Nazorat savollari
Kabel tomirlari?
Izolyasiya turlari?
Sim tomirlarning buralishi?
Simmetrik kabel jilalarining izolyasiya turlari?
Simmetrik kabel jilalarini buralish usullari?
7-Ma’ruza
Avtomatika va telemexanika qurilmalarida qo‘llaniladigan kabellar.
Reja:
Zirxlangan signal-blokirovka kabelining tuzilishi.
Kuchli kabellar.
Tayanch so’z va iboralar: Avtomatika va telemexanika tuzilmalari, kabel liniyalari, aloqa tuzilmalari, alyuminiyli, plastmassa, polietilen, polivinilxlorid, qo‘rg‘oshin, rezina, gofra, qobiqlar
Avtomatika va telemexanika qurilmalarida qo‘llaniladigan kabellar
Avtomatika va telemexanika qurilmalarida turli signal-blokirovka kabellari ishlatiladi. Tuzilishidan qat’iy nazar bu kabellarning tok o‘tkazuvchi tomirlarning diametri 1 mm boshlab, yuzasi 0.0775 mm2, 0.45 mm lik polietilen izolyasiyaga o‘ralgan bo‘ladi. Zirxlangan kabellarning tomirlari izolyasiyasining qalinligi 0.9 mm gacha bo‘lib, ularning soni ettitagacha bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Signal-blokirovka kabellarini havoning darajasi + 20 S bo‘lganda, tok o‘tuvchi tomirlarning doimiy tokka qarshiligi 1 km ga 23.5 Om deb xisoblanadi. Izolyasiyaning elektr qarshiligi 1 km kabel tomiriga 5000 MOm dan kam bo‘lmasligi kerak.
Tomirlarning ishchi sig‘imi 1 km kabelga xisoblanganda, sodda yakka o‘ramlarda S = 150 PF dan, qo‘shaloq o‘ramlarda S = 100 PF dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Kabel qobiqlari metalldan (qo‘rg‘oshin, alyuminiy) yoki plastmassadan (polietilen yoki polivinilxlorid) bo‘lishi mumkin.
Kabellarni nomlashda quyidagi belgilardan foydalaniladi:
SB-signal-blokirovka kabeli; P- izolyatsiya materiali, polietilen; P, V, S yoki A- qobiq materiallari, polietilen, polivinilxlorid, qo‘rg‘oshin yoki alyuminiy; G belgisi-kabelda qobiq va tashqi qoplama yo‘qligini anglatadi.
Signal-blokirovka kabellarini himoya qoplamasi yostiq, zirx qobig‘i va tashqi qoplamalardan tashkil topadi. YOstiqlar oddiy, kuchaytirilgan va o‘ta kuchaytirilgan, polietilenli yoki polivinilxloridli shlangdan foydalanilish mumkin. Kabellarni nomlashda yostiqlarni oddiy turi qayd etilmaydi, kuchaytirilgan turi L belgi bilan, o‘ta kuchaytirilgani esa 2L belgi bilan, polietilen shlangaligi P, polivinilxlorid shlangaligi V belgilari bilan belgilanadi. Agar yostiq ishlatilmasa b-belgisi qo‘yiladi.
YOstiqni izohlovchi belgi, kabel qobiq belgilaridan so‘ng ko‘rsatiladi. Zirx qoplama po‘lat lenta, yassi yoki yumaloq rux bilan qoplangan po‘lat simlardan iborati B, P va K belgilar bilan ifoda etiladi. Yonmaydigan qoplama N belgi, polietilen shlangli-SHp belgi, polivinilxloridli-SHv belgi bilan belgilanadi.
Tropik sharoitlarga tayyorlanadigan kabellar nomlanishida, oxirgi belgi T deb ifodalanadi.
Temir yo‘ldagi signallashtirish, markazlashtirish va yong‘in signallashtirish tizimlarida 380 V o‘zgaruvchan tokli yoki 700 V o‘zgarmas tok zanjirlarida polietilen izolyasiyali (PE) plastmassa qobiqli (PVX) kabellar ishlatiladi.
Bu turdagi kabellar xonalarda, kanallarda, tonnellarda va er ostida (transheyalarda) yotqiziladi. Ular post qurilmalarini dala qurilmalari (strelka o‘tkazgichlari, svetoforlar, rels zanjirlari), bilan dala qurilmalarini o‘zaro ulanishida, erda yotqizilgan xolda yoki texnik-xizmat xonalarida ishlatiladi.
Bu turdagi signal-blokirovka kabellarida (rasm 2.3) izolyasiyalangan juftliklarni yo‘nalish bo‘yicha o‘zakka o‘raladi. Har bir yo‘nalishda bir juftlik-xisobiy juftlik bo‘lib, boshqa juftliklardan izolyasiyasining rangi bilan ajralib turadi. O‘zakka polietilen qavatdan belbog‘ izolyasiya o‘ralib, uning ustidan alyumin folga yoki metallangan qog‘ozdan ekran qilinib, u bilan butun ekran bo‘ylab diametri 0.5-0.6 mm mis sim yotqiziladi. Yuqorida qayd qilingan qatlamlar ustidan polivinilxlorid yoki polietilendan qobiq yotqiziladi.
2.3-rasm. Zirxlangan signal-blokirovka kabelining tuzilishi.
1) mis tomirlar, 2) tomirlar izolyasiyasi, 3) polietilen plenkadan lenta, 4) alyumin folga, 5) polivinilxlorid yoki polietilen qobiq, 6) ximoya qoplomasi, 7) tashqi qoplama.
Signal-blokirovka kabellarning tomirlar soni quyidagi jadvalda keltirilgan.
2.1 -jadval
turi
|
Soni
|
Juftliklar
|
Tomirlar
|
SBVG
|
1, 3,4,7,10,12,14,19,24,27,30
|
3,4,5,12,16,30,33,42
|
SBVB, SBVBG, SBPB, SBPBG,SBPu, SBBbSHv, SBBbSHp
|
3,4,7,10,12,14,19,24,27,30
|
3,4,5,12,16,30,33,42
|
Alyumin qobiqda polietilen izolyasiyalik kabellar tomirlari faqat juft o‘ramli bo‘ladi. (3,4,7,12,14,19 va 27 juftliklar).
Signal-blokirovka kabellarni turi va ishlatish joylari.
2.2 -jadval
turi
|
Nomi (belgisi)
|
Ishlatish joyi
|
SBVG
|
Signal-blokirovka kabeli,mislik tomirli, PE izolyasiyali PVX qobiqda
|
Xonalarda, kanallarda, zararli sharoitdagi tonnellarda, mexanik ta’sir bo‘lmaganda
|
SBVBG
|
SHunday kabel , faqat ikki po‘lat lenta zirxli
|
SHunday kabel, lekin mexanik ta’sirlar bo‘lishi mumkin (tortish ta’siri ham)
|
SBVB
|
SHunday kabel, tashqi qoplama bilan
|
Erda (transheyada), zararli sharoitda, agar kabelga tortish ta’siri bo‘lmasa
|
SBPBG
|
Signal-blokirovka kabeli,misl tomirli, PE izolyasiyalik PVX qobiqda, ikkita po‘lat lenta zirxda
|
SHunday kabel, lekin mexanik ta’sirlar bo‘lishi mumkin (tortish ta’siri ham)
|
SBPB
|
Signal-blokirovka kabeli,mislik jilali, PE izolyasiyalik PVX qobiqda, ikkita po‘lat lenta zirxda, tashqi qoplamali
|
Transheyalarda, zararli sharoitda, mexanik tortish ta’sir bo‘lmaganda
|
SBPu
|
Signal-blokirovka kabeli,misli tomirli, PE izolyasiyasi qalinlashgan PE qobiqda
|
Transheyalarda, zararli sharoitda, mexanik ta’siri bo‘lmaganda
|
SBBbSHv
|
Signal-blokirovka kabeli,misli tomirli, PE izolyasiyali, PVX qobiqda, ikkita po‘lat lenta zirxda, PVX qobiqda
|
Erda (transheyada),kanallarda, tonnellarda,zararli sharoitda, agar kabelga tortish ta’siri bo‘lmasa
|
SBBbSHp
|
Signal-blokirovka kabeli,misli jilali, PE izolyasiyali, PVX qobiqda, ikkita po‘lat lenta zirxda, PE qobiqda
|
Erda (transheyada),zararli sharoitda, agar kabelga tortish ta’siri bo‘lmasa
|
Kuchli kabellar Yuqori kuchlanishli havo lliniyalarida qo‘shimcha o‘tish liniyalari, elektr ta’minot zanjirlarini ulashda, avtomatika va telemexanika tuzimlarini o‘rnatishda, elektr ta’minotini ta’minlovchi sifatida ishlatiladi. Kuchli kabellarni 1 Kv gacha va 3, 6, 10, 20, 35 Kv kuchlanishlarga ishlab chiqariladi. Tomirlar soni bittadan to‘rttagacha bo‘lib, mis, alyumin metallardan yumaloq, segmentli yoki sektor shakllarida ishlab chiqariladi. To‘rt tomirli kabelning bittasi-ko‘ndalang kesimi kichikrog‘i, uch fazali zanjirning nul simini tashkil qiladi. Kuchli kabellarning qobiqlari gofirlangan, qo‘rg‘oshinli, alyuminli, plastmassali va yonmaydigan rezinalardan tayyorlanadi.
Sanoatda konstruksiyasiga, kuchlanishiga, tomirlar soniga, qo‘llash shartlariga qarab kabellarning 200 dan ortiq turlari ishlab chiqariladi.
Kuchli kabellarni nomlashda umumiy qabul qilingan uslubdan foydalanamiz .
-rasm. Kuchli kabellar.
Bu erda: 1-tomirlar, 2- belbog‘ izolyasiya, 3- metall qobiq,
4- kabel matosidan qoplama, 5- po‘lat zirx.
4-jadvalda kuchli kabellar ko‘rsatkichlari keltirilgan.
2.3 -jadval
turi
|
tomirlarning ko‘ndalang kesimi, mm ,
minimal kuchlanish, Kv
|
kabel
|
qobiq
|
1 gacha
|
3
|
6
|
10
|
20
|
35
|
Bir tomirli
|
Qo‘rg‘oshin,
alyumin
|
10-800
|
10-625
|
-
|
-
|
25-400
|
120-300
|
Uch tomirli
|
Qo‘rg‘oshin,
Alyumin, 35 Kv kabel uchun faqat qo‘rg‘oshin
|
6-240
|
6-240
|
10-240
|
16-240
|
16-240
|
120-150
|
Ilova: 1 Kv kuchlanishning minimal qiymatida, qo‘rg‘oshin qobiqli ikki tomirli kabelning ko‘ndalang kesimi 6 105 mm , to‘rt jilali, alyumin va qo‘rg‘oshin qobiqliginiki 10 185 mm gacha bo‘ladi.
Temir yo‘l avtomatika va telemexanika tizimlarida uch tomirli 1, 3,6, 10 KV gacha bo‘lgan kuchli kabellar qo‘llaniladi. Kabellarni nomlashda tomirlar soni, ko‘ndalang kesimi (mm ) va unga ta’luqli nominal kuchlanishi ko‘rsatiladi.
Elektr markazlashtirish, dispetcherlik markazlashtirish, saralash tepachalarida avtomatik markazlashtirish va boshqa texnik-xizmat imoratlari, elektr ta’minotni o‘rnatish uchun quyidagi turlardagi kuchli kabellar qo‘llaniladi:
VRG, VVG, NRG, SRG. Ular uchun alyumin tomirli kuchli kabellarni yotqizish ta’qiqlanadi.
Transformator nim stansiyasi, taqsimlov punktlarida AAG, AASHv, SBG, ASBG, AVVG, AVRG, ANRG, APVG, APsVG, VRG, NRG, SRG, ASRG, ASG turdagi kabellar qo‘llaniladi.
Nazorat kabellari mis yoki alyumin tomirli, rezina va plastmassa izolyasiyali, qo‘rg‘oshin, rezina yoki polivinilxlorid qobiqli, ximoya qoplamali yoki qoplamasizlari elektr apparat, o‘lchagichlar, taqsimlovchilarni elektr va fizik qo‘rsatkichlarini doimiy nazorat qilish uchun qo‘llaniladi.
Nazorat kabellari tomirlarining ko‘ndalang kesim 0,75; 1; 1,5; 2,5; 4; 6 va 10 mm ni tashkil qiladi.
Nazorat kabelni nomlashda avval K belgisi, ketidan alyumin tomir A, izolyasiya materiali: R-rezina, V-polivinilxlorid, P-polietilen, Ps-o‘z so‘nar polietilenlar qo‘llaniladi. Qobiqlarni nomlashda materiallar V-polivinilxloridli plastikat, N-yonmaydigan rezina, S-qo‘rg‘oshin, Sg-gofrlangan po‘lat ishlatiladi. Himoya qobiq belgisini, qobiq belgisidan so‘ng ko‘rsatiladi.
Kabellarning izolyasiyalangan tomirlari yo‘nalishda ikkita yonma-yon (xisob juftliklari) joylashib, ranglari bilan ajralib turadi. Yo‘nalishdagi xisob tomir juftligi qizil yoki och qizil rang, xisoblash juftligi – ko‘k va moviy rangda bo‘ladi.
Quyidagi jadvalda ayrim nazorat kabelining ko‘rsatgichlari keltirilgan.
2.4 -jadval
Kabel turi
|
YOtqizish joyi
|
tomirlar soni
|
KRSG
|
Imorat ichida; kanallarda, tonnellarda; tebranishlar ta’siri yo‘q joyda;kabelga mexanik ta’sir bo‘lmaganda
|
4, 5, 7, 10, 14
|
VRSB
|
Erda(transheyada) agar kabel tortilish kuchiga chalinmagan bo‘lsa
|
19, 27, 37
|
KRSK
|
Suv tagida, tortish kuchiga chalingan joylarda
|
7, 10, 14, 19, 27 , 37
|
KVVBn, KPsVBn,
KRVBn, KRNBn
|
SHaxtalarda, yong‘indan havfli xonalarda
|
4, 5, 10, 14, 19, 27, 37, 52
|
Do'stlaringiz bilan baham: |