Nazorat savollari
Osilgan zanjirlariga qarab havo yo‘llari necha sinfga bo‘linadi?
Havo yo‘llari osilgan simlarning qish faslida yaxlab qolish xususiyatiga qarab havo liniyalari necha turga bo‘linadi?
3-Ma’ruza
Havo liniyalarining jixozlari.
Reja:
PKN-10 turdagi saqlagich- ajratgich
Yuqori kuchlanishli ventilli razryadlovchi RVP-10
AVM-1 turdagi uzgich
Uch qutblik RLND-10 turdagi ajratgich.
10 KV kuchlanish uchun tayanchda o‘rnatiluvchi KM turdagi mufta.
KYA turdagi kabel yashigi.
Tayanch so’z va iboralar: Yuqori kuchlanishli havo liniyalari, transformatorlari, ajratgichlar o‘rnatiladigan yakka tayanch, saqlagich-ajratgich
Havo liniyalarining jixozlari
Bajaradigan vazifasiga binoan Yuqori kuchlanishli havo liniyalarini qurilishida turli tayanchlar: oraliq-liniyaning to‘g‘ri bo‘laklari uchun bittalik; P ko‘rinishdagi-ajratgich o‘rnatiladigan yo‘l-himoya; burchak; shamolga qarshi; o‘tish; kabelga o‘tkazuvchi A ko‘rinishdagi; A ko‘rinishdagi kuchaytirilgan; OM transformatorlari, ajratgichlar o‘rnatiladigan yakka tayanch va A ko‘rinishdagi bir fazali moyli OM transformatori va ajratgich o‘rnatiladigan P ko‘rinishdagi kuchaytirilgan; OM transformatori o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan o‘tish va oxirgi o‘rnatiluvchi AP ko‘rinishdagi; Yuqori kuchlanish simlarini tarqatish uchun, ajratgichli A ko‘rinishdagi; uzunligi 13 va 14 metr bo‘lgan metall qo‘shimchalik A ko‘rinishdagi o‘tish tayanchlari ishlatiladi.
Yuqorida qayd etilgan tayanchlarda quyidagi jixozlar o‘rnatiladi:
PKN-10 turidagi umumlashgan saqlagich-ajratgich. U OM transformatorlarini past quvvatli zanjirlarini va Yuqori kuchlanish zanjirlarini qisqa tutashuvdan saqlaydi. Transformatorlar Yuqori kuchlanish zanjiriga PKN-10 orqali ulanadi.
1.1-rasm. PKN-10 turdagi saqlagich- ajratgich
Bu erda: korpus, 2-saqlagich qopqog‘i, 3-ochish uchun ilgak, 4-ventilyasiya teshigi, 5- o‘rnatish moslamasi.
Yuqori kuchlanishli ventilli razryadlovchi RVP-10 yoki RVO-10. OM transformatorlari va ta’minot punktlarini ximoyasi uchun ishlatiladi. Bu razryadlovchilarning asosiy elementlari ishchi qarshilik va zaryadsizlanuvchi oraliqdir (iskravoy promejutok). Razryadlantiruvchilardagi ishchi qarshilik yarim o‘tkazgichlik vilit materialdan tayyorlangan. Uning toki va qarshiligi orasida notekis bog‘lanish mavjud. YA’ni kuchlanish oshganda qarshilik jadal kamayadi, aks holda qarshilik jadal oshadi.
1.2 -rasm. Yuqori kuchlanishli ventilli razryadlovchi RVP-10
1-korpus, 2-qisqich, 3-spiralli prujina, 4-bakelit silindr, 5-zaryadsizlanuvchi oraliq, 6-zrnatish shaybalari, 7-vilitlik disklar, 8-po‘lat bolt.
AVM-1 turdagi ko‘pkarrali avtomatik uzgich. U kuchlanishi 250 V gacha bo‘lgan kuchli zanjirlarni va avtoblokirovka rels zanjirlarini o‘ta yuklanish va qisqa tutashuvdan saqlaydi. Uning asosiy elementi bimetall va latundan ishlangan termoajratgichidir. Bu erda zanjirdan o‘tgan katta tok asosiy elementni qizdiradi va natijada egilib zanjirni uzib qo‘yadi. Zanjirdagi tok qiymati kamayishi bilan dastlabki xolatga kelib, zanjirni ulaydi.
AVM-1 turdagi avtomatik uzgichlar 3; 5; 7.5; 10 va 15 amper tokga mo‘ljallanib, uzish vaqti 1.5 daqiqa, qayta ulash vaqti 3 daqiqaga moslashtirilgan.
1.3 -rasm. AVM-1 turdagi uzgich 1.4 -rasm. Uch qutblik RLND-10 turdagi
Bu erda: 1)bimetall uzgich, ajratgich.
2) latun tirgagich
Uch qutblik RLND-10 va RLND-A-10 turdagi ajratgichlar. Ular SMB-YUKSYda tezkor ajratish va ta’mirlash ishlarida xizmat ko‘rsatadigan ishchilarni muhofaza qilish uchun qo‘llaniladi. Ajratgichlar elektr yuritgich yoki qo‘lda ajratish usullari bilan ishga tushiriladi
Muftalarning KM, KN va I 1016i turdagilari havo liniyalari tayanchlarida, xavo yo‘lidan kabel liniyasiga o‘tish uchun qo‘llaniladi. Tayanchlarda o‘rnatiladigan muftalar to‘rt tomirli (simlik) 1 KV kuchlagnishga va uch tomirli 10 KV kuchlanishgan mo‘ljallangan kabellar uchun chiqariladi.
1.5 -rasm. 10 KV kuchlanish uchun tayanchda o‘rnatiluvchi KM turdagi mufta.
Bu erda: 1) qopqoq, 2) izolyator, 3) metall ulagich, 4) erga ulash simi,
5) mufta konusi, 6) po‘lat trubka, 7) mufta qutisi.
KYA turdagi kabel yashigi. OM transformatorlardan elektr markazlashtirish posti kuchlanishini va signal simlarini rele shkafiga o‘tkazish uchun qo‘llaniladi. Kabel yashiklari 10, 16, 24 va 32 simni ulashga moslab chiqariladi. Kabel yashigi ichida AVM-1 uzgichi, saqlagichlar va ajratgichlar o‘rnatiladi.
15-rasm. KYA turdagi kabel yashigi.
Bu erda: 1-5) mahkamlash trubalari, 2) shtepsel saqlagich, 3) ajratgich, 4) ulash muftasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |