Reja: O‘zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturini talablari



Download 1,68 Mb.
bet9/44
Sana13.01.2022
Hajmi1,68 Mb.
#355476
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
Bog'liq
2 5276374719069688284

Nazorat savollari


  1. Zirxlangan signal-blokirovka kabelining tuzilishi va qanday qismlardan iborat?

  2. Kuchli kabellar qanday qismlardan iborat?


8-Ma’ruza

Temir yo‘l aloqa kabellari.

Reja:

  1. Aloqa kabellarining xususiyatlari

  2. Alyumin qobiqli kabel turlari


Tayanch so‘zlar: kabel; armatura; kabel kanalizatsiyasi; kabel konstruksiyasi; trassa; kabel tarmog‘i; kabel qoplamasi; kuchli kabel.

Temir yo‘l aloqa kabellari

Temir yo‘l aloqa kabellariga qo‘yiladigan talablarga ko‘ra, ularning turli xil konstruksiyasini ishlab chiqariladi.

Ko‘p kanallik aloqa kabellari magistral kabellar deb ataladi. Magistral kabellar Yuqori chastotali magistral kanallarni tashkil qilishda, boshqarma va bo‘limlar orasidagi aloqani tashkil qilishda va bo‘limlar ichidagi past chastotali aloqani tashkil qilishda qo‘llaniladi.

Bu kabellar himoya qoplamaga (qobiq va zirx) ega bo‘lib o‘zgaruvchan tokda elektrlashgan bo‘limlarda, temir yo‘l xududiga yotqizilganda, kabelga ta’sir kuchidan ximoya ekran sifatida ishlatiladi. Tomirlar kordel-quvurchali, polietilenli yoki qog‘oz –kordelli izolyasiyaga ega bo‘ladi.

Kardel quvurcha polietilen izolyasiyali kabellar sig‘imi 4, 7 va 14 to‘rtlik o‘ramli bo‘lib, alyumin yoki qo‘rg‘oshin qobiqga ega bo‘ladi.

Alyumin qobiqli kabel turlari: MKPAP-zirxsiz; MKPAB- po‘lat lentadan zirx, kabel massasi bilan to‘yintirilgan matosidan ximoya qoplamali; MKPABP- shuning o‘zi , faqat ximoya qoplamasi polietilen shlang sifatida ishlangan; MKPAK- zirxi yumaloq qismdan ishlanib, kabel massasi bilan to‘yintirilgan matosiga qoplama ishlangan; MKPAKP- shu kabi, faqat ximoya qoplamasi polietilen shlangdan qilingan.

Qo‘rg‘oshin qobiqli kabel turi MKPGzirxsiz tayyorlanadi va uning sig‘imi 4x4-to‘rtta Yuqori chastotali to‘rtlik, bitta signal juftligi (A vaT uchun) va bitta nazorat juftligi (izolyasiyani nazorat qilish uchun); 7x4- to‘rtta to‘rtlik Yuqori chastotali, uchta past chastotali ,5 ta signal juftligi va bitta nazorat juftligiga; 14x4 – beshta Yuqori chastotali, 9 ta past chastotali to‘rtlikla, 5 ta signal juftliklari va bitta nazorat juftligi qilib tayyorlangan.

Kabel tomirlari mis simdan, diametri 1,05 mm to‘rtliklar, SMB va nazorat juftliklari esa 0,7 mm diametrda bo‘ladi.

Izolyasiyasi kordel-qog‘oz kabel tomirlari MKBAB, alyumin qobiqga ega bo‘lib, sig‘imi 7x4 to‘rtlik, 6 ta signal juftligi, 14x4 to‘rtlik, 5 ta signal juftliklar bo‘lib, to‘rtliklar tomirining diametri 1,2 mm, signal ju ftliklarining diametri 0,9 mm tayyorlanadi.

Qurilish montaj ishlarida qulaylik tug‘dirish uchun, to‘rtlik izolyasiya ranglari turlicha bo‘ladi. Buni qurilish uzunligining A tomonida soat strelkasi bo‘ylab: qizil, yashil, oq (yoki rangsiz) va ko‘k, B tomonida, shu yo‘sinda faqat, soat strelkasiga teskari yo‘nalishda joylashtiriladi. To‘rtlik juftliklarning birinchisi qizil va oq izolyasiyaga, ikkinchisi yashil va ko‘k izolyasiyaga ega bo‘ladi. To‘rtliklarni ichiga qo‘shib o‘ralgan rangli mato iplar orqali ajratiladi.

Ko‘p kanalli past chastotali aloqa kabellari telefon stansiyalararo, magistral kabelidan ajratma sifatida, havo yo‘llari bilan bog‘lanishda, telefon-telegraf uzellari orasida bog‘lanish uchun qo‘llaniladi.

Bu kabellarni bo‘lim hududida temir yo‘l yoqalab magistral kabel sifatida ham ishlatsa bo‘ladi.

Tok o‘tkazuvchi tomirlar diametri 0,8; 0,9 va 1,2 mm; qog‘oz-kardel yoki polietilen izolyasiya; to‘g‘ri yo‘nalishlik umumiy o‘zak xosil qiluvchi o‘ramlar to‘rttaliklari; ximoya qobiq qo‘rg‘oshin yoki alyuminiylik. Kabelning hamma guruhlaridagi tomirlar bir xil diametrda, shuning uchun bunday kabellarni bir jinsli kabellar deb ataladi.

Kordel –qog‘ozli izolyasiya va qo‘rg‘oshin qobiqli kabellarning quyidagi turlari chiqariladi: TZG, TZB, TZBG va TZK, alyumin qobiqli kabellar: TZAVB va TZAPB (alyumin ustida PVX va PE shlang,). Quyidagi jadvalda kabel sig‘imlari keltirilgan.

2.5 -jadval


Kabel turi

To‘rtliklar, tomir diametri mm bo‘lganda

0,8 va 0,9

1,2

TZG, TZB, TZBG

3,4,7,12,14,19,27,37,52,61,80,102,114.

3,4,7,12,14,19,27,37,52-61

TZK

7,12,14,19,27,37

3,4,7,12,14,19,26,37

TZAVB, TZAPB

7,12,14,19,27,37

7,12,14,19,27,37

Po‘kak polietilen izolyasiyali tomir, diametri 0,9 va 1,2 mm bo‘lgan kabellar sig‘imi 4,7,14 va 19 to‘rtlik TZPP polietilen shlang, alyuminiy qobiqli, lentali zirx TZPAPBP va TZPAPBPj (temir yo‘l uchun), yumaloq simdan zirxli TZPAPK kabellari ishlab chiqariladi.

TZPAPBPj turdagi kabel, temir yo‘l yoqalab o‘zgaruvchan tokda elektrlashgan bo‘limlarda qo‘llaniladi. Himoyani kuchaytirish uchun alyumin qobiqning qalinligi kattalashtiriladi.

2.5 -rasm. Temir yo‘l aloqa kabellari ko‘ndalang kesimi.


1-nazorat tomiri, 2- markazlashtiruvchi kordel, 3- signal juftligi, 4- to‘rtlik tomir izolyasiyasi, 5-belbog‘ izolyasiya, 6- alyumin qobiq.


Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish