Reja: O‘zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturini talablari



Download 1,68 Mb.
bet1/44
Sana13.01.2022
Hajmi1,68 Mb.
#355476
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
2 5276374719069688284


1-Ma’ruza

Kirish. Fanning maqsad va vazifalari

Reja:

  1. O‘zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturini talablari

  2. Zamonaviy fan va texnikaning istiqboli

  3. Temir yo‘l avtomatika va telemexanika qurilmalarini еelektr ta’minotida elementlardan foydalanish

O‘zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturini talablarini amalga oshirish maqsadida kelajakning negizi bo‘lgan yuksak malakali kadrlar tayyorlash uchun xalqaro standart talablari asosida ishlab chiqarilayotgan elektr ta’minoti qurilmalariga oid etarli darajada ma’lumotlarni qamrab olgan darsliklar yaratish xozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Zamonaviy fan va texnikaning istiqboli turli ishlab chiqarish jarayonlari va qurilmalarida elektr energiyani qo‘llash bilan uzviy bog‘langan.

Temir yo‘l transportining avtomatika, telemexanika va aloqa yo‘nalishida keng ko‘lamda asosan avtoblokirovka, elektr va dispetcherlik markazlashtirish tizimlari xamda aloqa qurilmalari qo‘llaniladi. Hozirda xarakatni tezkor avtome’yorlash, mikroprotsessorli boshqarishda, ko‘p ko‘rsatgichli lokomotivni signallashtirish tizimlari keng rivojlanmoqda.

Peregon va stansiyalardagi temir yo‘l avtomatika va telemexanika qurilmalari, temir yo‘l yoqalab o‘rnatilgan (qurilgan) xavo yoki kabel liniyalari orqali ta’minot oladi.

Avtoblokirovka bilan jixozlangan temir yo‘l bo‘lakchalarida, uch fazali Yuqori kuchlanishli (6 yoki 10 KV) avtoblokirovkaning signal yo‘l - zanjirlari quriladi. Stansiyalarda avtomatika va telemexanika qurilmalari ko‘p sonli signal kabellari orqali boshqariladi va elektr manbai bilan ta’minlanadi.

Temir yo‘l xo‘jaliklarida ko‘p turdagi zanjirlarning zich joylashivu bu zanjirlarning o‘zaro ta’sirini keltirib chiqaradi. Ayniqsa Yuqori kuchlanishli xavo liniyalarida bu ta’sir Yuqori darajada bo‘ladi. SHuning uchun avtomatika, telemexanika va aloqa jixozlarini xalaqit beruvchi ta’sirlardan ximoya qilish ixtiyoji kelib chiqadi. Bu ixtiyojlarni nazariy va eksperimental usullar yordamida bartaraf etiladi.

Temir yo‘l avtomatika va telemexanika qurilmalarini elektr ta’minotida to‘g‘rilagichlar, yarim o‘tkazgichli o‘zgartgichlar, kimyoviy tok manbai (akkumulyatorlar, birlamchi elementlar), dizel elektr agregatlar va boshqalar ishlatiladi. Bularning hammasi elektr energiya bilan ta’minlovchi, elektr ta’minoti qurilmalariga kiradi.

O‘zbekiston temir yo‘llarining ko‘p bo‘limlari o‘zgaruvchan tokda ishlovchi elektr qurilma bilan jixozlangan. Temir yo‘l avtomatika va telemexanika qurilmalari iste’molchi sifatida birinchi guruxga kirib, asosan o‘zgarmas tokda ishlaydi. Buning uchun yarim o‘tkazgich elementlaridan tuzilgan to‘g‘rilagichlar ishlatiladi.

Avtomatika va telemexanika qurilmalarini uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida, zahira elektr ta’minot jixozi sifatida, akkumulyator batareyalari qo‘llaniladi.

Avtomatika va telemexanika qurilmalarining elektr ta’minotiga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagidan iborat: qurilmalarning uzluksiz ta’minoti, kuchlanishning nominal qiymatiga nisbatan me’yordaligi va uning pulsatsiyasini minimal qiymati.

Elektr ta’minot qurilmalari Yuqori darajada avtomatlashtirilgan, foydalanish jarayonida kam xarajatli, Yuqori F.I.K. ga va quvvat koeffitsientiga ega bo‘lishi kerak.

Temir yo‘l transportida elektr ta’minot tizimlari avtomatika va telemexanika qurilmalarini yanada rivojlantirishda, akkumulyatorsiz elektr ta’minot qurilmalarini, elektron uskunalar yordamida Yuqori F.I.K. va quvvat koeffitsienti ga ega bo‘lgan avtomatlashtirish jixozlarini yaratishdir.


Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish