Reja: O‘zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturini talablari



Download 1,68 Mb.
bet5/44
Sana13.01.2022
Hajmi1,68 Mb.
#355476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
2 5276374719069688284

Aloqa izolyatorlari


Tayanch so‘z va iboralar:: havo liniyasi; yaxlash ekvivalenti; Yuqori kuchlanish havo yo‘llari (YUKSY); signallashtirish, markazlashtirish va blokirovka (SMB); elektr uzatish yo‘llari (EUY); tayanchlar; saqlagich-ajratgich; razryadlovchi; avtomat-uzgich (AVM); mufta; kabel yashigi; izolyator; shtir; ilgakli o‘rnatgich.
Havo liniyalarining tayanchlarida zanjir va simlarning qabul qilingan kesimi, tayanchlar profili deb ataladi (1.8 -rasm). Avtoblokirovkaning YUKSY da bir va ikki zanjirlik profillar qabul qilingan. Bir zanjirli uch fazali 10 KV lik SMB – YUKSY si, tayanchning Yuqori qismida joylashtiriladi. Signal simlari esa, pastki qator traverslarda o‘rnatilgan izolyatorlarga mahkamlanadi. (1.7- rasm a). Ikki zanjirlik uch faza 10 KV lik SMB – YUKSY si, zaxira sifatida, qo‘shimcha YUKSY kabi joylashtiriladi. (1.7- rasm b).

1.7 -rasm. SSB ning Yuqori kuchlanish signal liniyasi.

a) bir zanjirlik uch fazali 10 KV lik, b) ikki zanjirlik uch fazalik 10 KV lik.

1.8 -rasm. aloqa havo yo‘llari tayanchlar profili.

O‘zgarmas tokdagi elektrlashgan temir yo‘l bo‘limlarida, zaxira elektr ta’minoti, odatda kontakt ta’minoti tayanchlarida joylashtiriladi.

Havo liniyalarida ko‘pgina po‘lat, bimetall va mis simlar qo‘llaniladi. Ayrim xollarda ko‘p tolali po‘lat-alyumin simlari ham qo‘llanishi mumkin.

Po‘lat simlar boshqarma va bo‘limlar orasidagi aloqa liniyalari va dispetcherlik markazlashtirish tizimlarida qo‘llanadi. Mis va bimetall simlarni esa magistral va boshqarma aloqa liniyalarida ishlatiladi.

Po‘lat simlar diametri 1.5; 2; 2.5; 3; 4 va 5 mm li tayyorlanib, usti 0.2-0.4 % mis qoplamasi (xizmat vaqtini uzaytirish uchun) bilan qoplanadi. Bimetall simlarning BSM-1 va BSM-2 turdagilari ko‘proq ishlatiladi.

SMB ning YUKSYda signal simlarini joylashtirish (osish)da 4 yoki 5 mm po‘lat simlar ishlatiladi. Agar bu yo‘llarda energiya yo‘qotilishi normadan oshib ketsa, po‘lat simlar o‘rniga diametri 4 va 6 mm li po‘lat-mis bimetall simlar yoki AS-16, AS-25, AA-35, AS-50 va AS-70 (S= 35,50 va 70 ) turdagi po‘lat-alyuminiy simlar ishlatiladi.

Temir yo‘l kesishuvida, havo chorraxalarida va uzoq masofaga uzatishda mustaxkamlikni oshirish uchun, po‘lat va bimetall simlar o‘rniga, diametri 4.3; 6.7 mm ko‘p simli po‘lat tross (kanat), va diametri 4.7 va 7.4 mm PAB turidagi ko‘p simli bronzali antenna simlari osiladi.

O‘zgaruvchan tokda elektrlashgan bo‘limlarda, aloqa yo‘llarning kesishgan joylarida, kabelni havoga osish usuli qo‘llaniladi.

Havo liniyalarda simlarni tayanchlarda o‘rnatilgan izolyatorlarga yumshoq boylagich simlar yordamida maxkamlash amalga oshiriladi. Bunday simlarning diametri 2.5 va 2 mm bo‘lib, 3.5; 4 va 5 mmli osma simlarni maxkamlashda (bog‘lashda) ishlatiladi. Bog‘lovchi simlarning turlari osma simlarning turlariga mos bo‘lishi zarur. Masalan: po‘lat simlar ruxlangan po‘lat boylag‘ich simlar bilan; mis va bimetall simlar esa – mis yoki bimetall boylog‘ich simlar bilan bog‘lanishi zarur.

SMB ning YUKSY dagi po‘lat-alyumin simlarini 2.5 mm yoki 3.5 mm li po‘lat-ruxlangan bog‘lagich simlar bilan bog‘lash tavsiya etiladi.

Izolyatorda payvandlash simlarini bog‘lash va sim uchlarini payvandlash uchun ishlatiladi. Po‘lat simlar uchun diametri 1 mm bo‘lgan po‘lat-ruxlangan simni mis va bimetall simlar uchun 1 va 1.5 mm qoplamali mis sim ishlatiladi.

SMB YUKSY va aloqa havo liniyalarida tayanchlarga simlarni osishda izolyatorlar qo‘llaniladi. Izolyatorlarning shtirli va osiluvchan turilari mavjud bo‘lib, ular shisha yoki chinnidan yasaladi. izolyatorlarning sirtidan tok o‘tib ketmasligini ta’minlash, ularni ikki yubkali tuzilishi orqali amalga oshiriladi.

Izolyator turlari rasmlarda keltirilgan .

YOgoch tayanchlar tepa qismida SHS 10-G va SHF 10-G, temir-beton tayanchlar tepa qismida SHF 20-V izolyatori o‘rnatiladi. (rasm-1.9.) Tayanchlarda o‘rnatilgan uzgichlarga kelgan simlar PF6-V va PTF-3.3/5 (rasm- 1.10.) izolyatorlarida tugaydi. Aloqa va telefon havo liniyalarida TF-20 (rasm- 1.11.) izolyatorlari qo‘llaniladi.

SHtir va ilgakli o‘rnatgichlarning tuzilishi va ko‘rinishlari 1.12.,1.13, rasmlarda tasvirlangan.



1.9 -rasm . shtirlik izolyatorlar. a-b) SHS10-G, SHF10-G, v) SHF20-V


1.10 -rasm. Osma izolyatorlar. a-b) PF6-V .10 - rasm. aloqa izolyatorlari.




1.12 -rasm. a) KN-20, b) KN-18, v) KVG-25 turdagi ilgaklik o‘rnatgichlar.



1.13 -rasm. Yuqorida o‘rnatiluvchi a) SHV-22-1, b) traversda o‘rnatiluvchi

SHU-22-1 shtirlari.


Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish