Режа: O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’G’risidagi dastlabki qarashlar


O’ZBEKISTON ZAMINIDA ADOLATLI JAMIYAT TO’G’RISIDAGI DASTLABKI QARASHLAR



Download 249,32 Kb.
bet2/95
Sana01.01.2022
Hajmi249,32 Kb.
#295331
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Режа O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’G’risidagi dastla

O’ZBEKISTON ZAMINIDA ADOLATLI JAMIYAT TO’G’RISIDAGI DASTLABKI QARASHLAR.

Har qanday davlat o’z jamiyatining tarixiy, madaniy va axloqiy merosi negizlari asosida rivojlanadi. Bunday uyqunlik xalqning rivojlanishida yangi bosqichlarga ko’taradi. Uning istiqbol omillarini kengaytiradi. Ajdodlarimiz tomonidan O’zbekiston hududida yaratilgan «Avesto» ana shunday davlatchiligimizning nazariyasi sifatida insoniyat tarixini anglashda aloqida o’ringa ega.

Prezident I.A.Karimov tarixchi olim va jurnalistlar bilan bo’lgan uchrashuvda - “hozir O’zbekiston deb ataluvchi hudud, yahni bizning Vatanimiz nafaqat SHarq, balki umumjaqon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jaqon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu-fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan” degan edi. Darhaqiqat, Movarounnaqr oraliqida paydo bo’lgan ulkan davlatchilik madaniy merosi insoniyat tarixi ibtidosida eng dastlabki hamda qadimiy davlatchilik madaniyati sifatida mahlum. Mustaqilligimiz sharofati bilan bunday merosni milliy, demokratik qadriyatlarimizning muhim zamini bo’lgan o’rganish imkoniyatlari ochildi.

Ma’lumki, O’zbekistonda milliy davlatchiligimiz to’g’risidagi eng qadimgi manba “Avesto”dir. U eramizdan oldingi 3 minginchi yillarda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilk davlatchilik to’g’risidagi ijtimoiy qarash hisoblanadi. Agar “Avesto”da ilgari surilgan g’oyalarga ehtibor beradigan bo’lsak, bugungi adolatparvar - demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan g’oyalarimiz bilan hamohang ekanligini ko’ramiz.

Davlatchilik asoslarini shakllantirish borasida “Avesto” deyarli barcha siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar, davlat tuzumi asoslari, zardushtiylarning falsafasi, dunyo tarixining rivojlanishi haqidagi mahlumotlarni o’z ichiga qamrab olgan. Manbada avvalo, inson erki, uning ruhiy komilligi masalalari ustuvor qo’yiladi. Masalan; “Men yaxshi fikr, yaxshi so’z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman” deyiladi Yasna (14) kitobida. Axuramazda, insonlar o’rtasida bo’layotgan munosabatlar o’zaro samimiylik, hurmat beg’arazlik, yordam va oqibatli bo’lish zarurligiga, yomon fikrlardan qoli bo’lishga chaqiradi. Kattaga hurmat va kichikka izzat, sabr-bardosh, qalollik, meqr-oqibat va boshqa bir qator tamoyillar borki, bular milliy g’oyamizning asosiy tamoyillariga uyqun keladi.

“Avesto”da eng muhim masalalardan biri - bu huquqiy munosabatlarning nazariy jihatdan shakllanganligidir. Unda inson hayoti va odamlar o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar huquqqa asoslanganligi haqida mahlumotlar bor. Haqiqat, yaxshi so’z va maqsad, poklik va ezgulikka intilish, suv, yer, olov, xonadon va chorvani asrab-avaylash axloqiy burch bo’lib sanalgan. Inson o’zining ishlari va fikrlari bilan yaxshilik, yoruqlik va baxt keltiruvchi, hayot va haqiqat beruvchi oliy tangri Axuramazdaga yordamchi bo’lib xizmat qiladi.

Oila va jamoada berilgan so’zdan yoki qasamdan voz kechish, odamlar o’rtasida tuzilgan aqdnomani buzish katta gunoh hisoblangan: “O Spitama, shartnomani buzuvchi kishi butun mamlakatni buzadi, shu bilan birga Artaga tegishli barcha mulku mollarga putur yetkazadi. O Spitama, aqdingni buzma...” (“Yasht”, X bob.)

Tarixiy hujjatlar asosida aytish mumkinki, “Avesto”ning “Yasna”, “Visprat”, “Yasht”, “Videvdat” kitoblarida ilgari surilgan huquqiy tahlimotlar Rim huquqidan qadimiyroq hisoblanadi. Boz ustiga, ular keyinchalik tashkil topgan davlatlar siyosiy tizimining shakllanish manbasi bo’lib ham xizmat qilgan. SHu tariqa “Avesto” Grek mutafakkirlari va Rim huquqshunoslari ijodiga o’zining har tomonlama mukammalligi bilan tahsir ko’rsatgan. Jumladan, inson huquqi, jismoniy va huquqiy shaxs erkinligi, inson erkinligi, erkak va ayolning tengligi masalasi, ozchilikning huquqi, voyaga yetmaganlar huquqi, vijdon, ehtiqod va din erkinligi, jamoa va guruqlarning huquqi, mol-xol huquqi, oila huquqi, shartnomalarning majburiylik huquqi, jinoyatning qasddan yoki eqtiyotsizlik natijasida sodir etilgan turlari ishlab chiqilgan. SHuningdek «Avesto»da o’qrilik yoki bosqinchilik farqlari tasniflangan, himoya huquqi va sud ishlarini yuritish hamda tashkil etish kabi boshqa huquqiy tamoyillar ham o’z ifodasini topgan.

Mahlumki, demokratik jamiyat asoslari davlatda siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy tamoyillarning tizimiy yaxlitligi mavjudligida namoyon bo’ladi. Ayni paytda, ular umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’un holda bo’lishiga asoslanadi. «Avesto»da bunday qadriyat va tamoyillar shakllantirilganligining guvohi bo’lamiz.



  1. Download 249,32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish