SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI LINGVISTIKA(O‘ZBEK TILI) YO‘NALISHI I KURS MAGISTRANTI FAYZULLAYEVA MOHINURNING “O‘ZBEK TILSHUNOSLIGINING DOLZARB MUAMMOLARI” FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
MAVZU:FORMAL,SUBSTANSIAL VA ANTROPOSENTRIK TILSHUNOSLIKDA SINTAKSISGA OID TADQIQOTLAR TALQINI
Sintaksisni o‘rganish tarixi qadimgi asrlarga borib taqaladi.Sintaksis ostida gap va uning qismlari haqida ta’limot tushuniladi.Bu nazariya antik davrning lisoniy an’analarini ifodalashdan kelib chiqqan.Sintaksis(yunon.sintaxys-tuzish,qurish)ning asosi gap haqidagi ta’limotdir.Gaplar,aslida ,so‘zlarning erkin birikuvlariga ham asoslanganligi tufayli so‘zlarning bog‘lanish qonuniyatlari ,so‘z birikmalari ham sintaksisda o‘rganiladi.
Sintaksis atamasi ,grammatika atamasi kabi ikki ma’nolidir:
1.Tilning sintaktik qurilishi.
2.Grammatikaning tarkibiy qismi.
Sintaksis so‘zlarning har qanday birikuvlarini emas,balki hokim-tobelik munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvlar va ularning lisoniy mohiyatlarini tekshiradi.
O‘zbek tili sintaksisi tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida dastlab Fitrat tomonidan “nahv” atamasi ostida o‘rganildi.Shundan so‘ng H.Qayumiy va S.Dolimov ham ikki qismli “Grammatika” asarini yozib,ikkinchi qismini “nahv” deb nomlaganlar.
O‘zbek tili sintaksisi tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida dastlab Fitrat tomonidan “nahv” atamasi ostida o‘rganildi.Shundan so‘ng H.Qayumiy va S.Dolimov ham ikki qismli “Grammatika” asarini yozib,ikkinchi qismini “nahv” deb nomlaganlar.
O‘zbek tili sodda gap sintaksisining takomillashuvida B.O‘rinboyevning “Hozirgi o‘zbek tilida vokativ kategoriya”, N.Mahmudovning “O‘zbek tilidagi sodda gaplarda mazmun va shakl assimetriyasi” monografiyalari ahamiyatli bo‘ldi.O‘zbek tilida qo‘shma gap sintaksisi shakllanishida akademik G‘.Abdurahmonov va M.Asqarovalarning xizmati kattadir.O‘zbek tili qo‘shma gaplarning tadqiqiga bag‘ishlangan “Hozirgi zamon o‘zbek tilida ergashgan qo‘shma gaplarning sostavi” asari bilan o‘zbek tilida qo‘shma gaplar alohida tadqiq qilinishni boshladilar.1955-yilda F.Kamol “Qo‘shma gaplarga doir masalalar” kitobini nashr etdi va unda qo‘shma gaplarning maqomi,ularning tasnifi haqida dastlabki ma’lumot berdi.
Turkiy tillarning o‘rganilish tarixi masalalari bilan chuqur shug‘ullangan akademik A.N.Kononov turkiy tillar sintaksisini ilmiy ravishda izchil o‘rganish XX asrdan boshlanganligi haqida yozib, “ bu davrdan oldingi ishlarda ayrim turkiy tillarning sintaksisi haqida uzuq-yuluq malumotlargina berilganligi ” ni alohida ta’kidlaydi. Zero, turkiy tillarni ilmiy asoslarga o‘rganish o‘z ibtidosini XI asrdan (Mahmud Koshg‘ariyning “ Devonu lug‘otit turk ” asaridan) boshlab hozirga qadar uzluksiz davom etib kelayotganlaigiga qaramay, XI-XIX asrlarda sintaksis tahlili va talqiniga bag‘ishlangan birorta ham maxsus ishni sanab o‘tolmaymiz.Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad Koshg‘ariy o‘z “Devon”ida o‘zining sintaksisga bag‘ishlangan maxsus asari – “Javohiru–n–nahv fi lug‘oti–t–turk ” ( “ Turkiy tillar grammatikasi (sintaksisi) javohirlari ” ) borligini alohida ta’kidlaydi. Bu asar hozircha ma’lum bo‘lmasa ham, ayta olamizki, uning materiallari sintaksisning hozirgi zamonaviy talqinidan ancha yiroq va, asosan, arab tilshunosligi an’analariga muvofiq ravishda, morfologik shakllarning qo‘llanilish tavsifi bilan chegaralangan bo‘lishi mumkin.