BOTULIZM
Botulizm lotincha BOTULUS - so'zidan olingan bo'lib, kolbasa ma’nosini anglatadi. Chunki kasallik ko‘pincha kolbasa iste’mol qilish natijasida paydo bo‘ladi. Botulizm kasalligini keltirib chiqaruvchi bakteriya, - Cl. botulinum 1896 yilda Gollandiyalik cho‘chqa go‘shtidan qilingan kolbasani iste’mol qilish natijasida kasallikning og‘ir turi keng tarqalgan vaqtda E. Van Ermengem tomonidan kashf etilgan. Botulizm - CLASTRIDIUM BOTULINUM zahari bilan zararlangan ovqatni iste’mol qilish natijasida paydo bo‘ladigan og‘ir o‘tkir kasallik. Cl. botulinumning yettita А, В, C, D, E, F va Y turi ma’lum. Ulaming hammasi kishilarda kasallik paydo qilishi mumkii. Biroq, aksari, А, В, E turlari kasallik qo zg‘atuvchilar hisoblanadi. C, D, F turlari esa kam uchraydi, bir-ikkita kasallikning avj olish davrida topilgan, xolos. Klastridiumlaming barcha olti turi avlod shakl shamoyili va xossalari, zaharlanish ta’siriga ко‘ra juda yaqin. Ulami belgilari bir xil bo'lgan kasalliklar keltirib chiqaradi va ishlab chiqaradigan zaharlaming antigen xossalari bo‘yicha farq qiladi, holos. Bu har bir turning zahari faqat xuddi shu turga qarshi ishlab chiqazilgan zardob bilan neytrallanadi, degan gap. С 1. botulinum zahari qaynatilganda bir necha daqiqa ichida parchalanadi, 80°C gacha qizdirilganda 30 daqiqa, 58°C da 3 soat o‘tgach parchalanadi. Botulotoksinning asosiy xossasi proteolitik fermentlar (pepsin, tripsin) ta’siriga, kislotalarga, past haroratga yuqori chidamliligi hisoblanadi. Ayni vaqtda toksin ishqorlardan inaktivlanadi va qizdirishda ham chidamliligi bilan farq qiladi. Klastridiumlaming o‘zi qizdirishga kam chidamli. Sporalar qizdirishga juda chidamliligi bilan ajralib turadi. 100°C haroratda 5 soat o ‘tgach, 105°C da 2 soat o ‘tgach, 120°C da 10-20 daqiqa o ‘tgach, parchalanadi. Sporalar past haroratga bundan ham chidamli: ular hatto 253°C da ham halok bo'lmaydi. Botulizm qo‘zg‘atuvchisi - aniq anayerob, u havo kirmaydigan joyda - baliq, yog‘li cho‘chqa go‘shtida, kolbasaning katta bo'laklari ichida yoki germetik berk konserva bankalarida hosil bo'ladi, E turidagi botulizm qo‘zg‘atuvchilari, shuningdek, В turidagi noproteolitik shtammier va Г turidagi ba zi bir shtammlar oziq-ovqat mahsulotlarida protoksin, ya’ni zahaming zaharsiz o'tmishdoshini hosil qilishi, bu biologik sinamada sichqonlami halok qilmasligi aniqlangan. Protoksin odam va hayvonlaming me’da-ichak yo'llariga proteolitik fermentlar ta’sir etishi natijasida o'zining biologik faolligini yuzaga chiqaradi. Protoksinga in vitro tripsin yoki pankreatin qo‘shish bilan uni faollashtirish, so'ngra undan biologik sinama o‘tkazishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |