Nazorat savollari
Kabel liniyalarini yo‘l tuzulmalari qanday qismdan tashkil topgan?
kabel deb nimaga aytiladi?
Kabel liniyalarini qurishni xil usullarida amalga oshiriladi?
6-Ma’ruza
Kabel konstruksiyalari
Reja:
Kabel tomirlari
Izolyasiya turlari.
Sim tomirlarning buralishi
Tayanch so’z va iboralar: Avtomatika va telemexanika tuzilmalari, kabel liniyalari, aloqa tuzilmalari, alyuminiyli, plastmassa, polietilen, polivinilxlorid, qo‘rg‘oshin, rezina, gofra, qobiqlar
Kabel konstruksiyalari
1. Kabel tomirlari yaxshi o‘tkazuvchanlik, egiluvchanlik va etarli darajada mustahkamlikka ega bo‘lishi kerak. Ularni tayyorlash uchun mis, alyuminiy va bimetall simlar ishlatiladi.
Simmetrik ko‘pkanalli hamda koaksial signal-blokirovka kabel tomirlarining aniq diametri 1 mm bo‘lishi kerak.
Kuchli kabellarni o‘rnatish va ularning ishlatish sharoitlariga qarab, ularning tok o‘tkazuvchi tomirlari mis, alyuminiyli bir yoki ko‘p simli, yumaloq, sektorli yoki segmentli ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Yuzi 2.5 dan 16 mm2 gacha yumaloq bir simli, 2.5 mm va undan yuqori- yumaloq ko‘psimliklar-ikki simlik , uch va to‘rt tomirlik sektorli kabel tomirlari qo‘llaniladi.
2. Izolyasiya turlari. Tomirlarni izolyasiya qilish uchun kabel qog‘ozi, polistirol, polivinilxloridli plastikat,rezina, ftoroplast, poliamidlar, paxta-qog‘oz va shoyi mato kabi materiallardan foydalaniladi. Izolyasiyanig bir-necha turi mavjud: to‘yintirilgan kabel qog‘ozli lenta; plastmassali; rezinali; asbestli (elimlovchi lak bilan birlashtirilgan); sintetik va natural materiallardan tuzilgan; oksidli (oksidlar qatlamidan tuzilgan)lar.
Avtomatika va telemexanika qurilmalarining hamma kabel jixozlari polietilenli izolyasiyadan tashkil topgan. Simmetrik kabellarining quyidagilari keng tarqalgan: qog‘oz-havolik yoki kordel-havolik (rasm 2.1).
2.1 -rasm. Simmetrik kabel jilalarining izolyasiya turlari.
a) qog‘oz-trubkali izolyasiya, b) kordel-lentali izolyasiya, v) kordel-balonli izolyasiya,
g) balonlik izolyasiya, d) butgul izolyasiya, e)shaybali havo-plastmassali izolyasiya.
3. Sim tomirlarning buralishi. Kabelning aloxida izolyasiyalashgan tomirlari yo‘nalish bo‘yicha buraladi. Buralishlarning oddiy va murakkab usullari bo‘ladi. Signal va nazorat kabellarida, yo‘nalishlar yakka izolyasiyalangan tomirlardan oddiy buralish usulida amalga oshiriladi. (rasm- 2.2 ). Simmetrik kabellarda qo‘llaniladigan murakkab buralishda yo‘nalishlar, guruxlarga ajratib olingan buralishlardan iborat . Buralishlar qo‘shilmasini birlashtirishning ikkilik va to‘rtlik (yulduz)buralishlar usullari keng tarqalgan.
2.2 -rasm. Simmetrik kabel jilalarini buralish usullari.
a) juftlik burash, b) to‘rtlik burash, v) ikkilik juft burash,
g) ikkilik yulduz usulida burash.
Kabel tomirlarini guruxlar bo‘yicha buralishini asosiy maqsadi, ularni o‘zaro teng xolatga keltirishdir. Bu esa kabelning umumiy ximoya imkoniyatlarini oshiradi, kabel shaklining saqlanish va(ishlab chiqarilishini) tayyorlanishi ta’minlanadi.
Buralgan tomirlar guruhi, alohida o‘zakni tashkil qilib, ekran vazifasini ham bajaradi. Tomirlar avvaldan guruhlarga buralmagan bo‘lib- oddiy, guruhlarga buralgan bo‘lsa bu murakkab buralishlar deb ataladi.
O‘zaklarga, buralshning ikki usuli mavjud: qatlamli va dastali. Qatlamli burashda bir nechta o‘ramlar o‘zak atrofida o‘raladi va o‘ramlar 5-tadan ortmasligi kerak. Dastali burashda, avval bir-nechta guruh, so‘ngra qolgan guruhlar o‘ralib o‘ramlar dastasini tashkil etadi.
Qatlamli burashda xar bir qatlamida rangli nazorat guruhi bo‘ladi va rangli mato ip bilan aylantirilib o‘raladi. Bunday holat katlamlarni ajratib turadi.
Kabel zanjirlarini o‘zaro ximoyalash maqsadida, o‘zaklar ingichka metall qobiq bilan qoplanadi. Ekran sifatida mis, po‘lat yoki alyumin lentalar qo‘llaniladi.
Kabellarning umumiy buralmasini qo‘rg‘oshin, alyumin, po‘lat, plastmassa yoki rezina bilan germetik ravishda qoplanadi. Bu esa kabelga suv va namliklar kirishi va izolyasiya qarshiligini pasayishidan himoya qiladi. Himoya qobiqning qalinligi 0.8 dan 6 mm gacha bo‘lib, kabelning diametriga bog‘liq.
Kabel qobiqlarining quyidagi ishoralari qabul qilingan: A-tekis alyuminiy; Ag-gofrirlangan alyumin; S-qo‘rg‘oshinli;V- (PVX) polivinilxloridli; P- (PE) polietilenli; Ps- o‘zso‘nuvchi polietilenli; Pv-vulkanizatsiya qilingan polietilendan; Pvs-o‘zso‘nuvchi vulkanizatsiya etilgan polietilendan; St- po‘lat gofrirlangan.
Kuchlangan kabellarda qo‘rg‘oshin qobiq qalinligi kabel diametriga bog‘liq bo‘lib 0.95 dan 2.8 mm gacha, aloqa kabellarida 1.15 dan 3.05 mm gacha bo‘lishi mumkin.
Kabel qoplamalari uch qismdan tashkil topgan bo‘lib, bular: zirx qobiq osti yostig‘i, zirx qoplamasi va tashqi qoplamalardir.
Himoya qobiqlari kabelni qo‘llash sharoitlariga qarab tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |