Reja: O‘zbek tilshunosligida sintaksisning o‘rganilishi. Sintaktik birliklarning tipologik o‘rganilishi



Download 0,96 Mb.
bet2/4
Sana21.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#833520
1   2   3   4
Bog'liq
FAYZULLAYEVA M O\'TDM TAQDIMOT

O‘zbek tili sintaksisi bo‘yicha ilk maxsus tavsif sifatida biz hozircha Abdurauf Fitratning birinchi nashri 1925 yilda amalga oshirilgan “ O‘zbek tili qoidalari to‘g‘risida bir tajriba. Ikkinchi kitob - Nahv” asarini tilga ola olamiz, xolos. Haqiqatan ham, bu ish o‘zbek tili sintaktik qurilishining izchil tahlilini boshlab beruvchi ham tadqiqot, ham tavsif – o‘quv qo‘llanmasidir. Tilshunos A.Nurmonov “ hali o‘zbek tili sintaksisining mundarijasi belgilanmagan, sintaktik tushunchalarni ifodalovchi atamalar izga solinmagan bir davrda bu asarning vujudga kelishi o‘zbek tlshunoligi tarixi uchun katta voqea edi,” – deb unga yuksak baho berganida to‘la-to‘kis haqdir. Fitrat o‘zbek sintaksisi talqiniga so‘z uyushmasi (so‘z birikmasi, so‘z qo‘shumi), gap, uning asosiy qismlarini atovchi kesim, ega, to‘ldirgich (gap tarkibidagi ega va kesimdan boshqa bo‘laklar, ikkinchi darajali bo‘laklar), kirish so‘z, turush belgilari (tinish belgilari) kabi o‘nlab atama va tushunchalarni olib kirdi. Olim ilk qadamdanoq turkiy tillar (jumladan, o‘zbek tili) sintaksisining G‘arbiy-Yevropa tillari sintaktik qurilishidan tub farqlarini: a) kesimning gap qurilishida alohida mavqe egallashini – “so‘z qo‘shumini gapga aylantiradigan” qism ekanligini; b) gap va so‘z birikmalari tarkibida tobe–hokim tartibi mutlaqligini ilg‘ay va sharhlay oldi.


O‘zbek formal grammatk talqinlari asoslarini Ayyub G‘ulomov “Синтаксис ва пунктуация бўйича машқлар тўплами” (–Т.: Ўздавнашр, 1938; 1939; 1947), “Ўзбек тили грамматикаси. 2-қисм. Синтаксис” (–Т.: Ўздавнашр, 1940), “Ўзбек тилида аниқловчилар” (–Т.: Ўздавнашр, 1941), “Ўзбек тили грамматикаси. 2- қисм. Синтаксис” ((–Т.: Ўздавнашр, 1944 – 1960), “Содда гап. Ҳозирги замон ўзбек тили курси бўйича материаллар” (–Т.: Ўз ФА нашр., 1955) va, nihoyat, Mazluma Asqarova bilan hamkorlikda yozilgan, o‘zbek formal sintaktik ta’limotining mukammal sharhi bo‘lgan, yaqingacha oliy ta’lim tizimi uchun eng mukammal darslik sanalib, akademik G‘anijon Abdurahmonov yetakchiligida tuzilgan qo‘llanma bilan bir qatorda hozirgacha ham amaliyotdan tushmagan (uchinchi nashri 1987- yilda amalga oshirildi) “Ҳозирги замон ўзбек тили. Синтаксис (–Т.: Ўрта ва олий мактаб, 1960) kabi asarlari orqali keng ommalashtirdi.
Keyingi yillarda sodda va qo‘shma gap qurilishi, so‘z birikmalari va ularning ko‘rinshlari talqini bilan bog‘liq bo‘lgan juda ko‘p juz’iy masalalar F.Abdullayev, G‘.Abdurahmonov, M.Asqarova, A.Borovkov, F.Kamolov, Sh.Rahmatullayev, V.V.Reshetov, U.Tursunov, A.G‘ulomov singari olimlar ishlarida va rahbarligida amalga oshirilgan A.Abdullayev, J.Omonturddiyev, I.Rasulov, A.Ahmedov, D.Ashurova, S.Usmonov, F.Ubayeva, A.Sayfullayev, A.Berdialiyev, V.Egmberdiyev, M.Sharipov, Z.Sulaymonov, A.Mamajonov, M.Mirzayev, M.Mujdaboyev, I.Toshaliyev, B.To‘ychiboyev, D.Muhamedova, X.Abdurahmonov, F.Ibrohimova, I.Tursunov, X.Ismatullayev, B.O‘rinboyev, A.Hazratqulov, X.Komilova, A.Ma’rupov, S.Ravshanova, K.Shoazizov, S.G‘oyibov, Т.Hayitmetov, T.Akramov, O.Amirova, S.Solixo‘jayeva, E.Shodmonov, H.Abdullayev kabi olimlar tadqiqotlarida muhokama etildi, muayyanlashtirildi.
Formal sintaktik tavsif natijalariga tayanib, o‘zbek tili sintaksisi bo‘yicha amalga oshirilgan va katta ilmiy samaralar bergan yo‘nalishlar sifatida sistem-struktural tahlil ususllariga tayanib olib borilgan semantik sintaksis va valentlik bo‘yicha tadqiqotlarni alohida sanab o‘tish lozim. Bu sohalarda N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Berdialiyev, D.Lutfullayeva, A.Ahmedov, I.Qo‘chqortoyev, R.Rasulov, M.Qurbonova, A.A.Salkalamanidze, S.Sultonsaidova, S.Muhamedova, H.Usmonova kabi olimlar erishgan yutuqlarning ilmiy salohiyati o‘zbek tilshunosligidagina emas, slavistika va germanistika – umuman til qurilishi tahlil nazariyasida o‘ziga xos ahamiyatga molikligi, mustaqilligi bilan ajralib turadi

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish