Reja: O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosati Tashqi tasirlarga qaratilgan davlat siyosati



Download 47,23 Kb.
bet10/11
Sana26.04.2022
Hajmi47,23 Kb.
#582947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosati

Kouz teoremasiTashqi ta’sirlarni hal qilishda xususiy bozor qanchalik samarali? Mashhur natija, iqtisodchi Ronald Kouz nomi bilan ataluvchi Kouz teoremasi, uning ba'zi hollarda juda samarali bo`lishi mumkinligini aytadi. Kouz teoremasiga ko`ra, agar xususiy partiyalar hech qanday harajatsiz resurslarni taqsimlash ustida savdolashishi mumkin bo`lsa, unda xususiy bozor har doim tashqi ta’sir muammosini hal qiladi va resurslarini samarali taqsimlaydi.Kouz teoremasi qanday ishlashini ko`rish uchun, bir misolni ko`rib chiqaylik. Dikning Spot nomli iti bor deylik. Spot huradi va Dikning qo`shnisi Jeynni bezovta qiladi. Dik itga egalik qilishdan manfaatdor, lekin it Jeynga salbiy tashqi ta'sir ko`rsatadi. Dik Spotni umumiy itlar joyiga yuborishga majbur qilinishi kerakmi, yoki Jeyn Spotning hurishi sabab uyqusiz tunlardan qiynalishi kerakmi?Avvaliga qaysi natija ijtimoiy samarali ekanligini ko`rib chiqaylik. Ikki muqobil variantni hisobga olib, ijtimoiy planner, Dikning itdan oladigan foydasini Jeynga it hurishidan ketadigan harajatni solishtiradi. Foyda harajatlardan ko`proq bo`lsa, Dik itni olib qolishi va Jeynning it hurishiga chidab yashashi samarali bo`ladi. Lekin agar harajat foydadan yuqori bo`lsa, unda Dik itdan xalos bo`lishi kerak.Kouz teoremasiga ko`ra, xususiy bozor samarali natijani o`zitopadi. Qanday? Jeyn shunchaki itdan qutilish uchun Dikga to`lash taklifini qilishi mumkin. Jeyn taklifidagi pul miqdori itni tutib turish manfaatidan yuqori bo`lsa, Dik shartnomani qabul qiladi.Narx ustida savdolashish orqali, Dik va Jeyn har doim samarali natijaga erishishi mumkin. Misol uchun, Dik itdan 500 so`mlik foyda oladi va Jeyn it hurishidan 800 so`mlik harajat sarflaydi deb tasavvur qilaylik. Bu holatda, Jeyn itdan qutilish uchun Dikga 600 so`m taklif qilishi mumkinva Dik buni mamnuniyat bilan qabul qiladi. Har ikkala tomonham oldinga qaraganda yaxshiroq va samarali natijaga erishildi.Albatta Dik qabul qiladigan har qanday narxni Jeyn taklif qilishga tayyor bo`lmasligi mumkin. Misol uchun, Dik itdan 1000 so`mlik foyda oladi va Jeyn it hurishidan 800 so`mlik harajat sarflaydi, deb tasavvur qilaylik. Bu holatda, Jeyn 800 so`mdan yuqori miqdorda hech qanday taklif qilmaydi, Dik esa 1000 so`mdan kam har qanday taklifni rad etadi. Shuning uchun, Dik itni olib qoladi. Shunday bo`lsada, harajat va foydani hisobga olsak, bu natija samarali hisoblanadi.Hozircha, biz Dik huradigan it saqlash uchun qonuniy huquqia ega deb tasavvur qildik. Boshqa so`zlar bilan aytganda, biz Jeyn Dikni ixtiyoriy ravishda itdan voz kechishga undash uchun yetarlicha to`lamasa, Dik Spotni olib qoladi deb tasavvur qildik. Lekin, agar Jeyn tinchlik uchun haqli bo`lsa, natija qanday qilib har xil bo`ladi?Kouz teoremasiga ko`ra, huquqlarning boshlang`ich taqsimoti bozorning samarali natija erishish qobiliyati uchun muhim emas. Misol uchun, Jeyn qonuniy Dikni itdan qutilishga majbur qilishi mumkin deylik. Bu huquqga ega bo`lish Jeyn foydasiga ishlasa-da,u ehtimol, natijani o`zgartirmaydi. Bu holda, Dik itni saqlashga ruxsat berish uchun Jeynga to`lov taklif qilishi mumkin. Dik uchun itning foydasi Jeyn uchun it hurishi harajatidan ortiq bo`lsa, u holda Dik va Jeyn Dik itni saqlashi uchun savdolashishga kirishishadi.Huquqlarning dastlabki taqsimlanishidan qat'iy nazar, Dik va Jeyn samarali natijaga erishishsa-da, huquqlar taqsimlanishi o`rinsiz emas: Bu iqtisodiy farovonlik taqsimlanishini aniqlaydi. Dikning huradigan itga yoki Jeynning tinchlik huquqiga ega yoki ega emasligi oxirida savdolashishdan kim kimga to`lashi kerakligi aniqlanadi. Lekin har ikki holda ham, ikki tomon bir-biri bilan savdolashishi va tashqi ta’sir muammosini hal qilishi mumkin. Foyda harajatlardan yuqori bo`lsagina Dik it saqlay oladi.Xulosa uchun: Kouz teoremasi xususiy iqtisodiy aktyorlar o`zaro tashqi ta’sir muammosini hal qilishi mumkin deydi. Huquqlarning dastlabki taqsimlanishidan qat'iy nazar, manfaatdor tomonlar savdolashib har doim har bir kishi uchun yaxshi va samarali natijaga erishishi mumkin.Kouz teoremasining mantiqiga qaramay, xususiy shaxslar ko`pincha tashqi ta’sir muammolarni hal qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar. Kouz teoremasi faqat manfaatdor tomonlar bitim tuzishi va amalga oshirishida hech qanday muammo bo`lmaganda amal qiladi. Biroq real dunyoda, o`zaro manfaatli shartnoma tuzish mumkin bo`lsa ham, savdolashish har doim ham ishlayvermaydi.Ba'zan manfaatdor tomonlar 
Download 47,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish