Reja: Oʻsimliklarni oziqlanishi haqidagi nazariyalar


Oʻsimliklarga oziq elementlarining oʻtishi



Download 69,24 Kb.
bet2/6
Sana05.07.2022
Hajmi69,24 Kb.
#741863
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
x.r

Oʻsimliklarga oziq elementlarining oʻtishi

Oʻsimliklarga oziq elementlarining oʻtishi koʻpgina omillarni belgilaydi. Oʻsimliklar barglar orqali 95 foiz va undan koʻproq CO2 ni, shuningdek ildizdan oziqlantirilganda suvli eritmalardan kul elementlarni, oltingugurt va azotni oʻzlashtirishi mumkin. Lekin azotni, suvni va kul elementlarining asosiy miqdori oʻsimliklarga tuproqdan ildiz sistemasi orqali oʻtadi. Oʻsimlikni biologik xususiyatlariga va yetishtirish sharoitiga qarab, ildiz sistemasi har xil darajada rivojlanadi. Oziqa elementlari kam boʻlgan tuproqlarda va qurgʻoqchil mintaqalarda oziq elementlari va suv izlab oʻsimliklar nisbatan koʻp ildiz massasi hosil qiladi. Oʻgʻitlarni qoʻllash, odatda, ildiz massasi va ustki massasi nisbatini bir qancha kamaytiradi, lekin bu koʻrsatkichlarni umumiy miqdorini va ildiz sistemasining pastki qatlamlariga tarqalishini oshiradi. Shunday qilib, qishloq xoʻjalik ekinlarini oʻgʻitlash nafaqat oʻsimliklarni yer ustki qismi massasini oshiradi, balki ildiz sistemasining rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir etadi.


Mineral oziqlanish nazariyasi 1858 yilda sun’iy oziqali muhitida (suv kul’turasida) birinchi boʻlib, oʻsimlik toʻliq pishib yetilguncha qadar oʻstirilganda oʻz tasdigʻini topdi va tan olindi. Keyinchalik esa qumli muhitda (qum kul’turasida) toʻliq oziqa aralashmasida oʻsimlik oʻstirildi. Tirik hujayraga oziq moddalarining oʻtishi haqidagi Dyutroshe (1837) fikrlari diqqatga sazovordir. U hujayraga suv va unda erigan moddalar diffuziya hodisasi asosida sitoplazmatik membrananing gʻovaklari orqali kiradi deb hisoblaydi. Saks esa buni jamgʻaruvchi diffuziya hodisasi asosidagi ximiyaviy jarayonlar orqali roʻy beradi, bunda hujayra ichidagi moddalar konsentrasiyasi tashqi muhit konsentrasiyasini doimo tengsizlantiradi deb hisoblaydi. Pfeffer, De Friz, Mayer va boshqa olimlar diffuzion osmotik nazariyasi tarafdorlari edilar. Bu nazariyaga asosan, oʻsimlik ildiz sistemasi orqali suv bilan birgalikda oziq elementlarini suradi. Suv esa doimo transpirasiya jarayonida bugʻlanib ketadi. Shunday qilib, oʻsimlikka oziq moddalarning kirish, transpirasiya intensivligiga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq boʻladi. Ammo, oziq moddalarning oʻsimlikka kirish qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlar diffuzion-osmotik nazariya doirasidan chiqib ketdi. Oʻsimlikka suv va oziq moddalari kirishi oʻrtasida ma’lum bogʻliqlik yoʻqligi haqida K.A.Timiryazev shunday degan edi:" Oʻsimliklar oziqlanishi jarayonida, ular tomonidan bugʻlatiladigan shunchalik koʻp miqdordagi suvga muhtoj emasdir". D.A.Sabinin ishlarida esa bu fikr yanada rivojlantirildi. Bunda moddalarning kam konsentrasiyali oziqa eritmalarida ular oʻsimliklar shirasida anchagina konsentrasiyalashganligi isbotlab berildi. XIX asr oxirida Overton tomonidan lipoid nazariyasi oldinga surildi, bu nazariyaga asosan hujayraga oziqa moddalarining kirishi, sitoplazma membranasidagi lipid komponentlarida oziq moddalarining erishi natijasida sodir boʻladi. Ular tomonidan asosiy anilin boʻyoqlarning oʻsimlik hujayrasiga kirishi hamda lipidlarda erishi tezligi oʻrtasidagi korrelyasion bogʻliqlik koʻzatildi. Ul’trafiltrasion nazariya mualliflari Traube va Rulandlar esa, oziqa moddalarining sitoplazmatik membranadan oʻtishi sitoplazmatik membrana kovaklari kattaligiga va molekulyar oʻlchamlariga bogʻliq deb hisoblaydi. Dravert oʻrganilayotgan nordon boʻyoqlarning hujayralariga kirishi ularning molekulalarini oʻlchamlariga bogʻliqligini koʻzatdi. Lekin, oʻsimliklarga molekulalari yirik boʻlgan aminokislotalar, fitin va boshqa organik moddalarning kirishini bu nazariya tushuntira olmaydi. XX - asr boshlarida Devo kuchli suyultirilgan eritmalar tarkibidagi kationlarning oʻsimliklar hujayralariga tez birikishi imkoniyati mavjudligini aniqladi. Bu holat, adsorbsiya nazariyasining paydo boʻlishiga va rivojlanishiga olib keldi. Shuningdek, hujayraga birikkan kationlar oʻzaro ekvivalent asoslarda almashinuv tufayli, hujayra toʻqimasidan qayta siqib chiqarilishi mumkinligi koʻrsatib berildi. Shunday qilib, ayrim ionlarning yutilishi boshqa ionlarning siqib chiqarilishi bilan boradi va bu jarayon, moddalar konsentrasiyasiga hamda vaqtga bogʻliqdir. D.A.Sabinin va boshqa olimlarning koʻpgina tadqiqotlarida oziq moddalarining yutilishi hujayraning hayotchanlik darajasiga bogʻliq ekanligi bu jarayonda ildiz sistemasining faol ahamiyatiga ega ekanligi koʻrsatib oʻtildi. Oʻsimlik shirasi
tarkibidagi moddalar miqdori oʻsimliklarning oziq elementlar bilan ta’minlanishiga, shuningdek, oʻsimlikning biologik xususiyatlariga hamda yoshiga bogʻliqdir. Hujayra va toʻqimalarning turlicha fiziologik faolligi ularning har xil kimyoviy tarkibini va turli xil elektrik xossalarini belgilaydi. Toʻqimalarning metobolizm darajasi oziq moddalarining yutishi darajasini ham belgilaydi. Styuarl, Lundegord, Byurstrem va boshqa olimlar tomonidan toʻqimalarning nafas olish bilan mineral tuzlar ionlarining yutilishi jarayoni oʻrtasida uzviy bogʻliqlik borligi aniqlangan. Xogland va Broyer ishlarida esa oʻsimlik hujayralari va toʻqimalariga moddalarning kirish tezligini ortishi nafas olishni faollashtiruvchi quyidagi hollarda sodir boʻladi: oziqa eritmasi aerasiyasi yaxshilanganda, unga glyukoza qoʻshilganda, harorat oshirilganda hamda boshqa sharoitlar yaxshilanganda koʻzatilgan. D.A.Sabinin tomonidan oʻsimliklarning oziqlanishi bilan ayrim organlarining hosil boʻlishi va rivojlanishi oʻrtasida bogʻliqlik borligi isbotlangan. Oʻsimliklarning mineral oziqlanishi toʻgʻrisidagi tadqiqotlarning yuqorida qayd qilib oʻtilgan qisqacha izohida quyidagi nazariyalar muhoqama etildi: diffuzion – osmatik, lipoid, ul’trafiltrasion, adsorbsion. Koʻrsatib oʻtilgan nazariyalar oʻsimliklarga oziq moddalarning oʻtishi jarayoni toʻgʻrisidagi qarashlarning rivojlanishiga olib keldi va bu nazariyalarda mineral oziq ma’lum bir ahamiyatga ega. Elementlarini oʻsimlikka oʻtishining har xil tomonlari amaliy jihatdan toʻgʻri, lekin juda sodda va qisqa bayon etilgan. Keyingi oʻn yilliklarda mineral oziq elementlarning oʻsimliklarga oʻtish nazariyasi ancha rivojlandi va taraqqiy etdi, lekin hozirgi vaqtda bu nazariya oldin aytib oʻtilgan qoidalardalardagi ayrim fikrlarni ham qamrab olgan. Ildiz oʻsimlikni tuproqda mustahkam saqlab turuvchi va oziq moddalarni oʻtkazuvchi funksiyasini bajaruvchi, birlamchi oʻzlashtiruvchi suv va mineral moddalarni boshqa organlarga tarqatuvchi va yetkazib beruvchi maxsus qismidir. Ildiz - koʻplab biologik sintez jarayonlarini va boshqa bir qator maxsus funksiyalarni bajaruvchi organdir. Ildiz sistemasining rivojlanish xarakteri va baquvvatligi, oʻsimlikning oziq elementlarini oʻzlashtirish qobiliyati bilan belgilanadi. Umuman olganda, oziq elementlarining asosiy miqdori yosh, oʻsayotgan ildiz tukchalarida yutiladi. Ildiz tukchalaridagi hujayralar boshqa hujayralarga nisbatan mineral oziqlanishda elementlarni intensiv oʻzlashtiradi. Dala ekinlarining ildiz sistemasi juda ham katta singdirish yuzasiga egadir. Oʻsimliklarning gullash davrida ildiz yuzasi eng koʻp rivojlanadi, shu jumladan, faol yuza eng katta miqdorda hosil boʻladi. Ildizlarning oʻsish va tortilish qismida yutilgan oziqa moddalari tezda foydalaniladi va oʻsimlikni yuqori qismiga yoʻnaltiriladi.



O’simlik turi

ILDIZ

ILDIZ TOLALARI

Uzunligi,m

Sathi,sm

Soni, mnl dona

Uzunligi,m

Sathi.sm

Suli

4.57

316

6.3

74.7

3419

Arpa

6.4

503

12.5

1649.4

7677

Soya

2.9

409

6.1

19.94

277

Ildiz morfologiyasi, uni shakllanishiga rivojlanishi chuqur qatlamlarga oʻtishi, oʻsimlikning biologik xususiyati bilan aniqlanadi. Ildizning rivojlanish xususiyatiga, tuproqni fizik xossasi, undagi namlik va oziqa moddalarning tarqalishi ham ta’sir koʻrsatadi. Kuchli tarmoq otgan ildiz, oziqa moddalarni koʻplab yutadigan sath hosil qiladi. Bunday xususiyat oʻsimlikning oʻsish davrida oʻzgarib boradi, eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan tarmoq otgan ildiz, odatda oʻsimliklarning gullash davrida kuzatiladi





Download 69,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish