Bozorga asoslangan siyosat 2: sotiladigan ifloslanishga ruxsatlarQog`oz zavodi va po`lat zavodi misoliga qaytadigan bo`lsak, keling tasavvur qilaylik, iqtisodchilar maslahatiga qaramay, EPAtartibga solishni joriy qiladi va har bir zavoddan yiliga 300 tonna chiqindi miqdorida ifloslanishni kamaytirishni talab qiladi. Keyin bir kuni, tartibga solish amalda va har ikki zavod unga rioya qilgan paytda, ikkala firma EPAga taklif bilan murojaat qiladi. Po`lat zavod 100 tonna chiqindi miqdorida chiqindi chiqarishni oshirishni istaydi. Qog`oz zavodi po`lat zavodi unga so`m5 million to`lasa, o`sha miqdorda o`z chiqindi chiqarishini kamaytirishga rozi bo`ladi. EPA bu ikki fabrikalar ushbu shartnomani amalga oshirishiga ruxsat berishi kerakmi?Iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan, shartnomaga ruxsat berish yaxshi siyosat. Ular ixtiyoriy ravishda rozi bo`layotgani bois, shartnoma ikkala zavod egalariga foydali bo`lishi kerak. Bundan tashqari, shartnoma hech qanday tashqi ta'sirga ega emas, chunki ifloslanish umumiy miqdori bir xil bo`lib qolmoqda. Shunday qilib, qog`oz zavodining po`lat zavodiga ifloslantirish huquqini sotish uchun ruxsat berish orqali ijtimoiy farovonlik kelib chiqadi.Ushbu mantiq bir firma tomonidan ifloslantirish huquqini boshqa firmaga har qanday ixtiyoriy o`tkazish uchun amal qiladi. Agar EPA firmalarga bunday shartnomalar qilish imkonini beradigan bo`lsa, u, o`z mohiyatiga ko`ra, yangi noyob resurs, ya’ni ifloslantirishga ruxsatnoma, yaratadigan bo`ldi. Bu ruxsatnomalar savdosini oxir-oqibat amalga oshiradigan bozor paydo bo`ladi va bu bozor talab va taklif kuchlari tomonidan boshqariladigan bo`ladi. Ko`rinmas qo`l bu yangi bozor ifloslantirish huquqini samarali taqsimlashiga ishonch hosil qiladi. Ya'ni, to`lashga o`z tayyorligi bilan aniqlanadigan ruxsatni eng yuksak baholaydigan firma qo`lga kiritadi.Firmaning to`lash uchun xohishi, o`z navbatida, ifloslanishni kamaytirish harajatiga bog`liq bo`ladi: Ifloslanishni kamaytirish firma uchun qanchalik ko`p harajatli bo`lsa, ruxsatnoma uchun to`lashga shunchalik ko`p tayyor bo`ladi.Bozorlar uchun ifloslantirish ruxsatnomalariga yo`l qo`yish afzalligi shundaki, firmalar o`rtasida ifloslantirish ruxsatnomalari boshlang`ich taqsimoti iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan muhim emas deb hisoblanadi. Faqat ifloslanishni arzon harajatlar bilan kamaytirishi mumkin firmalar ruxsatnomalarni sotadi va yuqori harajat bilan ifloslanishni kamaytirishi mumkin firmalar o`zlariga kerak miqdorda ruxsat sotib oladi. Ifloslantirish huquqlari uchun erkin bozor bor bo`lgani tufayli, boshlang`ich taqsimotdan qat'iy nazar so`nggi taqsimot samarali bo`ladi.Ifloslantirish ruxsati yordamida ifloslanishni kamaytirish tuzatuvchi soliqlardan farqli ko`rinsa-da, ikki siyosat ko`p umumiyjihatlarga ega. Har ikki holatda ham, firmalar ifloslanish uchun to`laydi. Tuzatuvchi soliqlar bilan atrof-muhitni ifloslantiruvchi firmalar hukumatga soliq to`lashi kerak. Ifloslantirish ruxsati bilan atrof-muhitni ifloslantiruvchi firmalar ruxsat sotib olish uchun to`lashi kerak. (Hatto allaqachon o`z ruxsatnomasiga ega firmalar ham ifloslanish uchun to`lashi shart: ular ochiq bozorda o`z ruxsatnomalarini sotishdan olgan miqdor ifloslantirish imkoniyati harajatidir.) Tuzatuvchi soliqlar va ifloslantirish ruxsatnomalari ikkalasi ham firma uchun ifloslantirishni harajatli qilish orqali tashqi ta'sirni o`zlashtiradi.Ikki siyosat o`xshashligini ifloslantirish bozorini tahlil qilish orqali kor’rish mumkin. 4-rasmdagi ikkala chizmalar ifloslantirish huquqi uchun talab chizig`ini ko`rsatadi. Bu chiziq ifloslantish narxlari qanchalik past bo`lsa, firmalar ifloslantirishni shunchalik ko`proq tanlashini ko`rsatadi. (a) chizmada EPA ifloslantirish uchun narx belgilash uchun tuzatuvchi soliqdan foydalanadi. Bu holda, ifloslantirish huquqlari uchun taklif egri chizig`i mukammal elastik (chunki firma soliq to`lash orqali ular istaganicha ko`p ifloslantirishi mumkin) va talab chizig`i vaziyati ifloslanish miqdorini belgilaydi. (b) chizmada, EPK ifloslantirish ruxsatini joriy etish orqali ifloslanish miqdorini belgilab beradi. Bu holda, ifloslantirish huquqlari uchun taklif egri chizig`i mukammal noelastik (chunki ifloslantirish miqdori ruxsatnomalar soni bilan belgilanadi), va talab egri chizig`i vaziyati ifloslanish narxini belgilaydi. Demak, EPA tuzatuvchi soliq bilan narx belgilash orqali, yoki ifloslantirish ruxsatnomalari bilan miqdorni o`rnatish orqali berilgan talab egri chizig`ining har qanday qismiga erishishi mumkin.Ba'zi hollarda esa, ifloslantirish ruxsatini sotish tuzatuvchi soliq undirishdan ko`ra yaxshiroq bo`lishi mumkin. EPA daryoga 600 tonna dan kam chiqindi tashlanishini istaydi. Lekin EPK ifloslanish talab chizig`ini bilmasligi tufayli, bu maqsadga erishish uchun qanday hajmda soliq joriy etishni bilmaydi. Bu holda, u shunchaki 600 ifloslantirish ruxsatini kim oshdi savdosiga qo`yishi mumkin. Kim oshdi savdosi narxi tuzatuvchi soliq tegishli hajmini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |