’g’ri yo’lidir. O’zbekiston bunga amal qilib kelmoqda.

Barkamol shaxs – demokratik jamiyat tayanchi. Ma’naviy barkamol inson haqidagi ijtimoiy-siyosiy qarashlar, falsafiy fikrlar tarixda kuni kecha paydo bo’lgan emas. Uning tarixiy ildizlari SHarq mutaffakirlari ijodiy, falsafiy tahlimotlariga borib taqaladi. Ayni paytda dunyoda eng rivojlangan demokratik mamlakatlar tarixiy taraqqiyotini o’rganish shundan dalolat beradiki, biron-bir jamiyat dastlab barkamol avlodni voyaga yetkazmasdan turib, buyuk o’zgarishlarni sodir etolmagan. Mustaqil O’zbekiston taraqqiyotining taqdiri, uning kelajagi ham bundan mustasno emas. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ta’kidlab kelinayotganidek, har qaysi jamiyat, har qaysi davlat va millat qudrati, uning tabiiy boyliklari harbiy kuchiga va hatto ishlab chiqarish texnologiyalariga ham bog’liqligi nisbiydir. Uni birinchi navbatda dunyoga tanitadigan, yuksak madaniyatli ma’naviy barkamol insonlardir. Masalan, ana shu nuqtai nazardan yondashish muhim ahamiyatga egadir. Negaki, demokratik jamiyatning o’zini ham faqat mahrifatli, ma’naviy barkamol kishilargina barpo etishi mumkin. Prezident Islom Karimovning Oliy Majlisning Birinchi chaqiriq, birinchi sessiyasida «O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari» mahruzasida «Biz sog’lom avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishimiz kerak. Sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’lomlikni emas, balki sharqona axloq-odob va umumbashariy g’oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz» - degan fikrlari mamlakatimizda demokratik jamiyatni barpo etishda – barkamol avlodni voyaga yetkazish strategik ahamiyatga ega ekanligi isbotidir. SHu o’rinda barkamol shaxs tushunchasi, uning demokratik jamiyatni barpo etishdagi o’rni masalasini tahlil etish muhim ahamiyatga egadir. Albatta, SHarqning buyuk allomalari asarlarida komil inson masalasi doimiy ravishda katta o’rin olib kelinganligiga va ularni bezovta qilganligiga ham bog’liq emas.

Bu muammoga o’z munosabatini bildirgan Yurtboshimiz shunday deydi: «Qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytsak, SHarqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar». Va davom etib «Komil inson deganda, biz, avval, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, mahrifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo’lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko’radi. O’z fikri-o’yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi, yetuk odam bo’ladi».48 Ana shunday barkamol, yetuk insonlarni tarbiyalab, voyaga yetkazish mustaqillikni mustahkamlash, uni ko’z-qorachig’iday asrab-avaylash talab-ehtiyoji bilan bog’liq bo’lgan ob’ektiv taraqqiyot zaruratidir.

Buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy bundan besh asr oldinoq komil insonlar haqidagi tahlimotini yaratgan edi. Uning bu haqdagi fikrlari asosan «Mahbub ul-qulub», «Hayrat ul-abror», «Nasoyimul muhabbat» asarida o’z ifodasini topgan. Alisher Navoiyning komil insonga xos xususiyatlar, uning SHarqona xislat va fazilatlarini batafsil sanab o’tgan. U «Mahbub ul-qulub» asarida «Odam ikki dunyoning eng aziz va sharof mahluqidir», degan so’zni keltiradi. A.Navoiy fikricha, Parvardigorning olamni yaratishdan maqsadi inson edi.

SHunday ekan, mamlakatimiz kelajagi, demokratik islohotlar taqdiri kishilarning, butun xalqning ongi, mahnviyati darajasiga bog’liq. Inson ruhiyati sog’lom bo’lsa, o’zligini anglasa, shaxsga aylanadi. Kishi shaxs darajasiga ko’tarilsagina, ya’ni o’z mustaqil fikriga, dunyoqarashiga, chinakam insoniy fazilatlarga ega bo’lganidagina, “demokratiya nehmatlarining oddiy istehmolchisi emas, balki ularning faol yaratuvchisi va himoyachisiga aylanadi. Va demokratiya, fuqarolik jamiyati asoslarini amalda barpo etish, inson haq-huquqlari va erkinliklarini ta’minlash mumkin bo’ladi”49.



Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori hamda “Tahlim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida tahlim tizimini isloh qilish masalalari. 1997 yil 29 avgustda Oliy Majlis 9-sessiyasida Prezidentimiz Islom Karimov “Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” haqida mahruza qildi. Bu mahruzada tahlim tizimini tubdan isloh qilishning bosh maqsad va yo’nalishlari, strategik yo’nalishlari belgilab berildi. Mazkur sessiyada 2 ta tarixiy xujjat ham qabul qilindi. 1. “Tahlim to’g’risida”gi Qonun va 2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi . “Tahlim to’g’risida”gi qonun 5 bo’lim 34 moddadan iborat. Bunda tahlim sohasidagi davlat siyosatining asosiy 9 ta printsipi bayon etilgan bo’lib, tahlim va tarbiyaning insonparvarligi, demokratik harakterda ekanligi uzluksiz va izchilligi, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb- hunar, uning dunyoviy harakteri kabi tamoillar ko’rsatib berilgan. Prezdentimiz Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish bosqichlari haqida gapirib o’tdi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 5 bo’limdan iborat, unda 1) Muammoning va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari deb nomlanib, unda rivojlanishning erishilgan darajasi kamchilik va muammolar, isloh qilish omillari chuqur ochib berilgan. 2) “Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ruyobga chiqarish bosqichlari”da esa dasturning maqad va vazifalari, dasturni ruyobga chiqarishning 3 bosqichi: a) 1997-2001; b) 2001-2005 va; v) 2005 undan keyingi yillar haqida keng fikr yuritilgan. 3) Kadrlar tayyorlash milliy modeli: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz tahlim, uzluksiz tahlimni tashkil etish va rivojlantirish printsiplari, uni isloh qilish yo’llari, uzluksiz tahlim tizimi va turlari: maktabgacha, umumiy urta tahlim, o’rta maxsus, kasb-hunar tahlimi, oliy tahlim, oliy o’quv yurtlaridan keyingi tahlim, kadrlar malakasini oshirish va uni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari tahlim turlari berilgan. Kadrlar tayyorlash tizimida fan, ishlab chiqarish masalalari o’rin olgan. 4) Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari berilgan va 5) dasturni ruyobga chiqarishga doir tashkiliy chora- tadbirlar bayon etilgan. Ushbu Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi juda katta tarixiy ahamiyatga ega ham bo’ldi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida dasturning maqsadi – tahlim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafquraviy qarashlar va sarkitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar milliy tizimini yaratishdir deyiladi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining birinchi bosqichini amalga oshirish uchun qushimcha 65 mlrd. so’m ajratish, qo’shimcha mablag’ berish takidlab o’tilgan edi va u bugungi kunda amalga oshirildi. Birinchi bosqichni ruyyobga chiqarish uchun uning xuquqiy asoslari barpo etildi. Ikkinchi bosqich davrida esa asosiy ehtibor uning sifat bosqichi bo’lib bunda tahlim sohasini yanada takomillashtirish bilan bog’liq jihatlarga ehtibor berildi. 1997 yil 6 oktyabrda Prezidentning “ Tahlim- tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to’g’risida” farmoni qabul qilindi. Mazkur qonun va farmonlar asosida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga bag’ishlab, bir qator qonun va normativ hujjatlar qabul qilindi.

Prezident Islom Karimovning 2005 yil 7 fevraldagi "Yangi hayotni eskicha qarash va yondashuvlar bilan ko’rib bo’lmaydi" nutqida tahlim tizimiga oid masalalarning ilgari surilishi.

2005 yil 7 (fevralg’ kuni Prezident Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi bilan bo’lgan uchrashuvida "Yangi hayotni eskicha qarash va yondashuvlar bilan qurib bo’lmaydi" mavzuida nutq so’zlab tahlim tizimiga oid dolzarb muammolarni bayon etdi.

Jamiyatimizni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish, hayotimizning barcha sohalarida liberallashtirish, ya’ni erkinlashtirish vazifalari aniq belgilab berildi. Bu vazifalar bevosita tahlim tizimiga ham tahsir etmasdan qolmasligi ta’kidlab o’tildi. Tahlim tizimi rahbar kadrlariga ham ikkita talab asosida yondashmoq kerak. I. Birinchi talab - har bir mutasaddi rahbarning o’z ishiga bo’lgan mashuliyatini tubdan o’zgartirish, shaxsiy javobgarlikni oshirish lozim. 2. Ikkinchi masala - hukumat ahzosi sifatida sizlarga katta ishonch, katta vazifa yuklatilgan, dedi Prezidentimiz. Rahbar faoliyatiga ana shu 2 ta talabga javob berishga qarab baho berishimiz, xulosa chiqarishimiz kerak. Mayli rahbarning bilimi yetishmasin, uni o’rgansa bo’ladi. Lekin u mashuliyat va javobgarlikni unutsa, ishda hech qanday siljish va o’zgarish bo’lmaydi.

Bugungi kunda umumtahlim maktablari, akademik litsey va kollejlarga byudjet mablag’larining qariyb 50 foizi sarflanayapti. Hozir zamonaviy kollejlar qurildi, lekin ularda kimlar ishlayaptiq Kollej direktorlarini tasdiqlash rasman Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiritilgan. Lekin amalda bu ish qanday yo’lga qo’yilganq Ana shu yangi-yangi kollejlarning rahbarlarini qachon tasdiqlash kerak, ishga kirishishdan oldinmiq Yangi direktor ish boshlashdan avval xo’jalikni qabul qilib olishi lozimmiq O’qituvchilarni tayyorlash kerakmiq Kollejlarning moddiy-texnika bazasi, o’quv jihozlari, moddiy boyliklar uchun kimdir javob berishi kerakq Joylarda ahvol tamoman boshqacha bo’lmokda. Misol uchun bir tumanda kollej qurilishiga ajratilgan mablag’ning 30 foizi qo’shib yozib o’zlashtirib yuborilgan. Qurilgan kollejlarning usti yaltiroq, ichi qaltiroq. Maktablarning ahvoli ham bundan battar. SHu tariqa bir to’la qallob bu boradagi davlat siyosatini chippakka chiqarmoqda. Tuman, viloyat hokimlari esa bu ish bilan ishi yo’q. Nega bularning jilovi tortilmaydi. Viloyat kollejlarining ahvolini o’rganish, litsey-kollejlarga kim direktor, kim o’qituvchi, u yerda qanday ishlar borayaptiq Barchamizning ertangi umidimiz farzandlarimizning tahlim va tarbiya olishi qanday tashkil etilganligiga bog’liq emasmiq Albatta shunga bog’liq. fikrimcha, Toshkent Texnika universiteti qoshida kollejlar uchun o’qituvchilar tayyorlaydigan qo’shimcha fakulg’tet tashkil etish kerak. 2005 yil iyulg’ oyidayoq ochish lozim. Prezidentning bu fikrlari inobatga olinib, amalda joriy etilmoqda.

Kadlar tayyorlash milliy dasturining hal qiluvchi bo’g’ini bo’lgan litsey va kollejlardagi mavjud ahvolni yaxshilash yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, uning ijrosini ta’minlashga alohida ehtibor berish zarur. Zero, yangi hayotni eskicha qarash va yondashuvlar bilan qurib bo’lmaydi. (Mahrifat, 2005 yil 19 fevralg’).

Demak, Prezidentimiz har qanday tashkilot bo’lmasin mutasaddi rahbarning o’z ishiga bo’lgan javobgarligini oshirish, bildirilgan ishonchga mashuliyat hissi bilan yondashmoq lozimligini alohida ta’kidladilar.

2005 yil 2 iyundagi “2005 – 2006 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlariga qabul to’g’risida”gi Prezident qaroriga ko’ra, oliy o’quv yurtlarini davlat granti asosida bitirgan yosh mutaxassis tahlim muassasalarida 3 yil majburiy ishlab berishi belgilangan. Ushbu qarordan kelib chiqqan holda 2006 yilda oliy tahlim muassasalarini tugatgan jismoniy tarbiya o’qituvchilari yo’llanma bo’yicha respublikamizning mazkur fan muallimalariga ehtiyoj bor maktablarga ishga taqsimlandi.

Jamiyatning ma’naviy yangilanishi - demokratik fuqarolik jamiyat barpo etish omili. Sobiq totalitar tuzum davrida olib borilgan xalqlarni yalpi manqurtlashtirish siyosati o’zbek xalqini ham o’z tarixidan, madaniyatidan, ma’naviy quvvatidan, milliy hissiyotidan, o’zligidan ayirishga ancha-muncha ulgurdi. Sovetlar davridan qolgan bunday og’ir “meros” haqida keyinchalik Prezident I.A.Karimov shunday fikr bildiradi: “Bu tuzum o’z xalqining tarixini, uning ruhi va urf odatlarini, o’z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi”50.

Uzoq yillar davom etgan tutqunlik, g’ayriinsoniy mafkuraning yakka hukmronligi bizga mutelikni singdirdi. Mutelik o’zbek xalqining azaliy qadriyatlari – andisha, nazokat libosini kiydi va haqiqatni dadil aytish, o’z fikrini ochiq bildirish, yumshoq aytganda, beodoblikka, beandishalikka yo’g’rildi. Vaholanki, demokratiya – yaxshi niyatli rostgo’ylikni, fikr erkinligini taqozo etadi.

Afsuski, sobiq ittifoq hududida bu kabi eski kasalliklardan xalos bo’lmagan kimsalar hamon uchramoqda. Buni I.Karimov Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to’qqizinchi sessiyasidagi mahruzasida yana bir bor alohida ta’kidlab, shunday deydi: “...o’z umrini yashab bo’lgan, siyosiy jihatdan kasodga uchragan, kommunistik mafkuraga asoslangan tizimni sog’inib-qumsab gapirayotgan ayrim siyosat va davlat arboblari – eski tuzum tarafdorlari yana qaytadan bosh ko’tarayotganiga guvoh bo’lmoqdamiz “... Bir so’z bilan aytganda, SSSRning g’oyasi sobiq ittifoq mintaqasidan hali beri butunlay ko’tarilgan emas va buni biz doimo inobatga olishimiz, hamisha sergak va hushyor bo’lib yashashimiz zarur”51.

SHukrlarkim, xalqimiz ongi, qalbiga chuqur singigan minglab yillik ma’naviy qadriyatlarimiz, milliy anhanalarimiz uni zo’rlik bilan kiritishga harakat qilingan kommunistik mafkuraning domiga to’liq tushib qolishdan asradi. Ammo Abdulla Qahhor tahbiri bilan aytganda: “erning sho’rini yuvish oson ekan-u, odamning ongidagi sho’rini yuvish qiyin” ekan-ki, “manqurtlik kasali”ning asoratlari bahzi kishilarimiz ongi va ruhiyatida hanuzgacha saqlanib qolmoqda. Erkin fuqarolik jamiyatini qurishda tarixni, ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosni o’rganish va amalda foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Tariximiz qancha ko’p o’rganilsa, undan bugungi ma’naviyat, g’oyaviy islohotlar uchun shuncha ko’p amaliy tavsiyalar chiqaveradi. Hazrat Navoiyning: “Ozod bo’lmoq istasang, o’zingni ozod tut”, degan so’zlari bugungi voqelik bilan bog’liq emasmiq Yoki yana bir misol: O’rta asrlar tibbiyot ilmining bir tarmog’i – ma’naviyat tibbiyoti deb atalgan ekan. “Ma’naviy tibbiyot” degan bitta nomda Al-Kandi (800-860 y.y.), Abu Bakr Ar-Roziy (865-925 y.y.), Abu al-Farax Abu ar-Rahmon ibn Javziy (vafoti-1201 y.), Abu Ishoq Irohim ibn Yusuf Ash-SHeroziy (vafoti – 1093 y.) kabi ko’plab SHarq allomalari o’z kitoblarini yozib qoldirganlar. Tan tabobati inson jismi bilan bog’liq kasalliklarning oldini olish va davolash bilan shug’ullangan bo’lsa, ma’naviy tibbiyot inson qalbi, ongini illatlardan forig’ etishga, insoniy fazilatlarni takomillashtirishga xizmat qilgan.

Tarixning achchiq saboqlaridan yana biri shuki, ma’naviyat, axloq-odob inson xatti-harakatlari, faoliyati va ehtiyojlarining mezoniga aylanmay turib, jamiyat bironta muammolarni samarali hal etishi va ijtimoiy taraqqiyotga erishishi mumkin emas.

Turkiston o’lkasining XIX asr 70-yillarida Rossiya imperiyasining mustamlakasiga aylanishi tarixi buning yorqin misoli bo’la oladi. Xalqimiz tarixidagi bu qayg’uli hodisaning ko’plab sababini keltirish mumkin. Ammo eng asosiysi, jamiyatning ruhiy evrilishga uchragani, elga bosh bo’lishi lozim bo’lgan hukmdorlardan tortib, boy va ulamolargacha o’z shaxsiy manfaati doirasida o’ralashib qolganligi, istiqlol uchun kurashgan ziyolilarning sahy-harakatlariga qaramay, jamiyat kishilari birlasha olmagani ekanligi, desak xato qilmaymiz.



Tarix – xalq ma’naviyatining asosi. Tarixiy taraqqiyot yo’lida insoniyat to’plagan tajriba va saboqlar ma’naviy mezon va qarashlar tizimi sifatida avloddan-avlodga meros bo’lib o’tadi. I.A.Karimovning tarixchi olimlar bilan suhbatda: “Tarix - xalq ma’naviyatining asosidir”,52 – deb aytgan so’zlarining mazmun-mohiyati ana shunda.

Tarix saboqlari insonni xatolardan asraydi, hushyorlikka o’rgatadi, ruhiy evrilishdan asraydi. Biroq, ta’kidlash joizki, ma’naviyat faqat meros bo’lib avloddan-avlodga o’tadigan tarixiy qadriyat bo’lmay, doimiy rivojlanib, yangi davr qadriyatlari bilan boyib, uyg’unlashib boradigan, doimiy harakatdagi hodisadir. SHuning uchun ham mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek: “Bizning anhanaviy qadriyatlarimizni hozirgi demokratik jamiyatning qadriyatlari bilan uyg’unlashtirish kelajakda yanada ravnaq topishimizning, jamiyatimiz jahon hamjamiyatiga qo’shilishining garovidir”53. SHuning uchun ham mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning to’rt asosiy ma’naviy negizlari ichida “umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik” belgilandi. Bugungi kunda mamlakatimiz ravnaqini hozirgi tsivilizatsiya o’zida ifoda etadigan demokratiya, inson huquqlariga rioya etish, tadbirkorlik erkinligi, erkin bozor munosabatlari, so’z erkinligi kabi umuminsoniy qadriyatlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi.

Inson ruhiyati sog’lom bo’lsa, o’zligini anglasa, shaxsga aylanadi. Kishi shaxs darajasiga ko’tarilsagina, ya’ni o’z mustaqil fikriga, dunyoqarashiga, chinakam insoniy fazilatlarga ega bo’lganidagina, “demokratiya nehmatlarining oddiy istehmolchisi emas, balki ularning faol yaratuvchisi va himoyachisiga aylanadi. Va demokratiya, fuqarolik jamiyati asoslarini amalda barpo etish, inson haq-huquqlari va erkinliklarini ta’minlash mumkin bo’ladi”54.
3. Milliy va ma’naviy o’zgarishlarning davlat va jamiyat

qurilishida aks etishi
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsad etib belgilangan bir paytda, demokratik tamoyillarni egallash, fuqarolar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, shaxs erkinligini amalda joriy etish, siyosiy jarayonlarni erkinlashtirish, demokratik mehyorlar asosida ko’ppartiyaviylik tizimni takomillashtirish, davlat boshqaruvi organlarining ayrim vakolatlarini bosqichma-bosqich jamoat va o’z-o’zini boshqarish tashkilotlariga o’tkazish kabi vazifalar umuminsoniy qadriyatlarni o’zida ifoda etgan holda ma’naviyat bilan tutashadi.

Yangi davrda jahondagi ilg’or mamlakatlarda shakllangan demokratiya va fuqarolik jamiyati asosiy qadriyatlari – xalq hokimiyati, fuqarolar manfaatlarini himoyalashga qaratilgan siyosat, siyosiy qarorlarni qabul qilishda ko’pchilikning irodasiga tayanish, ozchilikning huquqlarini hurmat qilish, inson huquqlariga rioya etishning kafolatlanishi, erkin va adolatli saylovlar tizimining joriy etilishi, barchaning qonun oldida tengligi, hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati kabi qadriyatlar xalqning, har bir fuqaroning turmush tarzi, ma’naviyati va madaniyatining uzviy va ajralmas qismiga aylanganidagina, demokratik jamiyatni qurish real voqelikka aylanadi.

XVIII asrning mashhur faylasufi Jan Jak Russo: “Demokratiya zolimlarni dunyoga keltiradi”, - deb yozgan edi. Bu o’ta qathiy aytilgan fikrga to’liq qo’shilib bo’lmasa-da, aytish lozimki, uning ortida real xavfga ishora bor. Sobiq SSSRda kechgan jarayonlar bunga yorqin dalil bo’la oladi. Demokratiya shiorlari ostida olib borilgan siyosat ortida alohida shaxsni ko’pchilikning irodasiga bo’ysundirish amaliyoti yashiringan edi. Alohida shaxsning manfaati va huquqlari qonun bilan himoya etilmagan holda esa, har qanday hokimiyat, hatto demokratiya shaklidagisi ham osonlik bilan avtoritarizm va totalitarizmga aylanadi. Ana shu o’rinda ma’naviyatning ijtimoiy-siyosiy xarakteri, huquq bilan tutash nuqtasi namoyon bo’ladi.


Download 249,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish