Ifloslanish miqdori
…talab egri chizig’i bilan ifloslantirish miqdorini birgalikda belgilaydi
…talab egri chizig’i bilan ifloslantirish narxini birgalikda belgilaydi
Ifloslantirishga ruxsat ifloslantirish miqdorini belgilaydi
Tuzatuvchi soliq va ifloslantirish ruxsatlarining ekvivalentligi.Chizmada EPA tuzatuvchi soliq joriy qilib ifloslanish narxini belgilaydi va talab chizig’i ifloslanish miqdorini belgilaydi. (b) chizmada EPA ifloslantirish ruxsatlari sonini cheklash orqali ifloslanish miqdorini cheklaydi, va talab chizig’i ifloslanish narxini belgilaydi. Ikkala holatda ifloslanish narxi va miqdori bir xil.Hukumatning ifloslantirish huquqini kim oshdi savdosiga qo`yish g`oyasi avvaliga biror iqtisodchi tasavvurining mahsulidek tuyulishi mumkin. Aslida ham g`oya shunday boshlangan. Lekin borgan sari, EPA ifloslanishni nazorat qilish yo`li sifatida bu tizimdan foydalanib kelgan. Taniqli muvaffaqiyat yakunlangan hikoya kislota yomg`iriga sabab bo`luvchi oltingugurt dioksidi (SO2) masalasi edi. 1990-yilda, Toza havo akti (Clean Air Act) o`zgartirishlar kiritilishi elektr zavodlaridan katta miqdorda SO2 chiqindilarini kamaytirishni talab qildi. Shu bilan birga, o`zgartirishlar zavodlarning SO2 ruxsatnomalarini savdo qilishiga ruxsat berish tizimini o`rnatdi. Dastlab sanoat vakillari va ekologlar taklifni salbiy qabul qilgan bo`lsa-da, vaqt o`tishi bilan bu tizim eng kam uzilish bilan ifloslanishni kamaytirishi mumkinligi isbotlandi. Ifloslantirishga ruxsatnomalar, tuzatuvchi soliqlar kabi, hozir muhitni toza saqlab qolish uchun iqtisodiy samarali yo`l sifatida qaraladi.
Ifloslanish iqtisodiy tahliliga e'tirozlar"Biz hech kimga haq evaziga ifloslantirish imkonini berolmaymiz." Sobiq senator Edmund Maskining ushbu gapi ayrimekologlar fikrini aks ettiradi. Ular aytishicha, toza havo va toza suv iqtisodiy jihatdan hisobga olinmasligi kerak, chunki ular amaliy inson huquqlari hisoblanadi. Siz qanday qilib toza havo va toza suv ustida narx qo`yishingiz mumkin? Ular da'vosiga ko`ra, narxidan qat'iy nazar, atrof-muhit muhim ahamiyatga ega, shuning uchun uni iloji boricha ko`proq himoya qilish kerak.Iqtisodchilar ushbu dalilga kam qiziqish bildirishadi. Iqtisodchilar uchun, yaxshi ekologik siyosat iqtisodiyotning o`nta tamoyillarining birinchisini tushunishdan boshlanadi: Odamlar sotib yuborishga duch keladi. Albatta, toza havo va toza suv qiymatga ega. Lekin ularning qiymati ularning imkoniyati harajatiga nisbatan olinishi kerak, ya’ni kimdir ularni olish uchun nimadandir voz kechishi kerak. Barcha ifloslanishlarni bartaraf qilishning iloji yo`q. Barcha ifloslanishni bartaraf etishga harakat qilish bizga yuqori yashash andozalaridan bahramand bo`lishimizga sabab bo`luvchi ko`plab texnologik yutuqlarga teskari bo`lib qoladi. Imkon qadar atrof-muhitni toza qilish uchun kam kishi kam ovqatlanish, yetarli bo`lmagan tibbiy yordam yoki sifatsiz uy-joylarni qabul qilishga tayyor bo`ladi.Iqtisodchilar ba'zi ekologik faollar iqtisodiy jihatdan o`ylamasdan o`z da’volariga zarar yetkizadi deb aytadi. Toza muhit boshqa tovarlar kabi tovardir. Barcha normal tovarlar kabi u ijobiy daromad egiluvchanligiga ega: Boy davlatlar rivojlanmagan davlatlarga qaraganda tozaroq muhitga ega va shuning uchun, odatda, qat'iy muhitni muhofaza qiladi. Bundan tashqari, boshqa ko`plab tovarlar kabi, toza havo va toza suv talab qonuniniga bo`ysunadi: atrof-muhit muhofazasi narxi qanchalik past bo`lsa, jamoat istagi shunchalik ko`p bo`ladi. Ifloslantirishga ruxsat va tuzatuvchi soliqlar yordamida iqtisodiy yondashuv atrof-muhitni muhofaza qilish harajatlarini kamaytiradi va, shuning uchun, toza atrof-muhit uchun ijtimoiy talabni oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |