Режа: O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’G’risidagi dastlabki qarashlar


III. I.A.Karimovning “Milliy mafkura – davlatimiz va jamiyatimiz qurilishida biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch-quvvat manbai” nutqining ahamiyati



Download 249,32 Kb.
bet83/95
Sana01.01.2022
Hajmi249,32 Kb.
#295331
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   95
Bog'liq
Режа O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’G’risidagi dastla

III. I.A.Karimovning “Milliy mafkura – davlatimiz va jamiyatimiz qurilishida biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch-quvvat manbai” nutqining ahamiyati.

I.A.Karimov bu nutqini Milliy istiqlol mafkurasi kontseptsiyasining asosiy tamoyillariga bag’ishlab ilmiy va ijodiy jamoatchilik vakillari bilan 2000 yil 6 apreldagi uchrashuvda so’zladi. Mazkur nutq jamiyatimiz hayotidagi eng muhim masalalardan biri milliy mafkura xususida bo’ldi. Bugungi kunda nafaqat iqtisodiy hayotimizda, balki, ongu tafakkurimizda ham yangilanish o’zgarish jarayoni kechmoqda. Pirovard maqsadimiz bo’lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishdagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch-quvvat manbai, ilmiy asos – ba milliy g’oya, milliy mafkuradir. Fikr bor joyda bahs bo’ladi, bahs bor joyda haqiqat yuzaga keladi. Milliy g’oya, milliy mafkura mahno-mohiyati, biz uchun juda zarur va kerakligini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin:



  1. O’z kelajagini qurmoqchi bo’lgan har qanday davlat o’z milliy g’oyasiga suyanishi va tayanishi zarur. Davlat tizimi, uni boshqarishdagi siyosat aniq mafkura asosiga qurilmag’i lozim. Oldin g’oya paydo bo’ladi. Odamlarimizni olijanob maqsad atrofida birlashtirshimiz zarur. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib, biz ko’zlagan oliy maqsadga erishib bo’lmaydi.

  2. Biz totalitar tuzumdan erkin va ozod tuzumga o’tish sharoitida yashamoqdamiz. SHu davrda maqsadimiz aniq bo’lishi kerak. Mmaqsadga puxta ishlangan mafkura asosida yetishish mumkin.

  3. Yoshlarimizni qanday g’oya negizida tarbiyalaymiz, qanday mafkura va tafakkur ular uchun qurol bo’lib xizmat qiladiq

  4. Hech qanday g’oyaviy bo’shliqqa yo’l qo’ymasligimiz kerak. Eng tahsirchan kurash avvalo, mafkura maydonlarida olib borilmoqda. Lekin, hali suyagi qotmagan yoshlarimiz soxta g’oyalarga orqasidan ergashib ketmoqda.

  5. Milliy g’oya millatning o’zligini anglashga, qadriyatlarni tiklashga xizmat qilmog’i kerak.

  6. Milliy mafkuramiz: a) milliy qadriyatlarga va b) umuminsoniy qadriyatlarga tayanishi zarur.

  7. Milliy mafkura hech qanday shaklda davlat mafkurasi maqomiga ko’tarilmasligi kerak.

“G’oyaga qarshi faqat g’oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi mahrifat bilan kurashish, olishish mumkin”. Ozod bo’lsang ozod bo’l, erkin bo’lsang erkin bo’l, mustaqil bo’lsang mustaqil bo’l. O’zbek millati oqko’ngil millat. Milliy mafkura o’zlikni anglashga xizmat qiladi. O’zlikni anglash o’z tarixini bilishdir. Tarixni bilish nasl-nasabini anglashdir. Milliy g’oya birlashtiruvchi kuch, qanot bo’lishi kerak. (Karimov I.A. Asarlar, T.8, 462-474-b.).

IV. Prezident Islom Karimov 2000 yil 8 iyunda “Fidokor” gazetasi muxbiri savollariga javoblari “Milliy istiqlol mafkurasi – xalq ehtiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir” deb nomlangan bo’lib, mazkur asar Prezidentning 8-jildidan joy olgan.

Har qanday jamiyatni, xalqni sog’lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o’z muddaolariga erishish uchun ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor g’oyalari mavjud bo’lib kelgan. Prezidentimiz tahbiricha, mafkura – jamiyatda yashaydigan odamlarning hayotiy mazmuni, intilishlarini o’zida mujassamlashtiradi. Har qanday inson, tabiiyki, murod-maqsadsiz yashay olmaydi. Mamlakatlar, davlatlar o’z manfaatlarini milliy g’oya, milliy mafkura orqali belgilab oladi.

Hozirgi zamonda eng katta xavf – insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir.

Prezident Islom Karimovning “Milliy istiqlol mafkurasi – xalq ehtiqodi va kelajakka ishonchdir” asarida ko’tarilgan asosiy g’oyalar quyidagilardan iborat:



  • Mamlakat, davlat manfaatlari milliy mafkura orqali ifodalanadi.

  • Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo’layotgan kurashlar ko’p narsani hal qiladi.

  • Qudratli davlatlar, ayrim siyosiy markazlar inson ongini zabt etib, o’ziga qaratish uchun kurashmoqda.

  • Mafkura dunyosida bo’shliqqa yo’l qo’yib bo’lmaydi. CHunki hozirgi paytda ro’y berayotgan ayrim salbiy holatlar mafkuraviy bo’shliq tufayli yuz bermoqda.

  • Odamning qalbida ikkita kuch – bunyodkorlik va vayronkorlik hamisha o’zaro kurashadi.

  • Yot mafkuraviy tahsirga ayrim yoshlar kirib ketmasligi uchun mafkuraviy immunitetni kuchaytirish kerak.

  • Maqsad huquqiy demokratik davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik famiyatini barpo etishdan iborat.

  • Siyosiy va davlat qurilishini erkinlashtirish lozim.

  • Oilani mustahkamlash orqali adolatli jamiyatni shakllantirish.

  • Jamiyatning iqtisodiy asosi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga qaratilishi kerak.

  • Jamiyat yuksak ma’naviy va axloqiy qadriyatlar asosida rivojlanadi.

  • Milliy mafkurani yoshlar ongiga sodda, lo’nda qilib tushuntirishda turli vositalardan samarali foydalanish.

  • Mafkura qotib qolgan aqidalar yig’indisi emas, balki u uzluksiz jarayon bo’lganligi boisdan millat manfaatlariga javob berishi darkor.

  • Milliy mafkurani tepadan turib yaratib bo’lmaydi, u printsipial masaladir.

  • Milliy istiqlol mafkurasi Vatan tuyg’usi, ona tiliga muhabbat, milliy qadriyatlarga ehtiborda bo’lishi, oila mahalla, ya’ni milliy qadriyatlar bilan birga umuminsoniy qadriyatlarga, diniy qadriyatlarga, mahrifat tamoyillariga monand rivojlanish kerak. (Karimov I.A. Asarlar. T. 8. 489-508-betlar).

V. 2001 yil 18 yanvarda O’zbekiston Prezidentining “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani bo’yicha tahlim dasturlarini yaratish va respublika tahlim tizimiga joriy etish to’g’risida” gi Farmoyishi qabul qilindi. Bunga ko’ra Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida, maktablarda “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” , “Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari” fanlari tahlim dasturlariga kiritildi.


Download 249,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish