Reja: O’simliklarning tabiatdagi va inson faoliyatidagi ahamiyati


Yshil suvo’tlar har xil ko’payadi. Ko’pchilik turlari vegetativ va zoosporalar hosil qilish bilan ko’payadi



Download 401,03 Kb.
bet5/9
Sana19.08.2021
Hajmi401,03 Kb.
#151665
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Gulli o'simliklarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati

Yshil suvo’tlar har xil ko’payadi. Ko’pchilik turlari vegetativ va zoosporalar hosil qilish bilan ko’payadi. Bunda hujayra mahsuloti 2-4-8-16-36-64 ta va undan ham ko’proq bo’lakka bo’linadi. Har bir bo’lak bir juft xivchin (qilcha) hosil qiladi va ona hujayrani parchalab tashqariga chiqadi va har biri o’ziga yangi hujayra po’sti hosil qilib, mustaqil organizm sifatida yashay boshlaydi. Ko’payishni bu usuliga jinssiz ko’payish deyiladi. Jinssiz ko’payish doim sharoit qulay bo’lgan taqdirda sodir bo’ladi va yil davomida bir necha marta takrorlanadi.

Ammo yilning hamma fasllarida ham sharoit suvo’tlari uchun qulay bo’lavermaydi. SHuning chun noqulay sharoit yuz berganda ya'ni havo haroratini pasayishi, suvda oziq moddalarning kamayib ketishi va suvning qurib qolishi sodir bo’lganda, ular o’z hayotini saqlab qolish uchun jinsiy ko’payishga o’tadi. Jinsiy ko’payish ham jisissiz ko’payish jarayonidek hujyralarni bo’laklarga bo’lishi yo’li bilan boradi. Ammo ona hujayrani parchalab chiqqan xivchinli tanachalar mustaqil hayot kechirmasdan balki 2-tasi o’zaro juft-juft bo’lib qo’shilib oladi. O’zaro qo’shiluvchi bunday tanachalarga gametalar deyiladi. Gametalarni qo’shilishi natijasida hosil bo’lgan maxsilot zigota deb ataladi. Ana shu zigotalar qalin po’st bilan o’ralib oladi va suv tagida cho'kib, qulay sharoit yuzaga kelguncha tinim davrini o'taydi. Tinim davri tugashi bilan zigotalar reduktsion, bo'linib 2 yoki 4ta yangi tanacha hosil qiladi. Bu tanachalar zoospora deyiladi. Zoosporalarni har biri bir juft xivchin hosil qilib, mustaqil organizim sifatida yashay boshlaydi. Yshil suvo'tlarning keng tarqalgan bir hujayrali vakillariga xlorokokk, xlorella, xlamidomanada, zignema, klosterium, desmidium kabilarni; ko'p hujayralilarga-ulotriks, klodafora, spirogira (baqato'n), edoganium, ulva (dengiz salati) xara, nitella kabilarni; koloniya xolida yashovchilarga volvoks, evdorina, pandorina, suv to'ri va boshqalar kiradi.

Diatom suvo'tlar tipiga bir hujayrali va koloniya bo'lib yashovchi organizimlar (10000-15000turi) kiradi. Ular mikroskopik o'simliklardir. Diatom suvo'tlar yumaloq tayoqchasimon, qutichasimon va boshqa shaklda bo'lib, hujayralarini, po'sti pektin moddasidan tashkil topgan va tashqi tomondan qumtuproq (sio2) bilan qoplangan. Diatom suvo'tlar hujayrasida xlorafil pigmentidan tashqari korotin pigmenti ham mavjud. SHuning uchun ularni rangi sariq yoki qang`ir sariqdir. Diatom suv o'tlar hujayrasining ichida yadro, vakuol, xromotofor va protoplazma kabi qisimlar bor. Ular asosan dengizlarda ba'zilari esa, ko'lmak suvlarda, zax yoki nam tuproqda yashaydi. Diatom suvo'tlar hujayrani ikki bo'lakka bo'linishi bilan ko'payadi. Bunda hujayraning katta (epiteka) va kichik (gipoteka) pallalari ikki tomonga ajralib har biri o'z navbatida yangi gipoteka hosil qiladi. Hujayra yil davomida bir necha marta bo'linib ko'payib turadi. Ko'p bo'linish natijasida ma'lum vaqtda organizm juda kichrayib qoladi va bo'linolmay qoladi. SHunda ulardan 2-si o'zaro qo'shilib auksospora deb ataladigan spora hosil qiladi va o'sa boshlaydi (katta bo'ladi). Diatom suvo'tlardan pinnulariya, tsiklotella, navikulla, melozira, asterionella, surilella, tabellariya va xetotseros tabiatda keng tarqalgan.

Dengizlarda yashovchi diatom suvo'tlar halok bo'lgach dengiz tagida cho'kib, bir necha milion yillar davomida qalin qatlam hosil qiladi. Diatomit g`ovak va yngil bo'lganligidan undan termoizolachion materialar, g`ovak g`ishtlar va portlovchi modda-dinamit tayyorlanadi

QO`NG’IR SUVO`TLAR – PHACOPHUTA

Qo’ng`ir suvo’tlar tipi faqatgina dengizlarda yashaydi. Ular 900 ortiq ipsimon yoki plastinkasimon tanali (talomli) ko’p hujayrali turlardan iborat. Qo’ng`ir suvo’tlarning kattaligi 30- 40 sm dan to 1- 4 metrgacha bo’ladi. Qo’ng`ir suvo’tlarning hujayrasida xlorofil, fukosantin, karotin pigmentlari mavjud. SHuning uchun ularning rangi qo’ng`ir yoki sarg`ish qo’ng`irdir. Quyosh nuri ta'sirida fotosintez protsessi ro’y beradi va hujayrada qand, (uglevod) kabi oziq moddalar (karbon suvlar) to’planadi.


Download 401,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish