Agar sinflar soni 2 ta bo‘lsa hammasidan, sinflar soni 3 ta va undan ortiq bo‘lsa,
uchdan ikki qismi (2/3) attestasiya komissiyasi tomonidan qur'a tashlash orqali
tanlanib, nazorat ishlari olinadi.Ta'lim bir nechta tilda olib boriladigan ta'lim
muassasalarida ta'lim tiliga qarab, ularning har biridan uchdan ikki qismi (2/3)dan
sinflar tanlanadi va nazorat ishlari olinadi.
Ekspert ta'lim muassasasida o‘quv haftasining boshidan o‘quv haftasining oxirgi
kunigacha (6 kun davomida) faoliyat ko‘rsatadi. Ta'lim muassasalarida o‘quv jaraѐni
1, 2, 3 navbat (smena)larda tashkil etilgan bo‘lishi mumkin. O‘quv jaraѐni 1, 2 navbat
(smena)da tashkil etilgan ta'lim muassasalarida nazorat ishlari 2, 3, 4-dars soatlarida, 3
navbat (smena)lik ta'lim muassasalarida 2, 3-dars soatlarida o‘tkazilishi tavsiya etiladi.
Nazorat ishlarini olishda ta'lim muassasasining o‘quv jaraѐniga halaqit bermasdan,
nazorat ishlari olinadigan sinf va o‘quv fanlari dars jadvaliga asoslangan holda alohida grafik
bilan Komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan holda tashkil etilishi shart.
Bitta sinfdan bir kunda ikkita o‘quv fanidan (45 minutdan 90 minut) ortiq nazorat ishi
olinishi mumkin emas. Nazorat ishlari ekspertlar tomonidan o‘tkazilgan kuni tekshiriladi va
baholanadi.
Bitiruvchilar va o‘quvchilardan quyidagi o‘quv fanlaridan ѐzma, test va og‘zaki
shakllardagi nazorat ishlari olinadi:
Boshlang‘ich sinflarda - «O‘qish» fanidan o‘qish tezligi bo‘yicha nazorat ishini
o‘tkazishda o‘quv darsligidan 3 ta mavzu tanlab olinadi. Ekspert sinfdagi o‘quvchilarni uch
guruhga bo‘ladi. Guruhlardagi ixtiѐriy o‘quvchilardan biri o‘z guruhi uchun mavzu tanlaydi.
O‘quvchilar navbat bilan mavzuni o‘qib beradi. O‘qish jaraѐnida ekspert har bir
o‘quvchining
1 daqiqada nechta so‘z o‘qiganini «Nazorat ishi varaqasi»ga belgilab boradi.
Ona tili (o‘zbek tili, rus tili) fanidan 2, 3, 4, 6, 7, 8-sinflarda nazorat ishi sifatida
tekshiruv diktanti, 9-sinfda ijodiy baѐn, 10-11sinflarda insho olinadi (amalda sinflar mavjud
bo‘lgan holatlarda). Diktant matnidagi so‘zlar soni DTSlarida ko‘rsatilgan talablardan kelib
chiqqan holda belgilanadi. Diktant va baѐnlar uchun 5 ta variantda nazorat ishlari tanlanadi.
Insho uchun mumtoz adabiѐt, XX asr adabiѐti, hozirgi zamon adabiѐti janrlaridan va erkin
mavzuda jami 4 ta yo‘nalish bo‘yicha (har biridan 4 tadan mavzuda) biletlar tayѐrlanadi va
bir xil konvertlarga solinib, muhrlanadi.
Matematika, informatika va kimѐ o‘quv fanlaridan o‘tkaziladigan nazorat ishlari uchun
o‘quv darsligining o‘tilgan mavzulari bo‘yicha kamida 8 ta variantda ѐzma ishlar tayѐrlanadi.
Tayѐrlangan variantdagi misol va masalalarning umumiy soni 5 tadan (boshlang‘ich sinfda
matematika hamda 10-sinfning (amalda mavjudlar uchun) informatika o‘quv fanidan
tayѐrlangan biletlardagi misol va masalalar soni 3 tadan) oshmasligi kerak. O‘quvchilar soni
13
va partalarning joylashishiga qarab, guruhlar shakllantiriladi. Parta (stol)ning o‘ng tomonida
o‘tirgan o‘quvchilar birinchi guruh, chap tomonida o‘tirgan o‘quvchilar ikkinchi guruh bo‘lib
hisoblanadi. Keyingi qatorlarda o‘tirgan o‘quvchilar ham shunday guruhlanadi. Dastlab
birinchi guruhdan, so‘ng ikkinchi guruhdan ixtiѐriy tanlangan bir o‘quvchi chiqib, o‘z guruhi
uchun variant tanlaydi.
Nazorat ishi test usulida olinadigan fanlardan o‘quv yilining tugallangan choragida
o‘tilgan mavzular bo‘yicha ko‘p variantlilik asosida, muqobil javoblar soni 4 tadan iborat
bo‘lgan test materiallari tayѐrlanadi.
Test materiallari ta'lim muassasasi o‘quvchilari bilim darajalarini aniqlashda baholash
vositasi sifatida foydalaniladi va sinflar kesimida o‘quvchilar soniga mos ravishda Komissiya
tomonidan maxsus paketlarga joylashtiriladi va muhrlanadi. Paket test sinovlari
o‘tkaziladigan sinfda ochiladi. Test savollari kitobining ichiga namunasi keltirilgan javoblar
varaqasi joylashtirilishi shart. Test savollari kitobidan bir necha bor boshqa ta'lim
muassasalarining bitiruvchilari va o‘quvchilaridan nazorat ishi olishda foydalanish mumkin.
Shuning uchun o‘quvchilar test savollari kitobchasi bilan ishlaѐtganda uni buklamasligini,
ruchka bilan bo‘yamasligi tushuntiriladi. Javoblar varaqasida muqobil javoblar soni 4 ta
bo‘lgan A, V, S, D harflari mavjud. Nazorat ishi topshiraѐtgan bitiruvchi ѐki o‘quvchi test
savolining berilgan javob variantlarining qaysi javobini to‘g‘ri deb hisoblasa, javob
varaqasida ham shunga mos javobni belgilaydi. Javob varaqasida ikkita javob belgilansa,
hisobga olinmaydi. Test materiallarining maxfiyligini saqlashga mas'ul attestasiya
komissiyasining raisi hisoblanadi.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |