Reja Ovqat intoksikatsiyalari,Stafilokok intoksikatsiyasi Botulizm ovqat intoksikatsiyalari



Download 22,1 Kb.
bet1/5
Sana20.09.2021
Hajmi22,1 Kb.
#180104
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Gigiena 28tazasi


28 Mavzu.Ovqatdan zaxarlanish va uning рrofilaktikasi Stafilokokk intoksikatsiyalari.Botulizm

Reja

1.Ovqat intoksikatsiyalari,Stafilokok intoksikatsiyasi

2.Botulizm

OVQAT INTOKSIKATSIYALARI

Toksikoinfeksiyalar va intoksikatsiyalarbir-biridan epidemiologik jihatdan kam farq qiladi. Kasallik avj olishining ikkala turida quyidagi uch tarmoq umumiy hisoblanadi: mahsulotning zararlanishi, mikroblarning ko'payishi uchun sharoitlar vujudga kelishi; mahsulotni iste’mol qilishdan oldin yetarlicha pishirmaslik. Biroq, kasalliklar patogenezida intoksikatsiyalarning o‘z xususiyatiga ko‘ra ular mikroblarning mahsulotda o‘sishi davrida ajratgan zahaming organizmga tushishi natijasida ham (mikroblar bo'lmagan holda ham stafilokokk intoksikatsiyalari, botulizm) zaharlanish paydo bo'ladi. Ba zi bir mualliflar botulizmda toksindan tashqari tirik mikroblaming han? ahamiyati borligini aytadilar va shunga ko‘ra botulizmni ovqat toksikoinfeksiyasi deb hisoblashni lozim topadilar. Bakterial toksikozlar o‘tkir kechadigan kasallik bo‘lib, iste’mol qilingan ovqat mahsuloti tarkibida mikroblaming hayot faoliyati davrida ajralgan maxsus zahanta sirida го у beradi. Bunga botulizm hamda stafilokokkli zaharlanishlar kiradi. STAFILOKOKK INTOKSIKATSIYALARI



Stafllokokklar orqali ovqatdan zaharlanish bakteriya toksinlaridan zaharlanishga xos kasallik hisoblanadi. Stafilokokk intoksikatsiyalari orqali ovqatdan zaharlanish umumiy ovqatdan zaharlanishning taxminan 1/3 qismini tashkil qiladi. Stafilokokk intoksikatsiyalari bilan zararlangan ovqatdan zaharlanishni 1899 yilda birinchi bo‘lib P. N. Leshchenkov kashf etgan. Zaharlanish birinchi bor yong'oqli, kremli tort yegan odamlarda qayd qilingan va unda stafilokokk bakteriyasi topilgan. Stafilokokkli intoksikatsiyalar ajratgan enterotoksin ovqat hazm qilish a’zolari shilliq qavatiga ta’sir etishi bilan ifodalanadi. Bunda shilliq qavatda yallig lanish alomatlari kuzatiladi. Zaharlanish davrida kuzatiladigan kollapsga о xshash o'zgarishlar zahaming organizmga umumiy ta’sir ko'rsatishi bilan birga buyrak usti bezi ishining susayganini bildiradi. Stafilokokk enterotoksinining 6 serologik turi, ya’ni А, В, C, D, E, Г aniqlangan. Keltirilgan shtammlaming hammasi ham kasallik qo‘zg‘atish xususiyatiga ega bo lgan enterotoksin ajrata olmaydi. Ba’zi bir serologik turlar o‘zidan ikki va undan ortiq turdagi zahar ajratish xususiyatiga ega. Demak, stafilokokklardan kelib chiqadigan ovqat intoksikatsiyalari stafilokokk enterotoksini bo‘lgan ovqatni iste’mol qilish natijasida vujudga keladigan о tkir kasallik hisoblanadi. Intoksikatsiya qo‘zg‘atish xususiyati bo‘lgan mikrob shtammlari enterotoksin shtammlari deyiladi. Patogen stafllokokklar plazmani koagulyatsiya qilish, gemolitik xossalarga ega bo‘ladi, biroq ovqatdan zaharlanishlami enterotoksin ajratadigan stafllokokklar keltirib chiqaradi. Klinikasi. Kasallanish alomatlari yashirin davrdan keyin tarkibida stafilokokk enterotoksin shtammlari bo‘lgan ovqat mahsulotlarini iste’mol qilgandan 2-4 soat o‘tgach paydo bo‘ladi. Stafilokokk infektsiyasining yetakchi belgilari gastroenterit hisoblanadi. Kasallik shiddat bilan boshlanadi: bemor to‘satdan tez-tez qusa boshlaydi, qorinda qattiq achishtiradigan og‘riq (to‘sh osti sohasida) paydo bo‘ladi, ich ketishi kuzatiladi, ayrim hollarda ich ketmasligi mumkin. Bemorlar darmonsizlikdan, bosh og‘rishi, aylanishidan nolishadi. Tomir tez uradi, to‘liqligi sust bo‘ladi. Tana harorati odatda o‘zgarmaydi, sovuq ter chiqadi. Kamdan-kam hollarda yurak faoliyati susayadi. Talvasa tutadi. Kasallik qisqa vaqt kechadi: odatda 2-kum sog'ayish boshlanadi. 0 ‘lim bilan tugash hollari qayd qilinmagan. Epidemiologiyasi. Stafilokokk intoksikatsiyalari turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlariga bog'liq bo‘lishi mumkin, biroq aksan sut va sut mahsulotlari (tvorog, qatiq, kefir, pishloq), shuningdek, kremli qandolat mahsulotlari iste’mol qilingandan keyin paydo bo‘ladi. Mahsulotlarda enterotoksin 18-20 С da rivojlanadi. Bunda mahsulotning organoleptik xossalari - rangi, hidi, ta’mi o‘zgarmaydi. Stafilokokk enterotoksini issiqlikka g‘oyat chidamli. U uzoq muddat mobaynida qaynatishga bardosh beradi, shunga ko‘ra, stafilokokk tushgan bo‘lsa, qaynatilgan va pasterizatsiya qilingan sut ichilgandan keyin ham intoksikatsiya ro‘y berishi mumkin. Qulog‘ida, ko‘zida yiringli kasalliklari bor sut sog‘uvchilar va sut zavodlari hamda qandolat sexlarining ishchilari, shuningdek, oshpazlar stafilokokk tashuvchilar hisoblanadi. Angina va yuqori nafas yo'llari katariga uchragan bemorlar ham katta xavf tug‘diradi, chunki bunda oziq-ovqat mahsulotiari ayerogen yo‘l bilan stafilokokk bilan zararlanishi mumkin. Sigir va echkilar mastitida ham zararlanish sodir bo‘lishi mumkin. Oziq-ovqat korxonalari sanitariya holatining qoniqarsizligi ham stafilokokklar tarqalishiga sabab bo‘ladi. Profilaktikasi.

1. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlashga aloqador shaxslaming sog‘lig‘i ustidan nazorat olib borish. Teri qatlamlarida, qulog ida, ko‘zida, tomog‘ida yiringli kasalliklar va yuqori nafas yo‘llarida yallig lanishi bor shaxslar oziq-ovqat mahsulotlari bilan aloqador ishga qo‘yilmaydi.

2. Mastit bo'lgan hayvonlar sutini ichish mumkin emas.

3. Oziq-ovqat korxonalari xodimlari gigiyena tartibini nazorat qilish, burun-xalqum kasalliklari va chirigan tishlarini o‘z vaqtida davolatishlari kerak.

4. Sut, sut mahsulotlari, kremli qandolatlar, shuningdek tez buziladigan boshqa mahsulotlarni sovutgichlarda saqlash shart

5. Stafilokokk enterotoksini issiqqa juda chidamli bo‘lgani sababli mahsulotni 2-2,5 soat qaynatib zararsizlantirish kerak.



Tashxis. Stafilokokk intoksikatsiyalarida tashxis shartlari:

1. Sitrat plazma bilan stafilokokklami koagulyatsiyalab, enteorotoksin hosil qilish xususiyatini aniqlash.

2. 1 g mahsulotda plazmani koagulyatsiya qiladigan stafilokokklar miqdori.

3. Shubha qilingan mahsulotdan zararlangan kishilaming ajratmalaridan, korxona jihozlari va xodimlar qo‘li, shuningdek tomog‘i va burun xalqumi suyuqliklaridan ajratilgan stafilokokklami bakteriofag turlariga ajratish. Ovqat mahsulotida enterotoksin borligini antitoksik stafilokokkning zardob bilan zanjir reaksiyasi yordamida tez aniqlash mumkin.




Download 22,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish